Ochilov Olmos Ikrom o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson kapitaliga investisiyalar hisobi va tahlili metodologiyasini takomillashtirish” 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt355
Ilmiy maslahatchi: Isroilov Bohodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda inson kapitali va unga qilingan investisiyalar hisobi hamda tahlili metodologiyasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hisob siyosatiga 0450-“inson kapitali”, 0550-“inson kapitali amortizatsiyasi”, 0870-“inson kapitaliga uzoq muddatli investisiyalar”, 3300-“inson kapitaliga qisqa muddatli investisiyalar”, 9440-“inson kapitaliga qilingan joriy xarajatlar” schyotlarini kiritish asosida inson kapitali va unga qilingan investisiyalarga oid tizimli axborotlarni shakllantirish asoslangan;
moliyaviy axborotlar shaffofligi va ommabopligini ta’minlash maqsadida moliyaviy hisobotga inson kapitaliga oid qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni kiritish hamda ta’lim, salomatlik va madaniy kapitalga investisiyalar to‘g‘risidagi axborotlarni maxsus shakl orqali ochib berish asoslangan;
inson kapitaliga investisiyalarni moliyalashtirishning uzlyuksizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqsadli jamg‘arma tashkil etish zarurati asoslanib, uning mablag‘lari hisobini taqsimlanmagan foydadan ajratma qilinganda bevosita, joriy xarajatlar hisobidan rezerv orqali shakllanganda bilvosita usullarda yuritish va hisob-siyosatiga 8850-“inson kapitalini rivojlantirishni moliyalashtirish jamg‘armasiga maqsadli tushumlar” ishchi schyotini kiritish orqali mablag‘larni samarali boshqarish taklif etilgan;
moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarning o‘zaro bog‘langan va moslashuvchan axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish hamda inson kapitali va unga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni samarali boshqarish uchun moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat “Inson kapitali to‘g‘risida integratsiyalashgan hisobot”ni joriy etish orqali inson kapitaliga investisiyalar tahlilining axborot ta’minotini kengaytirish taklif etilgan;
inson kapitaliga investisiyalar samaradorligini to‘rt guruhdan iborat ko‘rsatkichlar tizimi asosida baholashning “yuqori samarali” (90-100 ball), “samarali” (75-89 ball), “etarli darajada samarali” (55-74 ball), “past samarali” (41-54 ball), “samarasiz” (0-40 ball) mezonlarini ishlab chiqish orqali kompleks tahlil uslubiyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda inson kapitaliga investisiyalar hisobi va tahlili metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hisob siyosatiga 0450-“inson kapitali”, 0550-“inson kapitali amortizatsiyasi”, 0870-“inson kapitaliga uzoq muddatli investisiyalar”, 3300-“inson kapitaliga qisqa muddatli investisiyalar”, 9440-“inson kapitaliga qilingan joriy xarajatlar” schyotlarini kiritish asosida inson kapitali va unga qilingan investisiyalarga oid tizimli axborotlarni shakllantirish taklifi inson kapitali va unga qilingan investisiyalarni analitik va sintetik hisobini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 31-yanvardagi 06/27-05/606-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil 16-sentyabrdagi 08-09-3-563-son, “Andijondonmahsulot” AJning 2025-yil 3-fevraldagi 01/14-112-son va “Toshkentvino kombinati” AJning 2025-yil 5-fevraldagi 02/92-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi inson kapitali va unga qilingan investisiyalarni turlari bo‘yicha ishonchli va tizimli axborotlar oqimini uzlyuksiz shakllantirishga xizmat qilgan;
moliyaviy axborotlar shaffofligi va ommabopligini ta’minlash maqsadida moliyaviy hisobotga inson kapitaliga oid qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni kiritish hamda ta’lim, salomatlik va madaniy kapitalga investisiyalar to‘g‘risidagi axborotlarni maxsus shakl orqali ochib berish taklifi xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobot va unga ilovalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 31-yanvardagi 06/27-05/606-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil 16-sentyabrdagi 08-09-3-563-son, “Andijondonmahsulot” AJning 2025-yil 3-fevraldagi 01/14-112-son va “Toshkentvino kombinati” AJning 2025-yil 5-fevraldagi 02/92-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida axborot foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot axborotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ko‘proq qondirish, ularning shaffofligi va ommabopligini ta’minlash, korxonaning investisiyaviy jozibadorligi va biznes obro‘sini oshirishga erishilgan;
