Matyaqubova Jumagul Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tola sifatini yaxshilash maqsadida shnekli tozalagich konstruksiyasini takomillashtirish”, 05.06.02-“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5702.
Ilmiy rahbar: Rahmonov Xayriddin Qodirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Rasmiy opponetlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Mardonov Salohiddin Ergashovich, fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika univaersiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiq havo uzatish tarmog‘iga ega bo‘lgan to‘rli yuzali taranovdan va qoziqli vintdan iborat resurstejamkor vintli quritishgich va tozalagichning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish, kompleks nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida texnologik parametlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinlashdan oldin paxta xomashyosini quritish va iflosliklardan tozalash uchun tarnovi to‘rli yuzali, issiq havo uzatish tarmog‘iga ega va vint perimetrida qoziq o‘rnatilgan shnekli quritish va tozalagichning takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
matematik rejalashtirish usuli yordamida ruxsat etilgan maksimal harorat , vint qozig‘i va to‘rli yuza orasidagi masofa h=10 mm, vintning aylanishlar soni 180 ayl/min va qoziqlarning og‘ish burchagi bo‘lganda, paxta bo‘lagining to‘rli yuzaga urilishdagi ta’sir impulsi kuchi 0.4.101 N dan oshmasligi asoslab berilgan
paxtani kambinatsion usulda ya’ni uni issiq havo ta’siri ostida titib quritishda issiq uning havo ta’siridagi solishtirma yuzasini maksimum oshirish mumkinligi aniqlangan, shuningdek chigitli paxtaga ta’sir qiluvchi impuls kuchlari, qoziqlar bilan to‘rli yuza orasidagi masofaga, vintning burchak tezliklariga bog‘liq ekanligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan va shnek uzunligining 4.8 metridan keyingi chigitli paxta, temperaturaning har qanday holatida tarkibidagi ifloslik me’yori 1.5 % dan past bo‘lishi asoslab berilgan;
shnekli quritgich va tozalagich uskunasinining ishchi va texnologik parametrlarini xomashyoning massasi, namligi, iflosligi va issiq havo haroratining o‘zgarishiga bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta- to‘qimachilik klasteri paxta tozalash korxonalarida shnekli quritish va tozalash uskunasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Jinlashdan oldin paxta xom ashyosini quritish va iflosliklardan tozalash uskunasi Buxoro viloyatidagi “Zarhalteks” raxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tasarrufidagi korxonada, jumladan “Denov” MChJ paxta tozalash korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 11-apreldagi №03/25-785 sonli ma’lumotnomasi). Natijada jin tarnovidagi mayda iflosliklarning umumiy miqdorini I va II navli chigitni paxta uchun 0.8-1.5 % gacha tushirish imkoni yaratilgan.
Takomillashtirilan paxta xom ashyosini quritish va iflosliklardan tozalash uskunasi Qoraqalpaqstan Respublikasidagi “Ellikqa’la oltin tolasi klasteri” MChJ korxonalarining paxta tozalash korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 11-apreldagi №03/25-785 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ginlash jarayonidan keyin olingan toladagi maydalangan chigit va tolali chigit qobig‘i miqdorini 1.27% dan 1.23%, gacha kamaytirish imkoni yaratilgan
Shnekli quritish va tozalash uskunasini Xorazm viloyatidagi “Textile Finance Khorezm” MChJ, paxta tozalash korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 11-apreldagi №03/25-785 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ginlash jarayonidan keyin toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdorini 3.17 % dan 2.25 % gacha kamaytirishga erishilgan.