Bakirova Moxira Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 kasalligini o‘tkazgan bolalarda tiklanish davrining xususiyatlari va gemostaz tizimi holati», 14.00.09 – «Pediatriya» (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1897.
Ilmiy rtahbar: Bobomuratov Turdiqul Akromovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/07.06.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Shohizirova Iroda Jabborovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shamsiev Furqat Muhitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus kasalligini o‘tkazgan bolalarda tiklanish davrining klinik kechishi va gemostaz tizimi o‘zgarishlarining xususiyatlarini hamda reabilitatsiya chora-tadbirlarini klinik samaradorligini baxolash va takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
retrospektiv va prospektiv tahlillarga asosan COVID-19 kasalligini og‘ir o‘tkazgan bolalarning erta tiklanish davrida aksariyat klinik belgilarini (quruq yutal, taxikardiya, ko‘krak qafasida noxushlik, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, kognetiv buzilishlar) saqlanib qolganligi orqali yallig‘lanish jarayonining to‘liq tugamaganligi isbotlangan;
COVID-19 kasalligini o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni erta tashxislash natijasida sezilarli o‘zgarishlardan (27,8%) giperkoagulyasiya (22,4%) va gipokoagulyasiya (5,4%) aniqlanib, ushbu o‘zgarishlarni kasallikning og‘ir o‘tkazganligi, fon kasalliklari, shuningdek mavsumiy omillarga bog‘liqligi, yoz va kuz oylarida trombotik xavfning yuqorili ekanligi isbotlangan;
COVID-19 kasalligi o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida  gemostaz tizimida kompensatsion-adaptiv mexanizmlarning faollashganligi natijasida giperkoagulyasiya holatini saqlanib turishi:  fibrinogen miqdorining 1,2 barobarga,  eruvchi fibrin monomer kompleksi va D-dimer miqdorining 3,5 va 4,8 marta oshganligi natijasida qonni tezda quyuqlashining yuzaga kelishi va tromb hosil bo‘lishi, shuningdek mirkrotsirkulyasiyaning buzilishi isbotlangan;
bolalarda COVID-19 kasalligidan tiklanish davrida gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari (fibrinogen, D-dimer, qisman faollashtirilgan tromboplastin, tromboplastin vaqti) va yallig‘lanish markyorlari (IL-6, IL-1β darajasi) o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
COVID-19 kasalligini o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida gemostaz tizimini korreksiyalash maqsadida gemostaz tizimini o‘zgarishlarini bashoratlash va giperkoagulyasiya hamda mikrotrombozlar oldini olishga mo‘ljallangan nazorat qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 kasalligini o‘tkazgan bolalarda tiklanish davrining xususiyatlari va gemostaz tizimi holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: retrospektiv va prospektiv tahlillarga asosan COVID-19 kasalligini og‘ir o‘tkazgan bolalarning erta tiklanish davrida aksariyat klinik belgilarini (quruq yutal, taxikardiya, ko‘krak qafasida noxushlik, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, kognetiv buzilishlar) saqlanib qolganligi orqali yallig‘lanish jarayonining to‘liq tugamaganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvardagi 01-25/470-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda COVID-19 kasalligidan so‘ng tiklanish davrida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni tashhislash usuli, reabilitatsiyasini optimallashtirish va prognostik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 21-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 165-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda COVID-19 kasalligini klinik ko‘rinishlarini retrospektiv va prospektiv tahlilini o‘rganish turli yoshdagi bolalarda infeksiyadan erta tiklanish davrida  spesifik xususiyatlarini aniqlashtirish va erta tashxis qo‘yish uchun klinik indikatorlarni aniqrok belgilash va o‘z vaqtida davolashni boshlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda COVID-19ning klinik xususiyatlarini kompleks retrospektiv tahlilini o‘rganishga bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 112045 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan, umumiy 129 nafar bemor bolalar uchun hisoblanganda 14453805 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bolalarda COVID-19ning klinik xususiyatlarini kompleks retrospektiv tahlilini o‘rganishga har bir bemor uchun byudjetdan tejalgan mablag‘lar 112045 so‘mni tashkil etgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 kasalligini o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni erta tashxislash natijasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlardan, giperkoagulyasiya, gipokoagulyasiya, kasallikning og‘ir o‘tkazganligi, fon kasalliklari hamda mavsumiy omillarga bog‘liqligining tahlillarida yoz va kuz oylarida trombotik xavfning yuqoriligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvardagi 01-25/470-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda COVID-19 kasalligidan so‘ng tiklanish davrida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni tashhislash usuli, reabilitatsiyasini optimallashtirish va prognostik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 21-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 165-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 kasalligini o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni erta tashxislash natijasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlardan, giperkoagulyasiya, gipokoagulyasiya, kasallikning og‘ir o‘tkazganligi, bolalar organizmida  qayt qilingan siptomatik xastaliklar hamda kasallikning mavsumga bog‘liqligi, yoz va kuz oylarida trombotik xavf yuqoriligi hisobiga ushbu oylarda  holatini samarali tahlil qilish orqali o‘ziga xos davolash tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 kasalligini o‘tkazgan bolalarning salomatlik holatidagi o‘zgarishlar xastalikni tiklanish davrida gemostaz tizimi o‘zgarishlarini o‘z vaqtida tekshirish bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 455000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan, umumiy 129 nafar bemor bolalar uchun hisoblanganda 58695000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 dan keyin erta tiklanish davrida bolalarning klinik-laborator xususiyatlarini o‘z vaqtida tekshirish 1 nafar bemor hisobidan 455000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 kasalligi o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida  gemostaz tizimida kompensatsion-adaptiv mexanizmlarning faollashganligi natijasida giperkoagulyasiya holatini saqlanishi, qon zardobidagi fibrinogen miqdori oshishi, eruvchi fibrin monomer kompleksi va D-dimer miqdorining keskin oshganligi hisobiga trombin vaqtining qisqarishi natijasida qonini tezda quyuqlashining yuzaga kelishi va tromb hosil bo‘lishi, shuningdek mirkrotsirkulyasiyaning izdan chiqishiga sharoit yaratilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvardagi 01-25/470-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda COVID-19 kasalligidan so‘ng tiklanish davrida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni tashhislash usuli, reabilitatsiyasini optimallashtirish va prognostik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 21-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 165-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 kasalligi o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida  gemostaz tizimida kompensatsion-adaptiv mexanizmlarning faollashganligi natijasida giperkoagulyasiya holatini saqlanishi, qon zardobidagi fibrinogen miqdori oshishi, eruvchi fibrin monomer kompleksi va D-dimer miqdorining keskin oshganligi hisobiga trombin vaqtining qisqarishi natijasida qonini tezda quyuqlashining yuzaga kelishi va tromb hosil bo‘lishi, shuningdek mirkrotsirkulyasiyaning izdan chiqishiga sharoit yaratilishini samarali tashxislash va davolash taktikasini tanlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 kasalligi o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida  gemostaz tizimida kompensatsion-adaptiv mexanizmlarning faollashganligi natijasida giperkoagulyasiya holatini saqlanishi, qon zardobidagi fibrinogen miqdori oshishi, eruvchi fibrin monomer kompleksi va D-dimer miqdorining keskin oshganligi hisobiga trombin vaqtining qisqarishi natijasida qonini tezda quyuqlashining yuzaga kelishi va tromb hosil bo‘lishi, shuningdek mirkrotsirkulyasiyaning izdan chiqishini me’yorlashtirish uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 312200 so‘mga iqtisod qilish, 129 nafar bemor hisobiga 40273800 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida gemostaz tizimidagi kompensatsion-adaptiv mexanizmlarning faollashganligini baholash maqsadida  bir nafar bemor uchun byudjetdan tejalgan mablag‘lar 312200 so‘mni tashkil etgan; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda COVID-19 kasalligidan tiklanish davrida gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari (fibrinogen, D-dimer, qisman faollashtirilgan tromboplastin, tromboplastin vaqt) va yallig‘lanish markyorlari (IL-6, IL-1β darajasi) o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi natijasida bolalarda ushbu kasallikdan tuzalish davrida ham yallig‘lanish jarayonining tugamaganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvardagi 01-25/470-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda COVID-19 kasalligidan so‘ng tiklanish davrida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni tashhislash usuli, reabilitatsiyasini optimallashtirish va prognostik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 21-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 165-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan xastalangan bolalarda asoratlarning oldini olish va davolashga differensial yondashuvni ta’minlash uchun umumiy qonning biokimyoviy, immunologik (IL-6, IL-1β) va gemostazologik fibrinogen, trmboplastin vaqti, xalqaro moslashtirilgan nisbat, qisman faoolashtirilgan troboplastin vaqti, protrombin vaqti, eruvchi fibrinmonomer kompleksi, D-dimer tahlili natijalariga bog‘liqligi baholash orqali yallig‘lanish markyorlarini tahlilini o‘rganish ushbu yosh guruhidagi infeksiya kechishining spesifik xususiyatlarini aniqlashtirish va postkovid sindromlarni uchrash aniqroq belgilash va o‘z vaqtida davolash taktikasini tanlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda COVID-19ning yallig‘lanish markyorlarini erta aniqlash orqali bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 342562 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan, umumiy 129 nafar bemor bolalar uchun hisoblanganda 44190498 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bolalarda COVID-19ning yallig‘lanish markyorlarini erta aniqlash orqali bir nafar bemor hisobiga byudjetdan tejalgan mablag‘lar 342562 so‘mni tashkil etgan. 
beshinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bolalarning tiklanish davrida gemostaz tizimini korreksiyalash maqsadida gemostaz tizimini o‘zgarishlarini bashoratlash va giperkoagulyasiya hamda mikrotrombozlar oldini olishga mo‘ljallangan nazorat qilish algoritmi ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvardagi 01-25/470-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda COVID-19 kasalligidan so‘ng tiklanish davrida gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni tashhislash usuli, reabilitatsiyasini optimallashtirish va prognostik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 21-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi bo‘yicha 13.02.2025 yildagi 165-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish uchun maxsus prognostik algoritmlar ishlab chiqilgan.  Covid-19 kasalligidan so‘ng gemostaz tizimi buzilishlari sababli kelib chiqadigan asoratlarni rivojlanishini oldini olish hamda bemorlarni statsionar yoki ambulator tizimda davolashni bashoratlash samaradorligini oshirishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish uchun maxsus prognostik algoritmlar ishlab chiqilgan algoritmi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 25%ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bolalarni reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish maqsadida tiklanish davrida gemostaz tizimi o‘zgarishlarini tashxislash va bashorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmi har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 25 %ga tejashga yordam bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish