Tilegenov Askarbay Tolegenovichning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanishning pedagogik tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Ped82
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Musurmonova Aynisa Musurmonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Safo Murodovich – pedagogika doktori (DSc), professor, Xodjaniyazov Sardor Umarovich – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Qodirov Qutluq-Bek Bekmuradovich – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Texnogen sivilizatsiya sharoitida yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanishning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalq og‘zaki ijodidan foydalanib talaba-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasin talqiniga oid dostonchilik san’ati va ijtimoiy pedagogika integratsiyasi asosida lateral fikrlash, ijodkorlik tafakkuri va madaniyatni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari g‘oyaviy tarbiyaning motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlariga mos keluvchi senzitiv, mnemotexnik, mem-obrazlar, obrazlar vositasida analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari bilan integrativ aloqadorligida amiqlashtirilgan;
talaba-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanish samaradorligini oshirish tuzilmasi, o‘sish dinamikasi va baholash mezonlaridan iborat pedagogik tuzilmasi ishlab chiqilgan; 
talaba-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishning ijtimoiy, tashkiliy va didaktik komponentlari milliylik, natijaviylik, tarixiylik, samaradorlik, qiyosiylik, korreksiya, ko‘rgazmalilik, xilma-xillik, dolzarblik kabi pedagogik tamoyillarning avtoxton tranclyasiyasi asosida takomillashtirilgan;
uzlyuksiz ma’naviy tarbiya komponentlari (vazifa, mazmun, shakl, uslub, vosita)ni tasniflash, ijtimoiy, intellektual (aqliy) va emotsional (hissiy) ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari asosida yoshlarda milliy g‘oya istiqlol g‘oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanish samaradorligini oshirishning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirilgan;
talaba-yoshlarda milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanishning tuzimli-funksional-modeliga asoslangan holda tyutor va guruh rahbarlari (pedagoglar)ning targ'ibot va tashviqot ishlari monitoringi tizimi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanishning pedagogik tizimi (talaba-yoshlar misolida)ni ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
xalq og‘zaki ijodidan foydalanib talaba-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasin talqiniga oid dostonchilik san’ati va ijtimoiy pedagogika integratsiyasi asosida lateral fikrlash, ijodkorlik tafakkuri va madaniyatni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari g‘oyaviy tarbiyaning motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlariga mos keluvchi senzitiv, mnemotexnik, mem-obrazlar, obrazlar vositasida analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari bilan integrativ aloqadorligini belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 18-sentyabrdagi № 357/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Ijtimoiy pedagogika” fanining kategoriyalarini aniqlash hamda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarida talabalarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi didaktik tamoyillarni belgilash imkoniyati yaratilgan;
talaba-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanish samaradorligini oshirish tuzilmasi, o‘sish dinamikasi va baholash mezonlaridan iborat pedagogik tuzilmasi ishlab chiqishda pedagogika oliy ta'lim muassasasi talabalarida milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan I1-XT-0-17222-raqamli “Qoraqalpoq tili mentalitetini o‘quvchi yoshlarda singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 21- iyundagi № 245/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini xalq og‘zaki ijodidan foydalanishning tizimli funksional modeli hamda pedagogik monitoringi ishlab chiqishga erishilgan;
talaba-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishning ijtimoiy, tashkiliy va didaktik komponentlari milliylik, natijaviylik, tarixiylik, samaradorlik, qiyosiylik, korreksiya, ko‘rgazmalilik, xilma-xillik, dolzarblik kabi pedagogik tamoyillarning avtoxton tranclyasiyasi asosida takomillashtirishda ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 26-noyabrdagi № 545/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanish samaradorligini oshirish tuzilmasi, o‘sish dinamikasi va baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
uzlyuksiz ma’naviy tarbiya komponentlari (vazifa, mazmun, shakl, uslub, vosita)ni tasniflash, ijtimoiy, intellektual (aqliy) va emotsional (hissiy) ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari asosida yoshlarda milliy g‘oya istiqlol g‘oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanish samaradorligini oshirishning amaliy-texnologik tizimini pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzularidagi fundamental loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 10-noyabrdagi №440/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka talablarini takomillashtirish hamda kasbiy kompetensiyalar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
talaba-yoshlarda milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanishning tuzimli-funksional-modeliga asoslangan holda tyutor va guruh rahbarlari (pedagoglar)ning targ'ibot va tashviqot ishlari monitoringi tizimi ishlab chiqishda talabalarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanishning mualliflik metodikasiga bag‘ishlangan ilmiy xulosalardan “Qoraqalpog‘iston” teleradiokanalining “Musiqiy dam olish dasturlari” bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan “Adabiyot va davr”, “So‘nmas yulduzlar”, “Meros”, “Tilga e’tibor – elga e’tibor” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023 yil 26 sentyabrdagi № 05-22/479 son ma’umotnomasi). Natijada talabalarda milliy istiqlol g‘oyasini xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida shakllantirish diagnostikasi va korreksiyasini amalga oshirish metodikasi mazmuni takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish