Elliev Xamza Kuvatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholovchi o‘quv topshiriqlarni takomillashtirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4516.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti 03/04.05.2025.F.M.72.12 raqamli kengash.
Rasmiy opponentlar: Bozorova Saodat Jabborovna, pedagogika fanlari doktori, (DSc), Ro‘ziev To‘lqin Razzoqovich fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholovchi o‘quv topshiriqlardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholovchi o‘quv topshiriqlar mazmuni ikki va undan ortiq o‘quv fanlari integratsiyasi va kognitiv kompetensiyalar (analitik fikrlash, ilmiy kommunikatsiya, ekologik va ijtimoiy ma’suliyat)ni shakllantirishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan tibbiy etika va “mini loyiha”larni tashkil etish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim modeli PISA testlari, ijodiy o‘quv topshiriqlari “Web-quest”, “Assesment” va “Mental karta” kabi o‘qitish metodlarini to‘liq “baholash matrisasi” ga asoslangan bemorga "zarar etkazmaslik" tamoyiliga interpretativ ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholash mezonlari raqamli platformalardan foydalanish kompetensiyalarini kognitiv diagnostik qobiliyatlar, sog‘liq profilaktikasi, analitik usullarni kvantitativ va kvalitativ integratsiyalash va konstruktiv qayta aloqa (feedback) berish indikatorlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholovchi o‘quv topshiriqlardan foydalanish metodikasi xalqaro va milliy ta’lim dasturlari integratsiyasi, adaptiv elementlarning tuzilmaviy, faollashtiruvchi, motivatsion amaliy tajriba, refleksiv funksiyalarini vizuallashtirish imkoniyatlarini baholashda “Tuzilmaga yo‘naltirilgan baholash” platformasidan bosqichma-bosqich foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholovchi o‘quv topshiriqlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholovchi o‘quv topshiriqlar mazmuni ikki va undan ortiq o‘quv fanlari integratsiyasi va kognitiv kompetensiyalar (analitik fikrlash, ilmiy kommunikatsiya, ekologik va ijtimoiy ma’suliyat)ni shakllantirishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan tibbiy etika va “mini loyiha”larni tashkil etish asosida aniqlashtirilgan tavsiyalar doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar asosida respublika miqyosidagi 7-sinf fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonida “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi - PISA xalqaro tadqiqotiga zamin” nomli uslubiy qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil17-yanvardagi 01/11-5-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, 7-sinf fizika fanidan o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholovchi o‘quv topshiriqlari mazmunini takomillashtirishda muayyan darajada xizmat qilgan.
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim modeli PISA testlari, ijodiy o‘quv topshiriqlari “Web-quest”, “Assesment” va “Mental karta” kabi o‘qitish metodlarini to‘liq “baholash matrisasi”ga asoslangan bemorga "zarar etkazmaslik" tamoyiliga interpretativ ustuvorlik berish orqali topshiriqlar (IQ testlar banki, muammoli masalalar)ga oid takliflardan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilishning “Tuzilmaga yo‘naltirilgan baholash” modeli interfaol elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 15-dekabrdagi 89-03-5282-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirishning individual yondashuv tamoyillarini va usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholash mezonlari raqamli platformalardan foydalanish kompetensiyalarini kognitiv diagnostik qobiliyatlar, sog‘liq profilaktikasi, analitik usullarni kvantitativ va kvalitativ integratsiyalash va konstruktiv qayta aloqa (feedback) berish indikatorlarini belgilash asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan Xalqaro baholash dasturi doirasida tashkil etilgan xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazining 2024-yil 16-dekabrdagi 01/11-1-673-son maʼlumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning intellektual salohiyatni shakllantirish va aniqlash metodikasining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholovchi o‘quv topshiriqlardan foydalanish metodikasi xalqaro va milliy ta’lim dasturlari integratsiyasi, adaptiv elementlarning tuzilmaviy, faollashtiruvchi, motivatsion amaliy tajriba, refleksiv funksiyalarini vizuallashtirish imkoniyatlarini baholashda “Tuzilmaga yo‘naltirilgan baholash” platformasidan bosqichma-bosqich foydalanish asosida takomillashtirilgan ta’lim konsepsiyasida o‘z aksini topgan “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi - PISA xalqaro tadqiqotiga zamin” nomli uslubiy qo‘llanmasining (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 01/11-5-34-son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada, 7-sinf fizika fanidan o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholovchi o‘quv topshiriqlari mazmunini takomillashtirishda muayyan darajada xizmat qilgan.