Samatova Lobar Dilmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Donor qonida TORCH – infeksiyalarini aniqlash va bartaraf etish muammolari” 14.00.29 - Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2559.
Ilmiy rahbar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori; Ibragimova Sapura Zaxidovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: donorlar qonida TORCH - infeksiyalari tarqalish darajasini zamonaviy laborator usullar bilan aniqlash  va leykofil`tratsiya texnologiyalari yordamida virusli zo‘riqishni kamaytirish orqali O‘zbekiston aholisini xavfsiz qon tarkibiy qismlari bilan ta’minlashni asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
donorlar orasida TORCH - infeksiyalari serologik tarqalish darajasi, jumladan CMV IgG – 26.7%, HSV IgG – 45.6%, Toxoplazma IgG – 21.1%, Rubella IgG – 7.8% va CMV IgM, HSV IgM, Toxo IgM, Rubella IgM manfiy natijalari aniqlangan;
donorlarda 35.6% bir turdagi infeksiya va 30% infeksiyalar kombinatsiyasi: sitomegalovirus+oddiy gerpes virusi – 8.9%, sitomegalovirus+oddiy gerpes virusi+toksoplazmoz – 3.3%, oddiy gerpes virusi+toksoplazmoz+qizilcha – 1.1% aniqlanib, sitomegalovirus + oddiy gerpes virusi kombinatsiyasi ustuvorligi asoslangan;
donorlar qonida TORCH - infeksiyalar mavjudligi bo‘yicha birinchi marta ikki bosqichli serologik va molekulyar-biologik skrining tizimi (IXLA/PZR) ishlab chiqildi, bunda donorlar qoni infeksion xavfsizlik darajasi va yaroqliligini oshirilishi isbotlangan;
leykofil`tratsiyaga qadar donor qon namunalarida 20% PCR CMV musbat, undan keyin esa barchasida 100% manfiy natija aniqlanib, bu leykofil`tratsiya donorlar qonida sitomegalovirus xavfsizligini ta’minlashda samarali usul ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                                           
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2025 yil 30-yanvardagi 410-son va 2025 yil 17 fevraldagi 725-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2025 yil 30-yanvardagi 410-son va 2025 yil 17 fevraldagi 725-son xati taqdim etilgan): 
birinchi ilmiy yangilik: donorlar orasida TORCH - infeksiyalari serologik tarqalish darajasi, jumladan CMV IgG – 26.7%, HSV IgG – 45.6%, Toxoplazma IgG – 21.1%, Rubella IgG – 7.8% va CMV IgM, HSV IgM, Toxo IgM, Rubella IgM manfiy natijalari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati qon quyish stansiyasining 31.01.2025-yildagi 8-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazining 18.02.2025-yildagi 23-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: donor qoni va qon tarkibiy qismlarini TORCh–infeksiyalariga serologik tekshirish orqali faol va yashirin infeksiya belgilarini o‘z vaqtida aniqlash, donor qoni xavfsizligi va sifatini ta’minlash hisobiga samaradorligini oshirish hamda og‘ir ahvoldagi bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: donorlarda TORCh infeksiyasi, ayniqsa SMV ning shubhali va musbat natijalarida qon va uning tarkibiy qismlarini to‘kish ularning, jumladan kam uchraydigan qon guruhi va rezus omil tanqisligiga, donor 3 yil muddatga qora ro‘yxatga tushishiga, erkaklar 1 yilda 5 marta, ayollar esa 4 marta donor bo‘lishida cheklovlarga sabab bo‘ladi, ya’ni donorliklar sonini kamayishiga olib keladi. 1 litr tayyorlangan qondan 4 nafar bemor gemotransfuziya o‘tkazilishini hisobga olsak, ularga o‘z vaqtida qon va qon tarkibiy qismlarini etkazib berishda kechikishlarga sabab bo‘ladi. Xulosa: serologik IXLA usulini to‘ldirish maqsadida molekulyar-biologik usul PZR tahlilidan foydalanib, to‘kiladigan qon hajmini saqlab qolindi va bu  2791656 so‘m xarajatni tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: donorlarda 35.6% bir turdagi infeksiya va 30% infeksiyalar kombinatsiyasi: sitomegalovirus+oddiy gerpes virusi – 8.9%, sitomegalovirus+oddiy gerpes virusi+toksoplazmoz – 3.3%, oddiy gerpes virusi+toksoplazmoz+qizilcha – 1.1% aniqlanib, sitomegalovirus+oddiy gerpes virusi kombinatsiyasi ustuvorligi asoslanishi Samarqand viloyati qon quyish stansiyasining 31.01.2025-yildagi 8-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazining 18.02.2025-yildagi 23-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: donorlarda TORCh-infeksiyalar tahlili o‘tkazilganda bitta donor bir vaqtning o‘zida bir necha infeksiya manbai ekanligi va bu holat ko‘proq yosh donorlar orasida uchrashi aniqlandi, natijada gemotransfuzion xavfsizlikni yanada oshirish maqsadida immun zaif bemorlar uchun donor qonini serologik, molekulyar–biologik tekshirish usuli va leykofil`trlangan gemakonlardan foydalanish samaradorligi yuqori ekanligini aniqlashga imkon berdi. Bu bemorlarni davolashda leykofil`trlangan qon tarkibiy qismlaridan foydalanish strategiyasini to‘g‘ri tanlash va uning samaradorligini oshirish hamda ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: donor qonida TORCh–infeksiyalari mavjudligini aniqlash va infeksion xavfsiz qon tarkibiy qismlaridan foydalanish orqali immun zaif bemorlarni vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrini kamaytirish hisobiga shifoxonada qolish muddatini qisqartirish va davolash xarajatlarini iqtisod qilish kasallik rivojlanishining oldini olish hisobiga yiliga 74969820 so‘mni tashkil qiladi (yangi usulni qo‘llagan holda bir litr qon olish uchun xarajatlar 541800 so‘mni, yangi usulni qo‘llamagan holda esa 620368 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: serologik manfiy qon tarkibiy qismlaridan foydalanilganda immun zaif bemorlarning murojaati hamda kasalxonaga qayta yotishlar soni va kunining kamayishiga olib keladi. Ushbu kasallarda bir vaqtning o‘zida bir necha TORCh-infeksiyasi jamlanmasidan himoyalash hisobiga ularning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish imkonini beradi va yangi usul bilan bog‘liq iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 21% ni tashkil etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: donorlar qonida TORCH - infeksiyalar mavjudligi bo‘yicha birinchi marta ikki bosqichli serologik va molekulyar-biologik skrining tizimi (IXLA/PZR) ishlab chiqildi, bunda donorlar qoni infeksion xavfsizlik darajasi va yaroqliligini oshirilishi isbotlanganligi Samarqand viloyati qon quyish stansiyasining 31.01.2025-yildagi 8-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazining 18.02.2025-yildagi 23-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: donor qonida TORCh–infeksiyalariga erta tashxis qo‘yishda virus DNK sini aniqlovchi PSR va virusga xos antikorlarni aniqlashning serologik IXLA usullaridan foydalangan holda bemorlarni kompleks tekshirish transfuzion jarayonlarning yuqori darajadagi xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Taqqoslovchi an’anaviy usul bo‘yicha olib borilgan tadqiqotimiz uchun olingan 90 nafar donordan 45 litr konservlangan qon tayyorlanadi. 1 litr konservlangan qon tayyorlash uchun 620368 so‘m sarflansa, 45 litr uchun 27916560 so‘m sarflanadi. Tadqiqot natijasida olingan 45 nafar donorlarning 9 tasida musbat natija hisobiga 4,5 litr konservlangan qon ekspertlar tomonidan yo‘q qilinganda, bu 2791656 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: qon tarkibiy qismlari infeksion xavfsizligi uchun majburiy ikki bosqichli serologik va molekulyar-biologik tekshiruv o‘tkazish va leykotsitlarni olib tashlash qurilmasi – leykofil`tratsiyani amaliyotga kiritish orqali TORCh-infeksiyalari, ayniqsa SMV infeksiyasi sababli yo‘qotilayotgan qon hajmi, qon tarkibiy qismlarini tayyorlashda sarflanayotgan pul miqdorlarini ortiqcha sarflanishi kamayib, byudjet mablag‘larini 21% ga iqtisod qilish imkonini beradi.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: leykofil`tratsiyaga qadar donor qon namunalarida 20% PCR CMV musbat, leykofil`tratsiyadan keyin esa barchasida 100% manfiy natija aniqlanib, bu esa leykofil`tratsiya donorlar qonida sitomegalovirus xavfsizligini ta’minlashda samarali usul ekanligi asoslanganligi Samarqand viloyati qon quyish stansiyasining 31.01.2025-yildagi 8-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazining 18.02.2025-yildagi 23-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qon va uning tarkibiy qismlari leykofil`tratsiyasi immunologik va infeksion xavfsizlikni samarali oshirganligi hisobiga diagnostika tadbirlarini o‘tkazish, hamda TORCh bilan zararlanishni oldini olishda yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, og‘ir ahvoldagi bemorlarni qabul qilish va qayta yotishlar chastotasi, mehnatga layoqatsizlik kunlari, nogironlik, o‘limni kamaytiradi, hayot sifatini yaxshilaydi va bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Leykocep leykofil`tri orqali 37000 so‘m sarflab 4,5 litr  konservalangan miqdordagi qonni yo‘q qilishdan saqlab qolindi. Bunday donordan olingan bitta butun dozadan 3 tagacha qon tarkibiy qismi tayyorlash mumkin va kamida 18 ta resipientga quyganimizda, davolash narxi o‘rtacha 207300000 so‘mni tashkil qiladi, diagnostika va reablitatsiya xarajatlari bundan mustasno. Ushbu yangi usul yordamida immun zaif bemorlar va chaqaloqlar, hattoki suyak ko‘migi transplantatsiyasidan keyingi og‘ir bemorlar hayotini xam saqlab qolish orqali 2 barobar iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: qon tarkibiy qismlari tarkibidagi leykotsitlarni olib tashlash qurilmasi leykofil`tratsiyani amaliyotga kiritish orqali gemotransmissiv infeksiyalar xavfini kamaytirish imkonini beradi. Bu esa gemotransmissiv TORCh-infeksiyasi sababli yo‘qotilayotgan qon hajmi va qon tarkibiy qismlarini tayyorlashda sarflanayotgan pul xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish