Subhonova Anora Akmal qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda ingliz tili og‘zaki nutqini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil.2942.
Ilmiy rahbar: Irisqulov Muhamadavas Tursunovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent (Kengash a’zosi); Akbarova Shaxnoza Hikmatillaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. maktabgacha yoshdagi bolalarda ingliz tili og‘zaki nutqini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalarning ingliz tili og‘zaki nutqini shakllantirishning didaktik va metodik ta’minoti maktabgacha ta’limni tashkil etishning LMPA (lingvistik, psixologik va metodik adaptasiya) mexanizmi asosida tayyorlov, motivasion faollashtirish, baholash va adaptiv bloklarni tashkil etish hamda til o‘rganishning “autonomy” komponentiga ustuvorlik berish natijasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini loyihalash va baholashning POLL (Personalized oral language learning) strategiyalar tizimi samaradorligi individual til rivojlanish profillarini ishlab chiqish asosida to‘rt bosqichli subektlararo integrasiya, faoliyat izchilligi, motivasion-emosional muvofiqlik va muloqotga tayyorlik kabi psixolingvistik-pedagogik mezonlarga muvofiqlashtirish zaruriyatiga ko‘ra dalillangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda ingliz tili og‘zaki nutqini shakllantirishning to‘rt blokli maxsus modeli kontekstli muloqot, tinglash orqali so‘zni qabul qilish, takrorlash va so‘zlarni qayta uchratish, emosional aloqadorlik kabi tabiiy til o‘zlashtirish elementlari doirasida bolalarning akademik-ijodiy, nutqiy-motivasion harakat traektoriyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi tinglash, tushunish va ifodalash topshiriqlarini zamonaviy o‘qitish usullariga adaptasiya qilish asosida ishlab chiqilgan;
ingliz tilida bolalarning og‘zaki nutqini shakllantirish indikatorlarini aniqlashga qaratilgan EMI (English-speaking monitoring indicators) tizimining diagnostik imkoniyatlari baholovchi-konstruktiv usulni PBL, CLT, Montessori usuli va interfaol o‘yin texnologiyalarining ijodiylik, muammolilik va amaliy yo‘naltirilganlik imkoniyatlari bilan gorizontal integrasiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ingliz tili og‘zaki nutqini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarning ingliz tili og‘zaki nutqini shakllantirishning didaktik va metodik ta’minoti maktabgacha ta’limni tashkil etishning LMPA (lingvistik, psixologik va metodik adaptasiya) mexanizmi asosida tayyorlov, motivasion faollashtirish, baholash va adaptiv bloklarni tashkil etish hamda til o‘rganishning “autonomy” komponentiga ustuvorlik berish natijasiga ko‘ra takomillashtirilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi faoliyatida foydalaniladigan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 17-fevraldagi 04-13/132-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari dasturlar, loyihalar va tadbirlarni pedagogik jihatdan boyitish va kengaytirish uchun xizmat qilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini loyihalash va baholashning POLL (Personalized oral language learning) strategiyalar tizimi samaradorligi individual til rivojlanish profillarini ishlab chiqish asosida to‘rt bosqichli sub’ektlararo integrasiya, faoliyat izchilligi, motivatsion-emosional muvofiqlik va muloqotga tayyorlik kabi psixolingvistik-pedagogik mezonlarga muvofiqlashtirish zaruriyatiga ko‘ra dalillanganligi borasidagi mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, yoshlarning intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarini tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2022-yil 7-dekabrdagi 4/13-23-4207-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning asosiy g‘oya va xulosalari o‘quv-amaliy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda ingliz tili og‘zaki nutqini shakllantirishning to‘rt blokli maxsus modeli kontekstli muloqot, tinglash orqali so‘zni qabul qilish, takrorlash va so‘zlarni qayta uchratish, emotsional aloqadorlik kabi tabiiy til o‘zlashtirish elementlari doirasida bolalarning akademik-ijodiy, nutqiy-motivatsion harakat traektoriyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi tinglash, tushunish va ifodalash topshiriqlarini zamonaviy o‘qitish usullariga adaptasiya qilish asosida ishlab chiqilganligiga doir natijalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan AO-T-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 4-apreldagi 4/11-1779-son ma’lumotnomasi). Loyiha mazmuni bolalarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tavsiyalar bilan boyitilgan;
ingliz tilida bolalarning og‘zaki nutqini shakllantirish indikatorlarini aniqlashga qaratilgan EMI (English-speaking monitoring indicators) tizimining diagnostik imkoniyatlari baholovchi-konstruktiv usulni PBL, CLT, Montessori usuli va interfaol o‘yin texnologiyalarining ijodiylik, muammolilik va amaliy yo‘naltirilganlik imkoniyatlari bilan gorizontal integrasiyalash orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy natijasi va o‘quv topshiriqlari “English for kids” nomli o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2023-yil 14-noyabrdagi 01/4-1626-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning eshitish, gapirish ko‘nikmalari takomillashtirilishiga erishilgan.