Serikbaeva Akmaral Saxratdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Taxtako‘pir tumani toponimlarining semantikasi va tuzilishi», 10.00.03 – «Qoraqalpoq tili» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil655
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paxratdinov Quralbay Atawbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Qudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Bekbergenov Qidirbay Ayjariqovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Taxtako‘pir tumani toponimlarining semantik va grammatik xususiyatlarini aniqlash, shu asosda toponimik birliklarning nomlanish sabablarini ko‘rsatish, tuman toponimiyasining umumiy va o‘ziga xos jihatlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– Taxtako‘pir tumani toponimlari xalqning tarixi, madaniyati va ijtimoiy munosabatlarini aks ettiruvchi leksik birliklar sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berildi;
– Taxtako‘pir tumani toponimlarining Qoraqalpog‘istonning boshqa tumanlariga nisbatan umumiy va o‘ziga xos jihatlari aniqlandi;
– Taxtako‘pir tumani toponimlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan lingvistik va ekstralingvistik omillar belgilandi;
– tuman toponimlari semantik guruhlarga ajratilib, ularning noyobligi asoslandi;
– tuman toponimlarining yasalish xususiyatlari, shuningdek, ularning grammatik tuzilishiga ko‘ra turlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Taxtako‘pir tumani toponimlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagicha joriy etilgan:
Taxtako‘pir tumani toponimlarining nomlanish sabablarini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 27-martdagi 165/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Taxtako‘pir tumani toponimlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan lingvistik va ekstralingvistik omillarni yoritishga erishildi;
Yangi geografik obektlarga nom berish, respublika toponimlarining semantik xususiyatlarini aniqlash, imlo qoidalari, tarixiy nomlarni tiklash, toponim nominatsiyasida tabiiy-geografik va etnografik omillarning o‘rni, bir toponimik obektning boshqasiga o‘zgartirilish sabablari bo‘yicha xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti geografik obektlar nomlarini tartibga solishda foydalangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yil 7-apreldagi 11-06/5-04/368-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublika toponimlarining semantikasi, imlo qoidalari, geografik obektlarning nomlanish tartibi, hududning tabiiy-geografik xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumot berishga erishildi;
Taxtako‘pir tumani toponimlarining Qoraqalpog‘istonning boshqa tumanlari toponimlari bilan o‘xshash va farqli xususiyatlari haqidagi ilmiy xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining 2025-yil 19-martdagi 01-197-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Taxtako‘pir tumani toponimlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish orqali axborot va ommaviy axborot vositalarining madaniy-ma’rifiy ahamiyatini oshirishga erishildi;
Geografik obektlarga nom berish tamoyillarini asoslash, geografik obektlarning rasmiy ro‘yxatini to‘ldirish, toponimlarning tarixiy-madaniy ahamiyatini har tomonlama o‘rganish, tarixiy nomlarni saqlab qolish bilan bog‘liq materiallar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Gáwhar sózler”, “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan” va “Jaslar ushın”, “Miyras” teleko‘rsatuvlari orqali keng jamoatchilikka taqdim etildi (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2025-yil 25-martdagi 05-22/175-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Taxtako‘pir tumani toponimik materiallari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish orqali teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning madaniy-ma’rifiy ahamiyatini oshirishga erishildi.