inson kapitaliga investisiyalarni moliyalashtirishning uzlyuksizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqsadli jamg‘arma tashkil etish zarurati asoslanib, uning mablag‘lari hisobini taqsimlanmagan foydadan ajratma qilinganda bevosita, joriy xarajatlar hisobidan rezerv orqali shakllanganda bilvosita usullarda yuritish va hisob-siyosatiga 8850-“inson kapitalini rivojlantirishni moliyalashtirish jamg‘armasiga maqsadli tushumlar” ishchi schyotini kiritish orqali mablag‘larni samarali boshqarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining nizomlari, buyruqlari va uslubiy tavsiyalariga hamda aksiyadorlik jamiyatlarining ta’sischilar umumiy yig‘ilish qarorlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 31-yanvardagi 06/27-05/606-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil 16-sentyabrdagi 08-09-3-563-son, “Andijondonmahsulot”AJning 2025-yil 3-fevraldagi 01/14-112-son va “Toshkentvino kombinati” AJning 2025-yil 5-fevraldagi 02/92-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy qilinishi inson kapitalini rivojlantirishga investisiyalarni moliyalashtirish manbalarining barqaror shakllanishi va manzilli yo‘naltirilishini ta’minlashga xizmat qilgan. Shuningdek, inson kapitalini rivojlantirishga investisiyalarni jamg‘arma tashkil etish orqali moliyalashtirilishi natijasida ushbu maqsaddagi mablag‘lar hajmi “Toshkentvino kombinati” AJda 7,3 foizga, “O‘zbekneftgaz” AJda 3,7 foizga oshirilgan.
moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarning o‘zaro bog‘langan va moslashuvchan axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish hamda inson kapitali va unga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni samarali boshqarish uchun moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat “Inson kapitali to‘g‘risida integratsiyalashgan hisobot”ni joriy etish orqali inson kapitaliga investisiyalar tahlilining axborot ta’minotini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxonalar, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Andijondonmahsulot” AJ va “Toshkentvino kombinati” AJlar tomonidan boshqaruv hisobotlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 31-yanvardagi 06/27-05/606-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil 16-sentyabrdagi 08-09-3-563-son, “Andijondonmahsulot” AJning 2025-yil 3-fevraldagi 01/14-112-son va “Toshkentvino kombinati” AJning 2025-yil 5-fevraldagi 02/92-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi inson kapitali turlari, sifati, unga qilingan investisiyalar samaradorligi to‘g‘risida moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda inson kapitalini tahlil qilish va samarali boshqarishning axborot ta’minotini kengaytirishga xizmat qilgan. Shuningdek, investorlarning inson kapitali va unga qilingan investisiyalarga doir axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish darajasi oshgan, ichki nazorat tizimining yaxshilanishi natijasida inson kapitali sifati va inson resurslari bilan ta’minlanganlikni oshirishga erishilgan.
inson kapitaliga investisiyalar samaradorligini to‘rt guruhdan iborat ko‘rsatkichlar tizimi asosida baholashning “yuqori samarali” (90-100 ball), “samarali” (75-89 ball), “etarli darajada samarali” (55-74 ball), “past samarali” (41-54 ball), “samarasiz” (0-40 ball) mezonlarini ishlab chiqish orqali kompleks tahlil uslubiyotini takomillashtirish taklifi xo‘jalik yurituvchi subektlarda inson kapitaliga investisiyalar samaradorligini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 31-yanvardagi 06/27-05/606-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil 16-sentyabrdagi 08-09-3-563-son, “Andijondonmahsulot” AJning 2025-yil 3-fevraldagi 01/14-112-son va “Toshkentvino kombinati” AJning 2025-yil 5-fevraldagi 02/92-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy etilishi boshqaruv organlari tomonidan inson kapitalini rivojlantirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan strategik qarorlar qabul qilish va ushbu yo‘nalishga investisiyalarni faol jalb qilish imkonini bergan.