Saidova Bibi Robia’ Aziz qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Zamonaviy o‘zbek romanlarida shaxs va jamiyat muammosi talqini, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/Fil1314.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02. 
Rasmiy opponentlar: To‘laganova Sanobar Panjievna, filologiya fanlari doktori, professor; Hamroqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy o‘zbek adabiyotida shaxs va jamiyat muammosining badiiy talqini, xususan, adabiy qahramonlarning  ruhiy-psixologik tabiatini ilmiy-nazariy asosda tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy adabiyotda shaxs va jamiyat munosabatlari konsepsiyasining nazariy asoslarini aniqlash va muammoning adabiyotshunoslikdagi o‘rnini belgilash nuqtayi nazaridan tadqiq qilingan;
o‘zbek va jahon adabiyotida begonalashuv motivining poetik funksiyalari, uning badiiy ifoda vositalari hamda adabiyotshunoslikdagi shaxs, jamiyat, roman, motiv, yolg‘izlik, absurd, utopiya, antiutopiya, neoroman, neomif kabi estetik hodisalar tadqiq etilib, ijtimoiy-falsafiy, adabiy-nazariy ildizlari dalillangan;
    Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanida g‘ayriinsoniy muhit va antiutopik jamiyat tasviri, Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” asaridagi voqelik bayonida ichki monologni qo‘llash, absurd voqeadan hayotiy, yangi xulosalar chiqarish yuzasidan yozuvchi mahorati ochib berilgan;
adabiyotshunoslikdagi antiutopiya va utopiya tushunchalari uslub sifatida baholangan; jamiyat haqidagi ideal va real tasavvurning mos kelmasligi Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romani misolida o‘rganilib, nazariy jihatdan asoslangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek romanlarida shaxs va jamiyat muammosi talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy adabiyotda shaxs va jamiyat munosabatlari konsepsiyasining nazariy-metodologik asoslarini aniqlash va bu muammoning adabiyotshunosllikdagi o‘rnini belgilash g‘arb va sharq adabiyotshunosligi nuqtayi nazaridan tadqiq qilingan  xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 24-noyabrdagi 01-3229-sonli ma’lumotnomasi). Natijada adabiy ta’sir tushunchasi kengroq yoritilgan;
tadqiqotning zamonaviy o‘zbek adabiyotida shaxs va jamiyat muammosi talqini hamda begonalashuv motivining poetik funksiyasi, absurd, utopiya, antiutopiya, neoroman, neomif, jamiyat modeli va jamiyatdan begonalashuv oqibatlari haqidagi umumiy xulosalaridan Turkiya davlatida tashkil etilgan “Abdulla Qahhor hikoyanavisligi” fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Artvin Çoruh Üniversitesining 2022-yil 28-sentyabrdagi – E.6621 nomli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yangi ma’lumotlar bilan boyigan;
shaxs hamda jamiyat qarama-qarshiligi tufayli yuzaga keladigan yolg‘izlik tuyg‘usining adabiyotdagi talqinlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanida antiutopik jamiyat tasviri, Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” asaridagi absurd voqeadan echimli xulosalar chiqarishdan, obrazlar tahlilidan, nazariy jihatdan o‘rganilgan motiv tushunchasining badiiy asarlar misolida tadqiqi asosida vujudga kelgan xulosalardan Ozarbayjon FA Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot institutida 2019-2022-yillarga mo‘ljallangan AA-1-119 raqamli “Ozarbayjon-O‘zbek madaniy aloqalarini rivojlantirish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Ozarbayjon FA Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot institutining 2023-yil 23-yanvardagi 8-1/2-86/2023-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar jahon adabiyoti va o‘zbek adabiyotidagi mavjud muhitdan begonalashgan qahramonlar, obrazlar tahlili, nazariy jihatdan o‘rganilgan motiv tushunchasining badiiy asarlar misolidagi tadqiqi xususidagi bilimlar kengayishiga yordam bergan; 
dissertatsiya obekti bo‘lgan romanlar haqida, qahramonlardagi ideal va real tasavvur o‘rtasidagi tafovut, badiiy-g‘oyaviy jihatlar borasidagi fikrlardan O‘zbekiston televideniyasi “Madaniyat va ma’rifat” kanalining “Tong nafasi” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Madaniyat va ma’rifat telekanali davlat muassasasining 2022-yil 9-sentyabrdagi 01-02-02/156-sonli ma’lumotnomasi). Natijada romanlarning batafsil tahlili teletomoshabinlar bilimining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish