Jo‘raev Oxunjon Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mevali bog‘larni barpo qilishda tuproq tarkibidagi og‘ir metallarni tarqalishiga ko‘ra meva turlarini tanlash”, 06.01.07 – “Mevachilik va uzumchilik”, 06.01.04 – “Agrokimyo” (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1398
Ilmiy rahbar: Karimov Xusniddin Nagimovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Xalmirzaev Dilmurad Kamilovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, dotsent; Xoliqulov Shodi Turdiqulovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mevali bog‘larni barpo qilishda tuproq tarkibidagi og‘ir metallarni tarqalishiga va mevali daraxtlarda akkumulyasiyalanishiga ko‘ra mevali daraxt turlarini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Toshkent viloyatning sug‘oriladigan tuproqlari 0-2 metr qatlamida umumiy tuzlar zahirasi 50,13-75,12 tonnani, zaharli tuzlar zahirasi 25,19-46,35 tonnani va xlor ioni zahirasi 2,38-6,02 tonnani tashkil etishi aniqlangan;
viloyatning sug‘oriladigan tuproqlari 0-30 sm qatlamidagi harakatchan shakldagi Co, Cu, Ni, Pb, Zn, Cd, Cr elementlar miqdori REMdan 8 barobargacha yuqoriligi hamda pastki →200 sm qatlam tomon kamayib borishi isbotlangan;
tuproq tarkibidagi og‘ir metallarning harakatchan shakldagi miqdori REMdan 5-8 barobargacha yuqori bo‘lishi, mevali daraxtlar meva va novdalarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
urug‘ va danak mevali daraxtlarning vegetativ va generativ organlarida Co, Cu, Ni, Pb, Zn, Cd, Cr elementlarining bioakkumulyasiyasi quyidagi ortib boruvchi qonuniyatga bo‘ysunishi aniqlangan: meva→urug‘/danak→novda→barg;
olma daraxti harakatchan shakldagi Cu, Co, Pb, Zn elementlari bilan shaftoli va o‘rik daraxtlari harakatchan shakldagi Co, Cd, Cu elementlari bilan REMga nisbatan 8 barobargacha yuqori darajada ifloslangan tuproqlarda etishtirilganda mevalar tarkibidagi ushbu elementlar miqdori REMdan past bo‘lishi aniqlangan.
o‘ta ertagi kartoshka etishtirish agrotexnologik tadbirlar xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mevali bog‘larni barpo qilishda tuproq tarkibidagi og‘ir metallarni tarqalishiga ko‘ra meva turlarini tanlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tuproqlari 0-100 sm qatlamida ifloslanish darajasi ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgan Cu, Ni, Pb, Zn elementlarining ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi 1:5000 mashtabli ekologik xaritasi tuzilgan va Bekobod tumanidagi “Kamolboy” va “Abdug‘ofur Abduvoxid” fermer xo‘jaligining 30,05 gektar, Piskent tumanidagi “Piskent Erkin bog‘lari” fermer xo‘jaligi va “Xidirov Olimjon” fermer xo‘jaliklarining 104,68 gektar, Bo‘stonliq tumani “Sarvar Serviz Teplo” fermer xo‘jaligining 8,84 gektar va “Abay Qurama” fermer xo‘jaligining 20,63 gektar, viloyat bo‘yicha jami 164,2 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/06-03-184-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu maydonlarda mevali daraxtlarni tanlab joylashtirish orqali bog‘ barpo qilish uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Turli darajada og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarda olma etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik karta ishlab chiqilgan va Bekobod tumanidagi “Kamolboy” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar, Piskent tumanidagi “Piskent Erkin bog‘lari” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar, Bo‘stonliq tumani “Abay Qurama” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/06-03-184-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologik karta asosida og‘ir metallar bilan turli darajada ifloslangan tuproqlarda olma etishtirib, 1,0 gektar maydondan “Kamolboy” fermer xo‘jaligi 52,8 mln. so‘m, “Piskent Erkin bog‘lari” fermer xo‘jaligi 40,5 mln. so‘m, “Abay Qurama” fermer xo‘jaligi 48,8 mln. so‘m daromad olishga erishgan.