Abdullaev Oxunjon Ikrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbek va qoraqalpoq tillarida zamonaviy leksikaning lingvokulturologik tahlili”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3440.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Shuxrat Dauletbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Saparbaeva Gulandam Masharipovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi zamonaviy leksikani lingvokulturologik va semantik-struktur tahlil qilish, sohalarda paydo bo‘layotgan va o‘zlashayotgan yangi so‘zlarni qiyosiy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qoraqalpoq tillari leksikasidagi zamonaviy so‘zlar ma’noviy guruhlarga ajratilib, xorijiy tillardan eng ko‘p o‘zlashayotgan so‘zlar sohalari aniqlangan hamda ularning ma’nolari tahlillar asosida ochib berilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarning so‘nggi izohli lug‘atidan joy olgan va lug‘atlarga kiritilmagan yangi so‘zlar tasniflanib, ularning o‘rganilayotgan tillardagi leksikografik ahamiyati aniqlangan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillariga o‘zlashgan zamonaviy so‘zlar sohalarga ajratilib, ularning o‘zbek va qoraqalpoq adabiy tiliga ta’siri va lingvokulturologik xususiyatlari misollar orqali dalillangan;
zamonaviy so‘zlarning tillarda yasalishi, tuzilishi hamda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilishiga doir tavsiyalar bildirilib, ikki tilning yozma va og‘zaki meʼyorlariga moslashtirilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qoraqalpoq tillarida zamonaviy leksikaning lingvokulturologik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va qoraqalpoq tillari leksikasidagi zamonaviy so‘zlar ma’noviy guruhlarga ajratilib, xorijiy tillardan eng ko‘p o‘zlashayotgan so‘zlar sohalari aniqlanganligi hamda ularning ma’nolari tahlillariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan A-FA-2019-9 raqamli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasi doirasida bajarilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 6-8-9-jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2025-yil 30-yanvardagi 33/4-25-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur jildlarni tayyorlashda kuzatilgan xatoliklar bartaraf etilgan, ayrim so‘zlar ma’nolarining izohiga oydinlik kiritilib, nashr sifatining oshishiga erishilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarining so‘nggi izohli lug‘atidan joy olgan va lug‘atlarga kiritilmagan yangi so‘zlar tasniflanib, ularning o‘rganilayotgan tillardagi leksikografik ahamiyatiga doir materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental loyihada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 30-yanvardagi 45/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihadan joy olgan asarlar leksikasi boyitilib, ba’zi so‘zlar izohlarini to‘ldirish orqali asarlar mazmunining boyitilishiga erishilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillariga o‘zlashgan zamonaviy so‘zlar sohalarga ajratilib, ularning o‘zbek va qoraqalpoq adabiy tiliga ta’siri va lingvokulturologik xususiyatlariga hamda zamonaviy so‘zlarning tillarda yasalishi, tuzilishi hamda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilishiga, ikki tilning yozma va og‘zaki meʼyorlariga moslashtirilganligiga doir tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan!” ko‘rsatuvini tayyorlashda “O‘zbek va qoraqalpoq tillarida zamonaviy leksikaning lingvokulturologik tahlili” mavzusidagi chiqishda hamda Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Xalıq penen sáwbet” eshittirishining “21-oktyabr – o‘zbek tili bayrami” mavzusidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 25-apreldagi 05-22/251-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda zamonaviy leksikaning ahamiyati va o‘ziga xosliklari ochib berilgan hamda eshittirish davomida tinglovchilardan kelgan savollarga javob berishda, taklif va mulohazalarga keng tushuntirishlar berishga erishilgan.