Sheraliev Mashrab Umurzakovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  “O‘talegirlangan kupratlarda BKSh-simon fermi-suyuqlikli o‘ta o‘tkazuvchanlik ro‘y berish mumkinligi”, 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1119 
Ilmiy rahbar: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Raximov Abdulla Mannabovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; 
Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘ta legirlangan kupratlarda fermi-suyuqlik o‘ta o‘tkazuvchanligiga mos BKSh-simon nazariyasini rivojlantirish hamda Kuper juftlarining fermion tabiatini va ulardagi fermion-bozon o‘tishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kam legirlangan, optimal legirlangan va o‘ta legirlangan kupratlarda xarakterli Fermi energiyalari aniqlandi va o‘ta legirlangan kupratlarda Fermi energiyasi kam legirlangan va optimal legirlangan kupratlardagi Fermi energiyalaridan sezilarli darajada yuqori ekanligi ko‘rsatilgan;
o‘ta legirlangan kupratlarda Kuper juftliklarining fermion tabiatini aniqlovchi universal miqdoriy mezonlar ishlab chiqilgan va optik fononlar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan kvazierkin kovakli tashuvchilarning Kuper juftlashuviga mos BKSh-simon nazariyasi rivojlantirilgan;
birinchi marta fermion Kuper juftliklari uchun Landauning o‘ta oquvchanlik mezoni aniqlangan va o‘ta legirlangan kupratlarda BKSh-simon o‘ta o‘tkazuvchanlik tartib parametri va o‘ta o‘tkazuvchanlikga o‘tishining kritik haroratining legirlash darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
birinchi marta turli xil o‘ta legirlangan kupratlarda nazariy hisoblangan va tajribada aniqlangan o‘ta o‘tkazuvchanlikning tartib parametrlari va o‘ta o‘tkazuvchanlikga o‘tishining kritik haroratlari o‘rtasida yaxshi moslik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘talegirlangan kupratlarda BKSh-simon Fermi-suyuqlikli o‘ta o‘tkazuvchanligni o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida: 
kam legirlangan, optimal legirlangan va o‘ta legirlangan kupratlarning Fermi energiyalarini aniqlash formulalari; o‘ta legirlangan kupratlarda Kuper juftliklarining fermion tabiatini belgilovchi universal miqdoriy mezonlar va ushbu kuprat o‘ta o‘tkazgichlarda kvazi-erkin kovak tashuvchilarning optik fononlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvida Kuper juftlashuvining BKSh-simon nazariyasi; fermion Kuper juftliklari uchun taklif etilgan Landau o‘ta oquvchanlik mezoni va o‘ta legirlangan kupratlarda BKSh-simon o‘ta o‘tkazuvchanlik tartib parametri hamda o‘ta o‘tkazuvchanlikka o‘tishning kritik haroratining konsentratsiyaga bog‘liqlik tenglamalari Namangan muhandislik-qurilish institutining «Fizika» kafedrasida 2022-2026 yillarga moʻljallangan FZ-20200929243 loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat texnika universitetining 2025 yil 4-iyundagi №01/10-09/682 raqamli xati). Natijalardan foydalanish kuchli elektromagnit maydonda qizdirilgan elektronlar va fononlarning yarim o‘tkazgichli quyosh fotoelektrik elementlari hamda nanostrukturalar xususiyatlariga ta’sirini o‘rganishda ilmiy-uslubiy asos sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish