Shirinova Muqaddas Shavkat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida “Landshaftshunoslik asoslari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (geografiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7582.
Ilmiy rahbar: Musaev Jahongir Payazovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Rajabov Furqat Turaqulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida “Landshaftshunoslik asoslari”  fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Landshaftshunoslik asoslari” fanini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari ta’lim jarayoni ishtirokchilarining faolligini ifodalovchi partisipativ yondashuv asosida o‘qitishning vizual-tadqiqiy samaradorligini oshirish hamda individuallashtirish faoliyatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Landshaftshunoslik asoslari” fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirishning mustaqil ta’lim olishga yo‘naltiruvchi tashkiliy-kommunikatsion omillarini elektron ta’lim muhitida adaptiv va reproduktiv o‘qitishga integratsiyalovchi algoritmi takomillashtirilgan;
“Landshaftshunoslik asoslari” fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonini tashkil etishga doir refleksiv hamda sinergetik yondashuvlarni pedagogik transformatsiyalashishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
“Landshaftshunoslik asoslari” fanini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasi farazlarni dalillash, refleksiv kompetensiyani baholash, individual hamda mustaqil ta’lim sub’ektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida “Landshaftshunoslik asoslari” fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirish boʼyicha olingan natijalar  asosida:
“Landshaftshunoslik asoslari” fanini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasi didaktik imkoniyatlar, pedagogik nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashning didaktik imkoniyatlarini partisipativ hamda kompetensiyaviy yondashuvlar asosida o‘qitishning vizual-tadqiqiy samaradorligini kengaytirish, individuallashtirish faoliyatlariga ustuvorlik berish “Umumiy er bilimi” nomli o’quv qo’llanma maznuniga singdirilgan, (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 30 maydagi 2023/164 U-20 raqamli ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini amaliy-loyihaviy faoliyati mazmuniga kirgan harakatlarni aniqlashga imkon kengaygan, kasbiy-uslubiy tayyorgarlik samaradorligini takomillashtirishga erishilgan;;
oliy ta’lim muassasalarida “Landshaftshunoslik asoslari” fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirish jarayonida mustaqil ta’lim  olishga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy-kommunikatsion omillarini elektron ta’lim muhitida adaptiv va reproduktiv o‘qitishga integratsiyalovchi algoritmli topshiriqlardan «Umumiy yer bilimi» nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 30 maydagi 2023/164 U-20 raqamli ma’lumotnoma). Natijada ta’limni axborotlashtirish sharoitida uzlyuksiz ta’lim muassasalarida faol axborot almashish imkoniyati va interaktiv texnologiyalardan ijodiy foydalanish kompetensiyasiga ega geografik-mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
“Landshaftshunoslik asoslari”  fanini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasini rivojlantirish mezonlari kasbiy  kompetentlik va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish hamda, oliy ta’lim muassasalarida “Landshaftshunoslik asoslari”  fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirish modeli asosida ta’lim jarayonini tashkil etishga doir refleksiv hamda sinergetik yondashuvlarni pedagogik transformatsiyalashishiga ustuvorlik berishga oid tavsiyalardan «Umumiy yer bilimi» nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan.Natijada, geografiya ta’lim yo’nalishi talabalarining o’zlashtirish darajasini baholashning informatsion va analitik mezonlari, fanga oid indikatorli tuzilma hamda interfaol ta’lim metodlari asosida takomillashtirilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish