Razzoqov Alisher Abduzoxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy she’riyatida ilm va ma’rifat talqini», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil 32
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor .
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasavvuf ta’limotidagi ilm va ma’rifat g‘oyalarining Alisher Navoiy ijodida tutgan o‘rni va badiiy talqini masalalarini shoirning “Xazoyin ul-maoniy” devoni misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Navoiy she’riyatidagi ilm va ma’rifat g‘oyalarining islomiy va tasavvufiy manbalar asosida shakllanganligi isbotlangan;
ilm va ma’rifat tushunchalarining Navoiy she’riyatida irfoniy-tasavvufiy mohiyat kasb etishi hamda bu bularga mushtarak mavzular, jumladan, inson muammosiga doir irfoniy-tasavvufiy g‘oyalarning shoir ijodidagi badiiy talqinlari ilmiy jihatgan ochib berilgan;
“sir”, “dard”, “g‘am”, “alam” istilohlarning Alisher Navoiy she’riyatidagi tasavvufiy ma’nolari va ularning badiiy ko‘rinishlari qiyosiy-tahliliy usulda yoritilgan;
Navoiy irfoniy qarashlarini o‘zida aks etgan Payg‘ambar (a.s.) va orif, aql va ishq timsollarining shoir she’riyatidagi badiiy talqinlari ilmiy asosda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Alisher Navoiy she’riyatida ilm va ma’rifat g‘oyalarining badiiy talqinlarini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
mumtoz shoirlar ijodida inson muammosi va uning badiiy talqini berilishini o‘rganganda milliy istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan yondashish zarurligi asoslanib, masalaning shu tarzda qo‘yilishida Navoiy she’riyatidagi ilm va ma’rifat g‘oyalarining an’ana, adabiy ta’sir, bidiiy sintez doirasidagi badiiy talqini yuzasidan chiqarilgan xulosalardan F-1-06-sonli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 dekabrdagi 89-03-4229-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada ilm va ma’rifat tushunchalarining Navoiy she’riyatida irfoniy-tasavvufiy mohiyat kasb etishi hamda bu bularga mushtarak mavzularning shoir ijodidagi badiiy talqinlari bo‘yicha xulosalar chiqarilgan.
Alisher Navoiy she’riyatidagi irfoniy mavzular va badiiy san’atkorlik uyg‘unligi masalalari, shoir g‘azallaridagi ma’rifiy yo‘nalish va orifona kechinmalar haqida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi yosh ijodkorlariga ma’ruzalar qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 26 sentyabrdagi 01-03-05/1636-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning amaliyotga qo‘llanilishi to‘garak a’zolari bo‘lgan yosh ijodkorlarning Navoiy irfoniy qarashlarini o‘zida aks etgan Payg‘ambar (a.s.) va orif, aql va ishq timsollarining shoir she’riyatidagi badiiy talqinlarini teranroq anglashlariga ko‘maklashgan.