Juraeva Nodiraxon Fuzuliy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari kredit portfeli sifatini oshirish istiqbollari», 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/ Iqt4074.
Ilmiy rahbar: Azlarova Aziza Axrorovna iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobur Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ibodullaeva Ma’rifat To‘lqunovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: ATB Biznesni rivojlantirish banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari kredit portfeli sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari kredit portfeli sifatini oshirishni ta’minlovchi aktivlarning majburiyatlarga nisbatan o‘sishi (120% ≤ O‘AMN ≤ 140%) hamda kreditlarning depozitlarga nisbatan o‘sishi (250% ≤ O‘KDN ≤  300%)ning chegaraviy ko‘rsatkichlaridan foydalanish asoslangan;
tijorat banklari kredit portfelini turli makroiqtisodiy ssenariylar asosida stress-testdan o‘tkazish asosida yuqori to‘lovga layoqatsizlik xavfini aniqlash orqali yirik, kichik va o‘rta miqdordagi qarzlar bo‘yicha mavjud “zaif bo‘g‘inlar”ni aniqlash orqali bank foizli daromadlarini oshirish asoslangan;
tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilish bo‘yicha bank tomonidan kreditni qaytarish salohiyati yuqori bo‘lgan, kafolatli daromad manbasiga ega mijozlar uchun moslashtirilgan past spredli, avtomatlashtirilgan tartibdagi iste’mol va ipoteka kreditlarini joriy etish orqali umumiy portfeldagi past riskli aktivlar ulushini oshirish hamda muammoli kreditlar xavfini pasaytirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarining kredit portfeli sifatiga ta’sir etuvchi individual omillarni hisobga olgan holda yaratilgan ko‘p omilli ekonometrik model asosida O‘zbekiston tijorat banklari kredit resurslari hajmining 2028 - yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat bankining kredit portfeli sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari kredit portfeli sifatini oshirishni ta’minlovchi aktivlarning majburiyatlarga nisbatan o‘sishi (120% ≤ O‘AMN ≤ 140%) hamda kreditlarning depozitlarga nisbatan o‘sishi (250% ≤ O‘KDN ≤  300%)ning chegaraviy ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “Mikrokreditbank” ATBning kredit portfeli sifatini oshirish yo‘nalishida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024 - yil 17 - sentyabrdagi 08-04/3501-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi aktivlar va majburiyatlar hamda kreditlar va depozitlar nisbatini optimallashtirish orqali kredit portfeli sifatini oshirish imkonini bergan;
tijorat banklari kredit portfelini turli makroiqtisodiy ssenariylar asosida stress-testdan o‘tkazish asosida yuqori to‘lovga layoqatsizlik xavfini aniqlash orqali yirik, kichik va o‘rta miqdordagi qarzlar bo‘yicha mavjud “zaif bo‘g‘inlar”ni aniqlash orqali bank foizli daromadlarini oshirish taklifi “Mikrokreditbank” ATBning kredit portfeli sifatini oshirish yo‘nalishida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024 – yil - 17 sentyabrdagi 08-04/3501-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi tijorat bankining kredit portfeli sifatini oshirish bo‘yicha strategik reja vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilgan, bu esa bank foizli daromadlarining 14 foizga, kapitalining 3,6 foizga o‘sishiga olib kelgan;
tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilish bo‘yicha bank tomonidan kreditni qaytarish salohiyati yuqori bo‘lgan, kafolatli daromad manbasiga ega mijozlar uchun moslashtirilgan past spredli, avtomatlashtirilgan tartibdagi iste’mol va ipoteka kreditlarini joriy etish orqali umumiy portfeldagi past riskli aktivlar ulushini oshirish hamda muammoli kreditlar xavfini pasaytirish taklifi “Mikrokreditbank” ATBning kredit portfeli sifatini oshirish yo‘nalishida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024 - yil 17 - sentyabrdagi 08-04/3501-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi faoliyatni optimallashtirishning resurs va jarayon parametrlarini kiritish imkonini bergan, bu esa muammoli kreditlar ulushini 2,2%ga kamaytirish, aktivlar rentabelligini 5,4%ga oshirish imkonini bergan;
tijorat banklarining kredit portfeli sifatiga ta’sir etuvchi individual omillarni hisobga olgan holda yaratilgan ko‘p omilli ekonometrik model asosida O‘zbekiston tijorat banklari kredit resurslari hajmining 2028 - yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Mikrokreditbank” ATBning kredit portfeli sifatini oshirish yo‘nalishida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024 - yil 17 -  sentyabrdagi 08-04/3501-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi “Mikrokreditbank” ATBning kredit portfeli sifatini oshirish yo‘nalishida 2028 - yilgacha bo‘lgan rentabellik prognozini amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish