Yunusova Zulxumor Djumabaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston respublikasida mielodisplastik sindromning tarqalishi va bemorlarning hayot sifatini maxsus terapiya samaradorligini baholash bilan o‘rganish” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib401.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Isxakov Eldor Djasurovich, tibbiyot fanlari doktori; Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Muxammedov Rustam Sultanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida mielodisplastik sindromning tarqalganligini, kompleks tashhislashni hisobga olgan holda bemorlarning hayot sifatini va kasallikning o‘ziga xos gipometilirlovchi terapiyasi samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq muddat kamqonlik mavjud bemorlarda MDSni erta aniqlash uchun periferik qon va suyak ko‘migini takroriy ravishda kompleks gematologik va morfologik tekshirish zarurati isbotlangan;
SF-36 xalqaro so‘rovnomasi asosida mielodisplastik sindromli bemorlarning hayot sifatini baholashga asoslanib, barcha salomatlik ko‘rsatkichlarining pasayishi, ular orasidan salbiy xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda sezilarli farqlar jismoniy faoliyati (r=0.034) va og‘riq intensivligida (r=0.013) aniqlangan;
sitogenetik ma’lumotlar turli xil xromosoma anomaliyalari bilan tavsiflangan mielodisplastik sindromli bemorlarda 1,9 (r<0.05) va 2,1 (r<0.05) marotaba oraliq (69.2%) va yuqori (76.2%) prognostik xavflari bo‘lgan bemorlarda ko‘proq kuzatilishi hamda ular orasida xromosoma buzilishlaridan gipoploidiya shakli ko‘proq uchrashi (41,0%) aniqlangan;
MDSning prognostik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda sitostatik va gipometilirlovchi terapiyaning qiyosiy natijalari tahlili azatsitidinni qo‘llashning gematologik, morfologik kursatgichlariga ta`siri va bemorlarning hayot sifatini baholash nuqtai nazaridan yuqori samaradorligi asoslangan; 
keng qamrovli diagnostika tekshiruvi (umumiy qon taxlili, mielogramma, biokimiyoviy tekshiruv, sitogenetik taxlillar) va kasallikning prognostik xavfini hisobga olgan holda individual taktikani tanlash asosida mielodisplastik sindromli bemorlarni tashhislash va olib borish tomoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mielodisplastik sindromning prognostik jihatdan noxush yuqori xavfi shaklini rivojlanishini bashorat qilish va uni davolash samaradorligini bo‘yicha olingan natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: uzoq muddat kamqonlik mavjud bemorlarda MDSni erta aniqlash uchun periferik qon va suyak ko‘migini takroriy ravishda kompleks gematologik va morfologik tekshirish zarurati isbotlanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 10-A №103-T sonli buyrug‘i va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.03.2025 yildagi 03.03.2025 yildagi 09-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/62-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: standart tashxislash tadbirlari majmuasida standart sitogenetik tekshiruvini amalga oshirish MDSning noxush natijasini erta bashorat qilishga va prognostik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni davolashga individual yondashishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: standart sitogenetik tekshiruvni erta bajarish, standart diagnostika usullari bilan taqqoslaganda, erta tashhislash bosqichida MDSni O‘Lga aylanish xavfini aniqlashga imkon beradi (narxlar ro‘yxatiga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasidagi bir kunlik xarajatlar 333250 so‘mni tashkil etadi). O‘z navbatida, standart sitogenetik tekshiruvdan foydalanish klinika xizmatlarining moddiy xarajatlarini har bir bemor uchun 6717024 so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: mielodisplastik sindromli bemorlarda xromosoma buzilishlarini tahlil qilish kasallikning noxush natijasini aniq tashhislash va bashorat qilish imkonini beradi va unga chalingan bemorlarning hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi;  
ikkinchi ilmiy yangilik: SF-36 xalqaro so‘rovnomasi asosida mielodisplastik sindromli bemorlarning hayot sifatini baholashga asoslanib, barcha salomatlik ko‘rsatkichlarining pasayishi, ular orasidan salbiy xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda sezilarli farqlar jismoniy faoliyati (r=0.034) va og‘riq intensivligida (r=0.013) aniqlanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 10-A №103-T sonli buyrug‘i va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.03.2025 yildagi 03.03.2025 yildagi 09-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/62-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MDS tashxislashda standart sitogenetik tekshiruv  erta qo‘llash shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish va keyingi davolanish samaradorligini oshirish orqali moddiy xarajatlarini kamaytirish orqali iqtisodiy tejashga imkon beradi. Narxlar ro‘yxatiga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida bir kunlik xarajat 333250 so‘mni tashkil qiladi, bu esa standart laboratoriya usullari bilan solishtirganda kasallikni aniq tashhislash vaqtini qisqartiradi. Standart sitogenetik tekshiruvini muddatidan oldin qo‘llash klinika xizmatlarining moddiy xarajatlarini yiliga 94038336 so‘mgacha kamaytirish, byudjetni 16,7% gacha tejashni ta’minlaydi. Xulosa: mielodisplastik sindromli bemorlarda SSTni o‘tkazish har bir bemor uchun 16,7% gacha byudjet mablag‘laridan xarajatilarni kamaytirish imkonini beradi; 
