Ruzimuratov Olimjon Baxtiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining kredit portfelini boshqarishni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4724. 
Ilmiy rahbar: Po‘latov Muhiddin Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Haydarov Nizomiddin Hamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining kredit portfelini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kredit portfelini samarali boshqarishda kredit riski omili sifatida muammoli kreditlar ulushining oshishi 1 foiz bo‘lganda “meʼyor”, 2 foiz bo‘lganda “kichik stress”, 3 foiz bo‘lganda “stress”, 5 foiz bo‘lganda “katta stress” va 10 foiz bo‘lganda “inqiroz” deb tasniflash taklif etilgan;
kredit portfelini shakllantirishda garov qiymati etarliligini belgilash bo‘yicha diskont miqdorini noturar bino-inshootlar uchun kredit muddati 18 oygacha bo‘lganda 80 foiz, 5 yilgacha bo‘lganda 75 foiz va 5 yildan ortiq bo‘lganda 70 foiz etib belgilash taklif etilgan;
kredit portfelini shakllantirishda uch yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritib kelayotgan, ijobiy kredit tarixiga ega hamda asosiy hisobvaraqlaridagi oylik aylanmasi ajratilgan kredit summasining 1,5 barobaridan yuqori tushumga ega bo‘lgan mijozlarga ajratiladigan kreditlarni maqbul kreditlar toifasiga kiritish taklif etilgan;
kredit portfeli sifatini oshirishda kredit va unga hisoblangan foizlar to‘lovi oxirgi 3 oyda uzlyuksiz muddati o‘tkazilgan holatlarga yo‘l qo‘yilishi, biznes reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi 60 foizdan kam bo‘lganda inspeksion monitoringni amalga oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining kredit portfelini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kredit portfelini samarali boshqarishda kredit riski omili sifatida muammoli kreditlar ulushining oshishi 1 foiz bo‘lganda “meʼyor”, 2 foiz bo‘lganda “kichik stress”, 3 foiz bo‘lganda “stress”, 5 foiz bo‘lganda “katta stress” va 10 foiz bo‘lganda “inqiroz” deb tasniflash taklifi “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 28-avgustdagi 562-sonli “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida stress-test o‘tkazish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan.  (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 10-dekabrdagi 01-03/14665-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning stress-testdan o‘tkazish tizimi yanada takomillashgan, stress-test qilish modellari zamonaviylashgan, kredit riskini aniqlash tizimi mustahkamlangan. 2023-yilda bankning kredit portfeli 9 trln so‘mga yoki 17,98 foizga oshgan va 57124,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
kredit portfelini shakllantirishda garov qiymati etarliligini belgilash bo‘yicha diskont miqdorini noturar bino-inshootlar uchun kredit muddati 18 oygacha bo‘lganda 80 foiz, 5 yilgacha bo‘lganda 75 foiz va 5 yildan ortiq bo‘lganda 70 foiz etib belgilash taklifi “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 10-iyuldagi 138-sonli “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kredit ta’minoti bilan ishlash tartibi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 10-dekabrdagi 01-03/14665-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, garov qiymatini etarliligini belgilash bo‘yicha diskont miqdori ta’minot turi va kreditning muddatiga ko‘ra tasniflangan, moliyaviy instrumentlarni kredit ta’minoti sifatida qabul qilish bo‘yicha diskont miqdori aniqlashtirilgan. Shuningdek, 2023-yilda ko‘chmas mulkni garovga olgan holda kreditlash hajmi 138,1 foizga oshib, 15909,9 mlrd so‘mni tashkil etgan va noturar bino-inshootlar garovi ostida berilgan kreditlar 2837,0 mlrd so‘mga oshgan.
kredit portfelini shakllantirishda uch yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritib kelayotgan, ijobiy kredit tarixiga ega hamda asosiy hisobvaraqlaridagi oylik aylanmasi ajratilgan kredit summasining 1,5 barobaridan yuqori tushumga ega bo‘lgan mijozlarga ajratiladigan kreditlarni maqbul kreditlar toifasiga kiritish taklifi “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 5-martdagi 592-sonli “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 10-dekabrdagi 01-03/14665-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yilda korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar hajmi 43,2 foizga oshib, 21,8 trln so‘mni tashkil etgan.  
kredit portfeli sifatini oshirishda kredit va unga hisoblangan foizlar to‘lovi oxirgi 3 oyda uzlyuksiz muddati o‘tkazilgan holatlarga yo‘l qo‘yilishi, biznes reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi 60 foizdan kam bo‘lganda inspeksion monitoringni amalga oshirish taklifi “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha monitoring o‘tkazish tartibi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 10-dekabrdagi 01-03/14665-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2023-yilda bankning muammoli kreditlari hajmi oldingi yilga nisbatan 101 mlrd so‘mga kamaygan hamda muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 0,6 foiz bandga pasayib, 2,2 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish