Raufov Miraziz Mustafaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sinxron tarjimada transformatsiyalarning qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili (ingliz, fransuz, o‘zbek tillari rasmiy diskursi misolida)”; 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4684
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Anvar Islamovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Nishonov Patxiddin Payziboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, fransuz va o‘zbek tillarida qilingan sinxron tarjimalarda qo‘llangan transformatsiyalarning lingvistik (leksik, grammatik) va ekstralingvistik (kognitiv-pragmatik) xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz, fransuz va o‘zbek tillariaro sinxron tarjimada transformatsiyalarning qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili asosida ularning tarjima jarayonidagi asosiy funksiyalari – mazmunni aniq etkazish, grammatik va leksik moslikni ta’minlash, nutq tezligiga moslashish mexanizmlari aniqlangan va ushbu funksiyalarning tarjima jarayonida xatoliklarni minimallashtirish va vaqtni optimallashtirishga sezilarli darajada ta’sir qilishi isbotlangan;
ingliz, fransuz va o‘zbek tillariaro sinxron tarjimada keng qo‘llaniladigan leksik-semantik ya’ni sinonimiya, antonimiya, kontekstual almashtirish hamda grammatik – so‘z tartibi, gap qurilishi, qo‘shimcha elementlar transformatsiyalarining har bir til juftligiga xos o‘xshash va farqli jihatlari, jumladan, qo‘llanish chastotasi, semantik moslik darajasi, kognitiv yuklamani engillashtirishdagi roli tizimli tahlil qilinib, nazariy xulosalar berilgan va misollar bilan asoslangan;
sinxron tarjimada ekvivalenti mavjud bo‘lmagan milliy-madaniy birliklarning adekvat tarjimasiga erishishda transformatsiyalardan samarali foydalanishning zarurligi ingliz, fransuz va o‘zbek tillariga sinxron tarjimalari tahlili asosida lingvistik hamda madaniy-kommunikativ ahamiyati ochib berilgan; 
sinxron tarjima jarayonida yuzaga keladigan lingvistik transformatsiyalarning qonuniyatlarini belgilovchi psixolingvistik mexanizmlar – tarjimonning stress sharoitida barqaror ishlashi, diqqatni bir vaqtning o‘zida bir necha faoliyatga taqsimlashi, tezkor qaror qabul qilish va qisqa muddatli xotira resurslarini samarali boshqarish kabi kognitiv jarayonlar tizimli ravishda tahlil qilinib, ularning tarjima sifatini oshirish, xatolarni minimallashtirishdagi roli dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, fransuz va o‘zbek tillariaro sinxron tarjimada transformatsiyalarning qiyosiy tahlili asosida:
sinxron tarjima jarayonida ingliz, fransuz va o‘zbek tillarining xususiyatlariga muvofiq tarzda transformatsiya turlari (leksik, grammatik va semantik)ning tanlanishi natijasida chiqarilgan ilmiy xulosalardan Toshkent shahridagi Fransiya Alyansida olib borilgan sinxron tarjimalar hamda xalqaro konferensiyalarda foydalanilgan (Toshkent Fransuz Alyansining 2024-yil 30-noyabrdagi 16-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sinxron tarjima jarayonida qo‘llanadigan transformatsiyalar sifati va samaradorligining oshishiga erishilgan;
sinxron tarjima jarayonida yuzaga keladigan tillararo o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga qaratilgan amaliy qoidalar ishlab chiqilganligi, natijada sinxron tarjimonlarda muammolarga darhol echim topish ko‘nikmasini rivojlantirish bilan bog‘liq nazariy xulosalar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitilayotgan “Amaliy sinxron tarjima” (magistratura mutaxassisligi talabalari uchun) fani o‘quv dasturini tuzish, jumladan, “Sinxron tarjimada transformatsiyalardan foydalanish”, “Turli leksika va ularning tarjimasi”, “Sinxron tarjimada leksik muammolar” kabi mavzularning kiritilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 19-dekabrdagi 16-4201-sonli ma’lumotnomasi). Bundan tashqari, Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarining sinxron tarjimaga doir nazariy hamda amaliy bilimlarining kengayishiga xizmat qilgan;
sinxron tarjimada ekvivalentlik muammosi, adekvat tarjimaga erishishdagi ahamiyati va ekvivalenti mavjud bo‘lmagan milliy-madaniy birliklarning berilishiga doir xulosa hamda tavsiyalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi FZ-2019062034 raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 19-dekabrdagi 24-806-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari tarjimashunoslik, leksikografiya va lingvodidaktika kabi fanlarni o‘qitish hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron darsliklar, lug‘atlar va multimedia materiallarini tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish