SAYDAXMEDOV Sardorbek Igamberdievich: «Muqobil xom ashyo resurslaridan foydalanib motor yonilg‘ilarini olish texnologiyasini ishlab chiqish» (02.00.08) - Toshkent kimyo-texnologiya instituti (100011, Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi, 32-uy. Tel.: (99871) 244-79-20; faks: (99871) 244-79-17, txti-info@mail.ru ) (dissertatsiya rus tilida).

 

    Ilmiy maslahatchi: S.M.Turobjonov

    Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent kimyo-texnologiya instituti

    Rasmiy opponentlar: B.N.Xamidov, M.P.Yunusov, A.G.Maxsumov

    Yetakchi tashkilot: A.R. Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

    Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

 

    I. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy xom ashyo resurslari asosida avtomobil` benzinlari va dizel` yonilg‘ilari olishning ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

    II. Dissertatsiya tadqiqoti natijalarining ilmiy yangiligi:

    tarkibida 5%gacha metanol mavjud benzin-metanol aralashmalari benzin injektorlarining “klapan – o‘rindiq” bo‘g‘inlariga, rezinali zichlagich halqalar va alyuminli materiallarga korrozion ta’sir ko‘rsatmasligi, bunday aralashmalardan foydalanish zararli otqinlar – uglerod oksidi (SO) va uglevodorodlar (SN)ning 40-45%gacha kamayishiga olib kelishi aniqlangan (Uzbekskiy jurnal nefti i gaza.– Tashkent. - 2013. - №3. – S. 44 - 45.);

    biobutanolni benzin-metanol va benzin-etanol aralashmalariga metanol va etanol tarkibiga teng miqdorda jalb qilish belgilangan loyqalanish haroratini ta’minlash uchun aralashmadagi qoldiq suv miqdorini, taalluqli ravishda, nisbatan 60% va 150% dan yuqori oshirishi aniqlangan (Ximiya i ximicheskaya texnologiya. – Tashkent. - 2012. -  №1. – S. 30 - 34.);

  benzinning oktan sonini monometilanilinni metanol va etanol bilan almashtirish hisobiga bir maromda saqlash bog‘liqliklarining gistogrammalari ishlab chiqildi, 5% metanol benzindagi monometilanilin miqdorini nisbatan 35%ga, 7% etanol esa – nisbatan 40%ga kamaytirishi aniqlangan (Mir nefteproduktov. – Moskva. - 2011., - №1. – S. 6 – 9.);

    neftni qayta ishlash jarayonining ikkalamchi mahsulotlarini jalb qilish orqali dizel yonilg‘isini olish usuli ishlab chiqildi va ularning yonilg‘i tarkibidagi eng yuqori miqdorini aniqlash uchun kriterial o‘lchov bog‘liqliklari taklif qilingan (Uzbekskiy jurnal nefti i gaza. – Tashkent. - 2010. -  №2. – C. 37 – 38.);

    neft` dispersion tizimlarining fizik-kimyoviy mexanikasi nuqtai nazaridan Surxondaryo konlaridagi og‘ir neftlarni gaz kondensati bilan aralashmada qayta ishlashning o‘ziga xos xususiyati aniqlandi. Aralashma tarkibida 30% va undan ortiq miqdorda gaz kondensati mavjudligi och rangli fraksiyalar chiqishining additivlik qoidasi bo‘yicha hisoblangan chiqishga nisbatan 4%gacha oshishiga olib kelishi aniqlangan (Materiali VI mejdunarodnoy nauchno-texnicheskoy konferensii «Glubokaya pererabotka neftyanix dispersnix sistem». - Moskva, - 2011. - S. 32 - 34);

    yonilg‘ilarning muqobil komponentlarini olish yo‘nalishi bo‘yicha yonuvchi slaneslarni qayta ishlashda slaneslar smolalari ajralib chiqishining optimal rejimi aniqlandi: piroliz harorati – 550oS, piroliz haroratini saqlab turish vaqti – 45 daqiqa. Boysun konlari yonuvchi slaneslarini ishqorli va bakteriyali ishlov berish orqali dastlabki tayyorlash yonuvchi slaneslar smolalarini tarkibida oltingugurt miqdori 40-70%gacha kamayishini, yonuvchi slaneslar smolalarini ajratib olish chuqurligi nisbatan 60%gacha oshirilishini ta’minlash ta’minlab berishi kursatilgan (International Journal of Chemical & Petrochemical Technology, - India. – 2012. – Vol..2, Issue 2 Jun. – 31-36 P.).

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: Dissertatsiya ishi davomida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida engil koks distillyati va yuqori vakuum pogonini qo‘shib dizel` yonilg‘isini olish texnologiyasi joriy qilindi (17.03.2011 yildagi №5-sonli TP). Tarkibida 3% va 5% miqdorda metanolga ega AI-80 va AI-91 benzinlari ishlab chiqarishning texnologiyasi (31.10.2011 yildagi №7-sonli TP) va «Avtomobillar uchun mo‘ljallangan metanolli benzinlar» Texnik shartlari ishlab chiqildi (TSh 39.3-285:2012). «Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash» QKda optimal nisbatda og‘ir neftlar va gaz kondensati aralashmalarini tayyorlash va qayta ishlash yo‘riqnomalari ishlab chiqildi va tatbiq qilindi, motor yonilg‘ilari komponentlarini maksimal ajratib olish, och rangli fraksiyalar olishni xom ashyoga nisbatan 1,5%gacha chuqurlashtirib beradigan og‘ir neftlar va gaz kondensati aralashmalarini boshqariladigan tarzda tayyorlash va qayta ishlash usullari joriy qilindi (14.03.2012 yildagi №3-sonli dalolatnoma). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish