Mustafaeva Maftuna Bohodir qizining 

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
 “Ingliz va o‘zbek tillarida modal so‘zlar tipologiyasi, tarjimasi va leksikografik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/4183
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/12.02.2025.Fil.191.01 
Rasmiy opponentlar: Danieva Maysara Jamalovna filologiya fanlari doktori, professor., Jalilova Umida To‘lqinovna filologiya fanlari falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida mavjud bo‘lgan modal so‘zlarning tipologik xususiyatlarini o‘rganish, ularning tarjima jarayonidagi semantik va grammatik muvofiqligini qiyosiy tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tilidagi modal birliklar (modal ravishlar va barqaror iboralar) lug‘atchilik manbalari (Longman, COD, SOD, NMWD) izohlari hamda badiiy matn namunalari asosida aniqlanib, ularning semantik maydoni “ishonch/ta’kid” (certainly, surely, of course, definitely), “dalillash” (really, actually, indeed, obviously, evidently), “ehtimollik” (probably, apparently, likely) va “shubha” (maybe, perhaps, possibly, unlikely) kabi kengaytirilgan tipologik guruhlarga tizimli ravishda tasniflanishi ilmiy dalillangan;
ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi modal birliklar tarjimasida ta’sirchanlik, semantik aniqlik (lug‘aviy-grammatik ma’no spektri), uslubiy moslik va pragmatik muqobillik (ohang, muloyimlik va ijtimoiy masofa)ni bir vaqtda ta’minlashga yo‘naltirilgan, uslubiy funksiyalarga tayanuvchi integrativ-lingvistik modulli usul (ya’ni semantik va pragmatik modullarga tayanadigan yondashuv) ishlab chiqilib, unda har ikki tildagi hissiy ohang va muallif uslubini saqlab qolish sifatli tarjimani belgilovchi mezon ekanligi asoslangan;
ingliz‐o‘zbek va o‘zbek‐ingliz tarjimasi jarayonida modal birliklarda ma’no yo‘qolishi, siljishi, semantik kuchsizlanish va muqobillikning etarli darajada ta’minlanmasligi kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘li ularning “ishonch”, “shubha”, “ta’kidlash” kabi semantik vazifalarini kontekstga mos tanlash hamda grammatik vositalar (morfologik, sintaktik va yordamchi-fe’l konstruksiyalari) bilan izchil ifodalash ekanligi qiyosiy-tipologik yondashuv asosida isbotlangan; 
o‘zbek tilidagi modal so‘zlarning konnotativ yuklamasi, so‘z turkumlariaro ko‘chishi, morfologik shakllanishi va sintaktik funksiyalarini har tomonlama yoritadigan hamda mikro (lemma, piktogramma/teg: modallik turi, emotsional baho, ehtimollik darajasi; kollokatsion profil; kross-referens; badiiy matndan ilyustratsiya; tarjima muqobillari) va makro (guruhlash va indekslash) strukturalar asosida tizimlashtirilgan leksikografik modelga tayangan holda izohli lug‘at yaratish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Ingliz va o‘zbek tillaridagi modal so‘zlarning semantik tipologiyasi, o‘zaro tarjimasi hamda leksikografik talqiniga doir olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
ingliz tilidagi modal birliklar (modal ravishlar va barqaror iboralar) lug‘atchilik manbalari (Longman, COD, SOD, NMWD) izohlari hamda badiiy matn namunalari asosida aniqlanib, ularning semantik maydoni “ishonch/ta’kid” (certainly, surely, of course, definitely), “dalillash” (really, actually, indeed, obviously, evidently), “ehtimollik” (probably, apparently, likely) va “shubha” (maybe, perhaps, possibly, unlikely) kabi kengaytirilgan tipologik guruhlarga tizimli ravishda tasniflanishi haqidagi fikr va tavsiyalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Fayzli kun” musiqiy dam olish dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qashqadaryo viloyat teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 22-yanvardagi № 17‐05/16‐son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy axborot vositalarida tilning ifodaviy imkoniyatlari kengayib, tinglovchilarga mo‘ljallangan matnlarda modal mazmunning aniq, stilistik jihatdan mos va ta’sirchan ifodalanishi ta’minlandi;
ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridagi modal birliklar tarjimasida ta’sirchanlik, semantik aniqlik(lug‘aviy-grammatik ma’no spektri), uslubiy moslik va pragmatik muqobillik(ohang, muloyimlik va ijtimoiy masofa)ni bir vaqtda ta’minlashga yo‘naltirilgan, uslubiy funksiyalarga tayanuvchi integrativ-lingvistik modulli usul (ya’ni semantik va pragmatik modullarga tayanadigan yondashuv) ishlab chiqilib, unda har ikki tildagi hissiy ohang va muallif uslubini saqlab qolish sifatli tarjimani belgilovchi mezoni asosida Qarshi davlat universitetida bajarilgan SUZ-800-21-GR-3181 raqamli “Reinforcing English Language competence at Karshi State Unversity” nomli xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 5-iyuldagi № 04/692-son  ma’lumotnomasi). Natijada modal so‘zlar tarjimasida semantik, pragmatik va stilistik funksiyalarni ajratib, har birini alohida modul tarzida ko‘rib chiqish orqali aniq strategiyalar ishlab chiqishga yordam berdi;
ingliz‐o‘zbek va o‘zbek‐ingliz tarjimasi jarayonida modal birliklarda ma’no yo‘qolishi, siljishi, semantik kuchsizlanish va muqobillikning etarli darajada ta’minlanmasligi kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘li ularning “ishonch”, “shubha”, “ta’kidlash” kabi semantik vazifalarini kontekstga mos tanlash hamda grammatik vositalar (morfologik, sintaktik va yordamchi-fe’l konstruksiyalari) bilan izchil ifodalash ekanligi qiyosiy-tipologik yondashuv asosida aniqlanishi bo‘yicha xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi PF‐201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida samarali foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 28-maydagi № 01/4-2180‐son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tarjimada modal so‘zlarning semantik va funksional mosligini ta’minlovchi izohli lug‘at asosida tarjima aniqligi oshirilib, ko‘p tilli elektron platformada yuqori sifatli lingvistik muvofiqlik ta’minlangan; 
o‘zbek tilidagi modal so‘zlarning konnotativ yuklamasi, so‘z turkumlariaro ko‘chishi, morfologik shakllanishi va sintaktik funksiyalarini har tomonlama yoritadigan hamda mikro(lemma, piktogramma/teg: modallik turi, emotsional baho, ehtimollik darajasi; kollokatsion profil; kross-referens; badiiy matndan ilyustratsiya; tarjima muqobillari) va makro (guruhlash va indekslash) strukturalar asosida tizimlashtirilgan leksikografik modelga tayangan holda izohli lug‘at yaratish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar asosida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy-tanqidiy, tarjimaviy va stilistik tahlilga oid faoliyatida, xususan, zamonaviy adiblar asarlarini baholash, adabiy tanqidiy maqolalar yozish hamda yosh ijodkorlar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 1-avgustdagi № 4-204/5-son ma’lumotnomasi). Natijada modal birliklarning uslubiy ohangni shakllantirishdagi roli, sintaktik vazifalari va semantik yukini aniqlashga xizmat qiluvchi ushbu strategiyalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi seminar va muhokamalarida yozuvchi uslubini tahlil qilish, asarlarga annotatsiyalar tayyorlash hamda tarjimalardagi muvofiqlikni baholash jarayonlarida amaliy qo‘llanildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish