To‘liboeva Gulnura Baxadir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida mushtarak obrazlar”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil5794.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tajibaeva Latofat Farxodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ikromxonova Firuza Ikromovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mambetov Qabil Pirnazarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki xalq she’riyatida shakllangan mushtarak poetik obrazlarni nazariy jihatdan tahlil qilish orqali ularning badiiy, uslubiy, tarixiy-ma’naviy ildizlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi mushtarak poetik obrazlar ilk bor qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tizimli ravishda tahlil qilingan holda ikki xalq she’riyatidagi mutanosiblik va o‘ziga xosliklar ilmiy asoslangan;
ikki xalq adabiyotidagi vositachilik an’analari, mushtarak obrazlar, lirik motivlar asosi folklor, mumtoz adabiyot, Sharq poeziyasiga xos poetik an’analar aloqadorligi, “Ona-tabiat”, “tog‘”, “dengiz”, “suv”, “daraxt”, “cho‘l”, “gul”, “ko‘ngil” kabi poetik obraz va ramzlar qiyosiy aspektda ilmiy dalillangan;
zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi mushtarak obraz va poetik yangilanishlar Abdulla Oripov va Ibrayim Yusupov ijodidagi lirik qahramon ruhiyati, ichki kechinmalari va obraz yaratishdagi uslubiy o‘ziga xosligi masalalari milliy hamda jahon badiiy-estetik mezonlari qiyosiy tipologiyasi misolida ochib berilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi mushtarak obrazlar qardosh xalqlar ijtimoiy-madaniy hayoti, ijodiy hamkorlik, badiiy tafakkur tabiati, shoirlar badiiy mahorati aniq asarlar tahlili asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida mushtarak obrazlar qiyosiy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki xalq adabiyotidagi vositachilik an’analari, mushtarak obrazlar, lirik motivlar asosi folklor, mumtoz adabiyot, Sharq poeziyasiga xos poetik an’analar aloqadorligi, “Ona-tabiat”, “tog‘”, “dengiz”, “suv”, “daraxt”, “cho‘l”, “gul”, “ko‘ngil” kabi poetik obraz va ramzlar qiyosiga doir xulosalaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 17-iyundagi 335/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari tarixiy taraqqiyoti, adabiy hamkorlik masalalariga oid nazariy muammolari yangi tahlillar bilan boyitilgan;
zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi mushtarak obraz va poetik yangilanishlar Abdulla Oripov va Ibrayim Yusupov ijodidagi lirik qahramon ruhiyati, ichki kechinmalari va obraz yaratishdagi uslubiy o‘ziga xosligi masalalari milliy hamda jahon badiiy-estetik mezonlari qiyosiy tipologiyasiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan Xorazm Ma’mun akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘gʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘gʻrisida”gi 238-son qarori 3-bandiga muvofiq, A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyiha doirasida bajarilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 6-8-9 jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2025-yil 23-iyundagi 165/2-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyotda mushtarak obrazlarning tarixiy takomili, mumtoz va zamonaviy adabiyotdagi ifodasini tadqiq etishda yangicha nazariy tahlillarga erishilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi mushtarak poetik obrazlar ilk bor qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tizimli ravishdagi tahliliga doir hamda o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi mushtarak obrazlar, qardosh xalqlar ijtimoiy-madaniy hayoti, ijodiy hamkorlik, badiiy tafakkur tabiati, shoirlar badiiy mahoratiga oid ilmiy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasida “Assalawma aleykum Qaraqalpaqstan”, “Miyras”, “Ruwxıylıq bostanı” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-iyundagi 05-22/366-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, yangi ma’lumot va ilmiy tahlillar ommalashtirilgan.