Raximova Zulfiya Allayarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma`lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reproduktiv yoshdagi ayollarda adenomioz rivojlanishining klinik-patogenetik asoslari», 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/ Tib2616.
Ilmiy rahbar: Muminova Ziyoda Abrorovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Hamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reproduktiv yoshdagi ayollarda adenomioz rivojlanishining klinik va patogenetik jihatlarini o‘rganish va samarali erta tashxislash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadonning 3D ultratovush tekshiruvi orqali I darajali diffuz adenomiozli ayollarda bachadonning “o‘tish zonasi” o‘lchami 5,2 mm dan oshadi, II darajali adenomiozli ayollarda bu ko‘rsatkich 2,38 barobar yuqori, III guruhda jarayon keng tarqalgan bemorlarda esa “o‘tish zonasi” aniqlanmasligi va adenomiozning barcha klinik guruhlarda yuqori darajada qon oqimining rezictentligi kuzatilgan bo‘lib, ayniqsa III darajali diffuz adenomiozda bachadon arteriyalari havzasidagi ko‘rsatkichlar IRu 0,98 ± 0,01, IRa 0,68 ± 0,05, IRr 0,60 ± 0,03, IRb 0,58 ± 0,03 nazorat guruhiga nisbatan IRu 0,85 ± 0,12, IRa 0,66 ± 0,03, IRr 0,52 ± 0,01, IRb 0,502  ± 0,502 statistik jihatdan tubdan farq qilishi isbotlangan;
adenomioz kasalligi rivojlanishida MMP-9 geni A-8208 G polimorfozimi III-darajali adenomiozda yuqoriligini ko‘rish mumkin(OR= 4.5; 95% Cl: 1.01-19.81; p<0,05), bu uning kasallikning og‘ir darajalari rivojlanishida qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi, VGEF genida C-634G polimorfizmini variantining C alleli va GC va CC genotiplari kasallik hamma darajasida yuqoriligi adenomioz rivojlanishining patogenezga yuqori xavf omili ekanligi isbotlangan;
keng ko‘lamli morfometrik tadqiqotlar o‘ziga xos xususiyati miometriyning “o‘tish zonasida” bir xil tolali tuzilmalarning ko‘pligi bo‘lib, bu kasallikning patogenezini tushunishga yordam beradi, endometriy bez epiteliylarining miometriyga o‘sib kirish chuqurligi tadqiqotda o‘rganilgan materiallarda endometriyning miometriyga chuqur o‘sib kirish o‘choqlari o‘rtacha 9,55±15,6 mmni tashkil qilishi isbotlangan;
adenomiozda endometriydagi antiangiogen va proangiogen o‘sish omillari o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida angiogenezning avtokrin regulyasiyasidagi o‘zgarishlar va qon tomirlarining proliferativ faolligining oshishi kuzatilgan, shuning uchun adenomiozda mahalliy angiogenez bemorlarda VGEF A konsentratsiyasining oshishi I darajali adenomiozda (102,5 ± 10,1 pg/ml) va nazorat guruhida normal ko‘rsatkichlar (54,3 ± 12,5 pg/ml) statistik jihatdan sezilarli darajada yuqori (p<0,05) bo‘lib, bu angiogenezning avtokrin regulyasiyasidagi o‘zgarishlarni va qon tomir faolligining oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot reproduktiv yoshdagi adenomiozli ayollarning instrumental, molekulyar-biologik, morfologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bachadonning 3D ultratovush tekshiruvi orqali I darajali diffuz adenomiozli ayollarda bachadonning “o‘tish zonasi” o‘lchami 5,2mmdan oshadi, II darajali adenomiozli ayollarda bu ko‘rsatkich 2,38 barobar yuqori, 3 guruhda jarayon keng tarqalgan bemorlarda esa “o‘tish zonasi” aniqlanmasligi va adenomiozning barcha klinik guruhlarda yuqori darajada qon oqimining rezistentligi kuzatilgan bo‘lib, ayniqsa III darajali diffuz adenomiozda bachadon arteriyalari havzasidagi ko‘rsatkichlar IRu 0,98 ± 0,01, IRa 0,68 ± 0,05, Irr 0,60 ± 0,03, IRb 0,58 ± 0,03 nazorat guruhiga nisbatan IRu 0,85 ± 0,12, IRa 0,66 ± 0,03, IRr 0,52 ± 0,01, IRb 0,502  ± 0,502 statistik jihatdan tubdan farq qilishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining muofiqlashtirilgan ekspert kengashi 2024 yil 13-maydagi №05-24/319-t sonli qarori bilan tasdiqlangan “Adenomiozni noinvaziv erta diagnostika usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi  tarkibiga kiritilgan va Toshkent shahar 5-son Tug‘ruq kompleksi 10.07.2024 yildagi №73-sonli va RIO va BSIATM Xorazm viloyati filialining 9.07.2024 yildagi №87-sonli buyruqlari asosida amaliyotga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy - texnik kengashining 10.12.2024 yildagi №10/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: adenomioz bilan kasallangan bemorlarda ultratovush tekshiruvi natijalariga ko‘ra, endometriyga tutashgan exogenlik zonasi (“o‘tish zonasi”) o‘lchash orqali ayollarda erta noinvaziv diagnostika usullarining joriy etilishi tashxis jarayonida qimmat va invaziv tekshiruvlardan voz kechish imkoniyati paydo bo‘lgan, adenomioz erta noinvaziv tashxislash mezoni ishlab chiqilgan, ushbu mezon orqali kasallikga erta noinvaziv tashxislash adenomiozning birinchi darajasidayoq aniqlash, uni erta konservativ davolash va kasallik simtomlarini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda adenomioz kasaliligini UTT, Doppler, funksional stress test, biokimyoviy usullar kasallikni erta noinvaziv aniq tashxis qo‘yish mezonini ishlab chiqish orqali 125 nafar bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun umumiy hisobda byudjetdan tashqari 64750000 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: reproduktiv yoshdagi bemorlarda ultratovush tekshiruvi natijalariga ko‘ra, endometriyga tutashgan exogenlik zonasi (“o‘tish zonasi”) o‘rganish kasallikni erta noinvaziv tashxislash adenomiozning birinchi darajasidayoq aniqlash uni erta konservativ davolash va kasallik simtomlarini kamaytiradi va har bir bemor uchun o‘rtacha 518000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: adenomioz kasalligi rivojlanishida MMP-9 geni A-8208G polimorfozimi III-darajali adenomiozda yuqoriligini ko‘rish mumkin (OR = 4.5; 95% Cl; 1.01-19.81; P<0,05), bu uning kasallikning og‘ir darajalari rivojlanishida qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi, VGEF genida C-634G polimorfizmini variantining C alleli va GC va CC genotiplari kasallik hamma darajasida yuqoriligi adenomioz rivojlanishining patogenezga yuqori xavf omili ekanligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining muofiqlashtirilgan ekspert kengashi 2024 yil 13-maydagi №05-24/319-t sonli qarori bilan tasdiqlangan “Adenomiozni noinvaziv erta diagnostika usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi Toshkent shahar 5-son Tug‘ruq kompleksi 10.07.2024 yildagi №73-sonli va RIO va BSIATM Xorazm viloyati filialining 9.07.2024 yildagi №87-sonli buyruqlari asosida amaliyotga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy–texnik kengashining 10.12.2024 yildagi №10/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: adenomiozning rivojlanishiga moyillik ma’lum noqulay irsiy fonni yaratadigan gen variantlari allellarga bog‘liqligini o‘rganish ayollarning reproduktiv tizimining o‘rganishning yangi va istiqbolli tadqiqot sohasidir. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda adenomioz kasaliligini UTT, Doppler, funksional stress test, biokimyoviy usullar kasallikga erta noinvaziv aniq tashxis qo‘yish mezonini ishlab chiqish orqali 125 nafar bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun umumiy hisobda byudjetdan tashqari 64750000 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: adenomiozning rivojlanishiga moyillik ma’lum noqulay irsiy fonni yaratadigan gen variantlari allellarga bog‘liqligini o‘rganish va har bir bemor uchun o‘rtacha 518000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: keng ko‘lamli morfometrik tadqiqotlar o‘ziga xos xususiyati miometriyning "o‘tish zonasida" bir xil tolali tuzilmalarning ko‘pligi bo‘lib, bu kasallikning patogenezini tushunishga yordam beradi, endometriy bez epiteliylarining miometriyga o‘sib kirish chuqurligi tadqiqotda o‘rganilgan materiallarda endometriyning miometriyga chuqur o‘sib kirish o‘choqlari o‘rtacha 9,55±15,6 mmni tashkil qilishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining muofiqlashtirilgan ekspert kengashi 2024 yil 13-maydagi №05-24/319-t sonli qarori bilan tasdiqlangan “Adenomiozni noinvaziv erta diagnostika usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi va Toshkent shahar 5-son Tug‘ruq kompleksi 10.07.2024 yildagi №73-sonli va RIO va BSIATM Xorazm viloyati filialining 9.07.2024 yildagi №87-sonli buyruqlari asosida amaliyotga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy–texnik kengashining 10.12.2024 yildagi №10/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli sabablarga ko‘ra qon ketishlar, endometriyning adenomatoz giperplaziyasida va boshqa sabablar amputatsiya qilingan bachadon to‘qimasi morfologik usulda o‘rganilgan ushbu taqiqot kasallikning patogenetik jihatlarini o‘rganish, tashxislash va davolashda yangi usullarni ishlab chiqishga imkoniyat bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda adenomioz kasaliligini UTT, Doppler, funksional stress test, biokimyoviy usullar kasallikga erta noinvaziv aniq tashxis qo‘yish mezonini ishlab chiqish orqali 125 nafar bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun umumiy hisobda byudjetdan tashqari 64750000 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bachadonni morfometrik o‘rganish orkali bachadonning “o‘tish zonasi” patogenetik jihatlarini ochib bergan va ushbu usul har bir bemor uchun o‘rtacha 518000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: adenomiozda endometriydagi antiangiogen va proangiogen o‘sish omillari o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida angiogenezning avtokrin regulyasiyasidagi o‘zgarishlar va qon tomirlarining proliferativ faolligning oshishi kuzatilgan, shuning uchun adenomiozda mahalliy angiogenez bemorlarda VGEF A konsentratsiyasining oshishi I darajali adenomiozda (102,5 ± 10,1 pg/ml) va nazorat guruhida normal ko‘rsatkichlar (54,3 ± 12,5 pg/ml) statistik jihatdan sezilarli darajada yuqori (p<0,05) bo‘lib, bu angiogenezning avtokrin regulyasiyasidagi o‘zgarishlarni va qon tomir faolligining oshishini isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining muofiqlashtirilgan ekspert kengashi 2024 yil 13-maydagi №05-24/319-t sonli qarori bilan tasdiqlangan “Adenomiozni noinvaziv erta diagnostika usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi va Toshkent shahar 5-son Tug‘ruq kompleksi 10.07.2024 yildagi №73-sonli va RIO va BSIATM Xorazm viloyati filialining 9.07.2024 yildagi №87-sonli buyruqlari asosida amaliyotga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy–texnik kengashining 10.12.2024 yildagi №10/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunoferment tekshiruv uchun biomaterial bachadon bo‘yni shillig‘idan olingan, ushbu usul og‘riqsiz, infeksiya yuqish ehtimoli yo‘q, noinvaziv, adenomioz bilan og‘rigan bemorlarda mahalliy angiogenez holatini baholashda VGEF A konsentratsiyasi 1-klinik guruhda 4-guruhdagi (nazorat-1) me’yoriy ko‘rsatkichlarga nisbatan 1,88 martaga oshganligi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda adenomioz kasaliligini UTT, Doppler, funksional stress test, biokimyoviy usullar kasallikga erta noinvaziv aniq tashxis qo‘yish mezonini ishlab chiqish orqali 125 nafar bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun umumiy hisobda byudjetdan tashqari 64750000 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: VGEF A ni bachadon bo‘yni shillig‘idan aniqlash adenomiozli bemorlarda mahalliy angiogenez holatini baholashda VGEF A konsentratsiyasining sezilarli darajada oshishi dastlab 1-klinik guruhda (102,5 ± 10,1 pg/ml) bo‘lib, 4-guruh (nazorat-1) me’yoriy ko‘rsatkichlar (54,3 ± 12,5 pg/ml) statistik jihatdan sezilarli darajada oshganligi aniqlangan, ushbu ko‘rsatkich yuqori aniqlikka egaligi sababli amaliyotga keng tadbiq etish va har bir bemor uchun o‘rtacha 518000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish