Kim Dmitriy Valentinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pomidor nav va duragaylarini tanlash, kichik hajmli gidroponikada etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish (Sirdaryo viloyati sharoitida)”, 06.01.06–Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx707
Ilmiy rahbar: Nizomov Rustam Axrolovich. qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Aramov Muzaffar Xashimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rustamov Behzod Abdumalikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tomchilatib sug‘orish usuli yordamida kichik hajmli gidroponika sharoitida pomidorni turli substratlarda etishtirish texnologiyasini o‘rganish, istiqbolli pomidor navlarini tanlash, ekish va ekishning maqbul muddatlarini belgilash, kichik hajmli gidroponikada pomidor etishtirishda o‘simliklarni joylashtirish sxemalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Sirdaryo viloyati issiqxonalari sharoitida tomchilatib sug‘orish usulida kichik hajmli gidroponika usulida pomidor etishtirish uchun eng samarali substratlar (perlit, vermikulit) aniqlangan. Perlit substratida mahsulot sotishdan olingan sof daromad 147290 so‘m/m2 ni, rentabellik darajasi esa 79,83% ni tashkil etgan;
qishki-bahorgi mavsumda kichik hajmli gidroponika issiqxonalari sharoitida pomidorning 35 ta nav va duragaylari F1 o‘rganilib; istiqbolli nav va duragaylar ajratib olingan, F1 Lamiya, F1 Torri, F1 Fenda, F1 Menxir, F1 Vilasko, F1 Videtta, F1 453206, F1 45G508, F1 Bahor, F1 Sayxun, F1 Pink Paradays, Cherri Marvarid, Krasa Vostoka, Vitaminka Kokteylnaya hosildorligi 19,2-21,4 kg/m2 ni tashkil etishi isbotlangan;
kichik hajmli gidroponika sharoitida pomidor etishtirish uchun urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazishning maqbul muddatlari (10-noyabr va 20-yanvar) F1 Sayxun duragayi bo‘yicha 21,07 kg/m2, F1 Videtta duragayi bo‘yicha 23,60 kg/m2, F1 Pink Paradayz duragayi bo‘yicha 22,11 kg/m2 ekanligi aniqlanib, bu nazoratga nisbatan mos ravishda: 8,0%, 13%, 18% ga ko‘p b o’lishi isbotlangan;
gidroponik issiqxonalarda pomidor o‘simligining optimal oziqlanish maydoni (120+20×25sm¬2.9 o‘sim/m2) aniqlanib, eng yuqori tovarbop hosil F1 Sayxun 21,57 kg/m2, F1 Videtta 23,83 kg/m2, F1 Pink Paradayz 22,61 kg/m2 duragaylarida olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pomidor nav va duragaylarini tanlash, kichik hajmli gidroponikada etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
kichik hajmli issiqxonalar sharoitida pomidor o‘simligi tomonidan mineral ozuqalarni singdirish dinamikasiga turli substratlarning ta’siri aniqlangan va 2021-2023-yillarda Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Ko‘rgan xavus” MChJning 0,05 gektar hamda 2022-2024-yillarda Sayxunobod tumanidagi “Baxmallider chorvador” MChJning 0,05 gektar kichik hajmli gidroponika issiqxonalarida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 09-apreldagi 05/06-04-148-son ma’lumotnomasi). Natijada torf (nazorat) variantga nisbatan perlit va vermikulit substratlarida 22,12-23,90 kg/m2 eng yuqori sifatli hosil olishga erishilgan;
O‘zbekiston respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestrida ko‘rsatilgan yopiq usul uchun mo‘ljallangan pomidorning 35 ta nav va duragaylarining mahalliy duragay Sayxun F1 ga nisbatan raqobatbardoshligi aniqlangan va Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 09-apreldagi 05/06-04-148-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik hajmli gidroponika issiqxonalar sharoitida vitaminlarga boy, hosildorligi, tovarbopligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi bo‘yicha pomidorning “Lamiya F1, Menxir F1, Torri F1, Videtta F1, Vilasko F1, Fenda F1, Pink Paradays F1” duragaylarini tanlab olishga erishilgan;
ekish sxemalari bo‘yicha pomidorni qishki-bahorgi mavsumda kichik hajmli gidroponikada etishtirishda eng yaxshi natija 120+20×25 sm ekish sxemasi bo‘lgan va Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 09-apreldagi 05/06-04-148-son ma’lumotnomasi). Natijada pomidorning tanlab olingan nav va duragaylardan o‘rtacha 21,57-23,83 kg/m2 hosildorlikga erishilgan;
pomidorni qishki-bahorgi mavsumda kichik hajmli gidroponika sharoitida urug‘ sepish va ko‘chat ekish muddatlari asoslangan. Bunda eng yaxshi natija (urug‘ sepish) 10.11, (ko‘chat o‘tkazish) 20.01 sanalari nazoratga nisbatan 2-3 kun oldinroq unib chiqgan va hosilga kirishi aniqlanib, Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 09-apreldagi 05/06-04-148-son ma’lumotnomasi). Natijada 1m2 maydondan 21,07-23,6 kg/m2 tovarbop hosil olish imkonini bergan.