Saitova Zaure Kaljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq va ingliz xalq ertaklarini qiyosiy-tipologik tadqiq qilish”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil.4259.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: O‘teniyazov Polat Jumaniyazovich, filologiya fanlari fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar
ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Olim Sadriddinovich, filologiya fanlari doktori, professor;
Elmuratov Rashit Xojamuratovich, filologiya fanlari boyicha falsafa doktori
(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpoq va ingliz xalq ertaklarining nazariy asoslari, tadqiq qilinish tarixi, sujet, motiv turlarini tipologik jihatdan qiyoslash, yetakchi obrazlar va yordamchi personajlarning o‘xshash va farqli tomonlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq folklorshunosligida turkiy xalqlardan biri qoraqalpoq hamda german tillari xalqlaridan biri sanalgan ingliz xalq ertaklarining tipologik asoslari qiyosiy tarzda dalillangan;
qoraqalpoq va ingliz xalq ertaklari badiiy talqin qilinib, janr jihatidan farqli xususiyatlari, sujet tuzilishi va motivlarning xilma-xilligi qiyosiy-tipologik usul asosida isbotlangan;
qoraqalpoq va ingliz xalq ertaklaridagi bosh qahramonlar, yetakchi obrazlarning tasvirlanishiga xos milliy va badiiy xususiyatlar, ularning folklor asarlaridagi estetik va poetik vazifalari aniqlangan;
yordamchi personajlarning qoraqalpoq va ingliz ertaklari sujetini shakllantirishda tutgan o‘rni va ahamiyati, ularning epik tabiatini belgilab ko‘rsatish orqali mos va farqli jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq va ingliz xalq ertaklarini qiyosiy-tipologik tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq folklorshunosligida turkiy xalqlardan biri qoraqalpoq hamda german tillari xalqlaridan biri sanalgan ingliz xalq ertaklarining tipologik asoslari va qoraqalpoq va ingliz xalq ertaklari badiiy talqin qilinib, janr jihatidan farqli xususiyatlari, sujet tuzilishi va motivlarning xilma-xilligiga haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1, G002-sonli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish” (2012-2016), FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 25-maydagi 203/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq va ingliz xalq ertaklarining jamlanishi, nashr qilinish tarixi, obrazlar tizimi qiyoslanib, tipologik o‘xshashliklari aniqlandi, janriy va badiiy xususiyati ilmiy-nazariy, amaliy manbalar asosida ochib berildi. Shuningdek, ushbu ilmiy loyihalarning qoraqalpoq va ingliz xalq ertaklarining o‘rganilib borishi, motivlar, sujetlar, obrazlarning tipologiyasi, o‘ziga xos badiiyligini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘limlari tayyorlangan;
qoraqalpoq va ingliz xalq ertaklaridagi bosh qahramonlar, yetakchi obrazlarning tasvirlanishiga xos milliy va badiiy xususiyatlar, ularning folklor asarlaridagi estetik va poetik vazifalariga oyd O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq xalq og‘zaki prozasi (janriy tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, sujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanildi (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 1-apreldagi 115/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy loyihaning mazmuni yangi nazariy-amaliy materiallar bilan boyitilgan;
yordamchi personajlarning qoraqalpoq va ingliz ertaklari sujetini shakllantirishda tutgan o‘rni va ahamiyati, ularning epik tabiatini belgilab ko‘rsatish orqali mos va farqli jihatlaridagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Assalomu alaykum Qoraqalpog‘iston”, “Ilm marjonlari” nomli teleko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil, 17-yanvardagi 05-22/70-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar ilmiy-amaliy tomondan boyitilib, milliy qadriyatimiz bo‘lgan xalq ertaklarining bugungi kundagi ahamiyati, yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni keng xalq ommasiga targ‘ib qilingan.