uchinchi ilmiy yangilik: sitogenetik ma’lumotlar turli xil xromosoma anomaliyalari bilan tavsiflangan mielodisplastik sindromli bemorlarda 1,9 (r<0.05) va 2,1 (r<0.05) marotaba oraliq (69.2%) va yuqori (76.2%) prognostik xavflari bo‘lgan bemorlarda ko‘proq kuzatilishi hamda ular orasida xromosoma buzilishlaridan gipoploidiya shakli ko‘proq uchrashi (41,0%) aniqlanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 10-A №103-T sonli buyrug‘i va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.03.2025 yildagi 03.03.2025 yildagi 09-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 22 maydagi 18/62-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik diagnostik onkogematologik amaliyotda MDS mavjud bemorlarda standart sitogenetik tekshiruvini o‘tkazish tashhislash uchun va uning noxush kechish xavfini bashorat qilish uchun ham muhim. Standart sitogenetik tekshiruv dan foydalanish kasallikning natijasini bashorat qilish imkonini beradi (narxlar ro‘yxatiga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida bir kunlik xarajat 333250 so‘mni tashkil qiladi) va tashxislash tadbirlari majmuasida kasallikni aniqlash vaqtini va uning prognostik xavfini qisqartiradi. Standart sitogenetik tekshiruv dan klinik oldi foydalanish shifoxonaga qolish muddatini qisqartirib, yiliga 46149134,4 so‘m tejash orqali moddiy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: standart sitogenetik tekshiruvini o‘tkazish MDSning prognostik jihatdan noxush variantlarini erta aniqlash uchun muhim bo‘lib, birlamchi bemorlarni kompleks tekshirishda uni zarurligini tasdiqlash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: MDSning prognostik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda sitostatik va gipometilirlovchi terapiyaning qiyosiy natijalari tahlili azatsitidinni qo‘llashning gematologik, morfologik kursatgichlariga ta`siri va bemorlarning hayot sifatini baholash nuqtai nazaridan yuqori samaradorligi asoslanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 10-A №103-T sonli buyrug‘i va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.03.2025 yildagi 03.03.2025 yildagi 09-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 22 maydagi 18/62-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MDSning prognostik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni davolashda tavsiya etilgan terapevtik yondashuvni joriy etish ularning ahvolini sezilarli darajada yaxshilanishi, kasallikning O‘Lga o‘tish xavfini kamaytirishi va xayotining sifatini yaxshilash hisobiga nogironlik ko‘rsatkichini pasaytirish imkonini berdi. Shuningdek, surunkali bemorlar sonini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan ijtimoiy bosimni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: MDS ning prognostik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda azatsitidinni qo‘llash kasallikning zo‘rayishini oldini olishga va uni O‘Lga aylanish holatlarini kamaytirishga imkon beradi. Bu esa ularni shifoxonaga yotish kunlarini qisqartirish orqali davolash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Xulosa: MDS ning prognostik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda azatsitidinni qo‘llash uni O‘Lga o‘tish xavfini kamaytirish imkonini berdi, bu esa bitta bemor hisobidan yiliga 62719104 so‘mgacha byudjet xarajatlarini tejash imkonini berdi. 
beshinchi ilmiy yangilik: amaliy sog‘liqni saqlashda mielodisplastik sindromli bemorlarni tashhislash va olib borish uchun tavsiya etilgan algoritmdan foydalanish ularning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash hisobiga shifoxonaga yotish kunlarining qisqarishini ta’minlashi, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 10-A №103-T sonli buyrug‘i va Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.03.2025 yildagi 03.03.2025 yildagi 09-T-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 22 maydagi 18/62-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MDS ning prognostik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda gipometilirlovchi terapiyadan qisqa vaqt ichida foydalanish klinik, gematologik, morfologik va sitogenetik ko‘rsatkichlarni tiklashga yanada samarali yordam beradi, bu esa ularni shifoxonaga davolanish kunlarini kamaytirish va davolanish xarajatlarini 18,3% gacha tejash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: MDS ning prognostik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni davolash xarajatlarini kamaytirish orqali har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 18,3% ga kamaytirish mumkin bo‘ldi. Xulosa: gipometilirlovchi terapiyadan foydalanish kasalxonada qolish muddatini sezilarli darajada qisqartirishi, MDS, birinchi navbatda yuqumli va gemorragik asoratlar sonini kamaytirishi va natijada qon quyish sonini kamaytirishi va qo‘shimcha davolash preparatlarining narxini 18,3% ga tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish