Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi”. 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped940.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Qodirova Feruza Usmonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich pedagogika fanlari doktori, professor, Hakimova Muhabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori, professor, Xalimova Mashraboy Vaxidovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari sinflar kesimida tartiblangan audio va taktil logik topshiriqlarni tiflodidaktik o‘quv muhitida sabab-oqibat munosabatida adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modeli o‘quvchilarga analiz-sintez, taqqoslash-umumlashtirish operatsiyalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan konsentrik bo‘rttirma raqam va konturlarni sxematik kombinatsiyalarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari o‘quvchilarining kinestetik va eshitish idrokiga ta’sirni kuchaytiruvchi sensomotor aqliy harakatlar xaritasini relefli resurslar modifikatsiyalariga mos holda transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarning kognitiv-emotsional holatlariga moslashuvchan “Imkon” ilovasini korreksion-didaktik jarayonda fanlarga oid tushunchalarning o‘zlashtirilish dinamikasiga ta’sir monitoringida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashning rivojlanganligini baholash mezonlari fikrlash tezligini oshirish va xotirani kuchaytirishga qaratilgan audio-instruksiyalarni fanlarga oid tushunchalarda va makon-vaqtda mo‘ljal olish topshiriqlari bilan integratsiyasini tiflosharxlash imkoniyatlariga ko‘ra ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikirlashini rivojlatirish metodikasi takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari sinflar kesimida tartiblangan audio va taktil logik topshiriqlarni tiflodidaktik o‘quv muhitida sabab-oqibat munosabatida adaptivlashtirishga oid taklif va tavsiyalari “Inklyuziv ta’lim, gospital pedagogika nazariyasi va amaliyoti” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 335555-raqamli guvohnoma). Natijada, ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning metodik tizimini joriy etishga xizmat qilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modeli o‘quvchilarga analiz-sintez, taqqoslash-umumlashtirish operatsiyalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan konsentrik bo‘rttirma raqam va konturlarni sxematik kombinatsiyalarda qo‘llashga oid taklif va tavsiyalardan “Mental arifmetika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 429333-raqamli guvohnoma). Natijada “Mental arifmetika” fanida ko‘rish qobiliyatida muammolari bo‘lgan o‘quvchilar mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi topshiriqlar to‘plamini ommalashtirish imkoniyatiga erishilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari o‘quvchilarining kinestetik va eshitish idrokiga ta’sirni kuchaytiruvchi sensomotor aqliy harakatlar xaritasini relefli resurslar modifikatsiyalariga mos holda transformatsiyalash oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tasdiqlangan hamda Qo‘qon davlat pedagogika instituti tomonidan amalga oshirilgan “Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida shaxmat sport turini ommalashtirish” mavzusidagi amaliy loyihaning metodik komponenti mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika instituti 2025-yil 22-fevraldagi 326/04-sonli ma’lumotnoma) Natijada, ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxmat sporti asosida mantiqiy va intellektual faolligini oshirishga erishilgan;
ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashning rivojlanganligini baholash mezonlari fikrlash tezligini oshirish va xotirani kuchaytirishga qaratilgan audio-instruksiyalarni fanlarga oid tushunchalarda va makon-vaqtda mo‘ljal olish topshiriqlari bilan integratsiyasini tiflosharxlash imkoniyatlariga ko‘ra ta’minlashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyat OTIFIB hamkorligida amalga oshirilgan “Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti 2025-yil 13-iyundagi 04/5480-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ko‘rishida nuqsoni bor o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirilgan ta’limiy yondashuvlar orqali ularning arifmetik amallarni samarali bajarish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan.