Kuchkarova Gavxar Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro turizmga oid leksik birliklarining struktur-semantik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6423
Ilmiy rahbar: Qobilova Zeboxon Bakirovna. Filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/25.12.2024.Fil.130.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dosboeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna filologiya fanlari doktori, dotsent; Mirzaeva Dilshoda Ikromovna filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida turizmga oid atamalarning struktur-semantik, funksional-semantik va lingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridadagi 580 ta ( shundan 414 tasi inglizcha, 166 tasi o‘zbekcha) xalqaro turizmga oid leksik birliklar tahlili orqali ularning shakllanishida morfologik derivatsiya, sintaktik va morfosintaktik jarayonlarning o‘rni yoritilib, ingliz tilida suffiksatsiya va prefiksatsiya (-tion, -ing, -er, re-, eco-, self- va boshqalar), o‘zbek tilida esa suffiksatsiya (-lik, -chi, -ma, -iy, -viy) asosiy hosila vositasi ekani, sintaktik tuzilmalarda ingliz tilida ikki va uch komponentli terminlarning (sustainable tourism development, online booking platform, travel insurance policy) yuqori faolligi, o‘zbek tilida esa ikki komponentli tuzilmalar (turistik zona, sayyohlik byurosi, ichki turizm) keng tarqalgan shakllar ekani asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida xalqaro turizm terminologiyasi tarkibida leksik-semantik paradigmatik munosabatlar tizimi (sinonimiya, antonimiya va omonimiya)ning faol qo‘llanishi, ularning terminologik maydon ichida semantik aloqalarni shakllantirishdagi o‘rni ochib berilib, trip, excursion, expedition kabi terminlar orasidagi ma’no differensialligi, domestic tourism va inbound tourism juftligidagi qarama-qarshilik, shuningdek, booking yoki camp so‘zlarining bir vaqtning o‘zida bir nechta ma’noda ishlatilishi orqali omonimiyaning terminologik polifunksionallikka xizmat qilishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi turizmga oid reklama matnlarining shakllanishi lingvistik jihatdan tahlil qilinib, ularda milliy koloritni ifodalovchi obrazlilik, emotiv ta’sir va estetik ifodalilikning semantik-pragmatik jihatlari, turistik brend imidjini shakllantirishda reklama diskursining kommunikativ-funksional (e’tibor jalb qilish, axborot etkazish, ishontirish, hissiy ta’sir ko‘rsatish) xususiyatlari asoslab berilgan;
tarjima jarayonida turizm leksikasining lingvopragmatik (terminlarning kommunikativ maqsadga yo‘naltirilganligi, kontekstga mos ekvivalent tanlash va nutqiy vaziyatga muvofiq pragmatik ta’sir hosil qilish bilan bog‘liq jihatlar) va lingvomadaniy (urf-odatlar, qadriyatlar va madaniy merosni ifodalashdagi o‘ziga xosliklari) xususiyatlari oydinlashtirilib, ingliz va o‘zbek tillari misolida izohli tarjima, madaniy adaptatsiya va betaraflashtirish strategiyalarining qo‘llanish sharoitlari, terminlarning madaniy konnotatsiyalari, milliy stereotiplar va ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘ligi doirasida tabdil usullari tanlovining hal qiluvchi ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro turizmga oid leksik birliklar yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridadagi 580 ta ( shundan 414 tasi inglizcha, 166 tasi o‘zbekcha) xalqaro turizmga oid leksik birliklar tahlili orqali ularning shakllanishida morfologik derivatsiya, sintaktik va morfosintaktik jarayonlarning o‘rni yoritilib, ingliz tilida suffiksatsiya va prefiksatsiya (-tion, -ing, -er, re-, eco-, self- va boshqalar), o‘zbek tilida esa suffiksatsiya (-lik, -chi, -ma, -iy, -viy) asosiy hosila vositasi ekani, sintaktik tuzilmalarda ingliz tilida ikki va uch komponentli terminlarning (sustainable tourism development, online booking platform, travel insurance policy) yuqori faolligi, o‘zbek tilida esa ikki komponentli tuzilmalar (turistik zona, sayyohlik byurosi, ichki turizm) keng tarqalgan shakllar ekani asoslab berilganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ma’daniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish shobasi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatllararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi №02-14-06-909-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha bazasi yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, xulosalar loyihaning ilmiy jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida xalqaro turizm terminologiyasi tarkibida leksik-semantik paradigmatik munosabatlar tizimi (sinonimiya, antonimiya va omonimiya)ning faol qo‘llanishi, ularning terminologik maydon ichida semantik aloqalarni shakllantirishdagi o‘rni ochib berilib, trip, excursion, expedition kabi terminlar orasidagi ma’no differensialligi, domestic tourism va inbound tourism juftligidagi qarama-qarshilik, shuningdek, booking yoki camp so‘zlarining bir vaqtning o‘zida bir nechta ma’noda ishlatilishi orqali omonimiyaning terminologik polifunksionallikka xizmat qilishi dalillangani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy kengashi hisobot yig‘ilishlarida, yosh tarjimon to‘garagi va adabiy kechalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 18-iyuldagi №01-04/998-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Badiiy kengash hisobot yig‘ilishlarining mazmundorligi, adabiy kechalarning ilmiy qimmati ortgan, yosh tarjimonlar uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatining takomillashuviga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi turizmga oid reklama matnlarining shakllanishi lingvistik jihatdan tahlil qilinib, ularda milliy koloritni ifodalovchi obrazlilik, emotiv ta’sir va estetik ifodalilikning semantik-pragmatik jihatlari, turistik brend imidjini shakllantirishda reklama diskursining kommunikativ-funksional (e’tibor jalb qilish, axborot etkazish, ishontirish, hissiy ta’sir ko‘rsatish) xususiyatlari asoslab berilgani bilan bog‘liq yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi „O‘zbekiston“ teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarini tayyorlashda (2025 yil mart va iyul oylari) foydalanilgan. (2025 yil 25 iyuldagi 05-09-1240-sonli ma’lumotnoma).
tarjima jarayonida turizm leksikasining lingvopragmatik (terminlarning kommunikativ maqsadga yo‘naltirilganligi, kontekstga mos ekvivalent tanlash va nutqiy vaziyatga muvofiq pragmatik ta’sir hosil qilish bilan bog‘liq jihatlar) va lingvomadaniy (urf-odatlar, qadriyatlar va madaniy merosni ifodalashdagi o‘ziga xosliklari) xususiyatlari oydinlashtirilib, ingliz va o‘zbek tillari misolida izohli tarjima, madaniy adaptatsiya va betaraflashtirish strategiyalarining qo‘llanish sharoitlari, terminlarning madaniy konnotatsiyalari, milliy stereotiplar va ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘ligi doirasida tabdil usullari tanlovining hal qiluvchi ahamiyati isbotlanganiga doir xulosalardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 18-maydagi 156-son buyrug‘i asosida 2023-2024 yillarda bajarilishi nazarda tutilgan AI-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2025-yil 3-fevraldagi №03-16-09-948-sonli ma’lumotnomasi). Natijadalar loyiha ishlanmalarining takomillashuviga xizmat qilgan, dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar fundamental loyihada o‘z ifodasini topgan.