Sadriddinova Latofat Husniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ”Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni takomillashtirish istiqbollari” 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Yu1489. 
Ilmiy rahbar: Suyunova Dilbar Joldasbaevna, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Tulaganova Gulchehra Zahitovna– yuridik fanlar doktori, professor;
 Kuchkarov Xayrulla Zikirillaevich – yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta ko‘rishda apellyatsiya instansiya sudining o‘rni va o‘ziga xos jihatlarini kompleks tahlil qilish, ayrim xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish orqali uning qo‘llanilish samaradorligini oshirishga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqish va ularni asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning shikoyat qilish huquqini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqib apellyatsiya tartibida shikoyat bermagan protsess ishtirokchisi, agar apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor xulosalar qilinmagan bo‘lsa, sud qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqini saqlab qolishi lozimligi asoslantirilgan;
apellyatsiya instansiya sudida qonuniy, asosli va adolatli hukm qabul qilish, shaxs huquq va manfaatlarini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish imkoniyatini oshirishga xizmat qilganligi sababli apellatsiya instansiya sudi apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ishning haqiqiy holatlari to‘liq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chog‘ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud bo‘lgan hamda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo‘yicha tekshirishi lozimligi asoslantirilgan;
jinoyat-protsessual qonunchiligimizda shaxs huquq va manfaatlari davlat, jamiyat manfaatlaridan ham ustunligidan kelib chiqib inson huquqlari ustuvorligini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqib sud jinoyat ishini apellatsiya tartibida ko‘rishda shikoyat (protest) vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki o‘ziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham to‘la hajmda tekshirishi lozimligi asoslantirilgan;
jinoyat ishini ko‘rish muddatini ayrim sabablarga ko‘ra uzaytirilish holatlarining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib apellatsiya tartibida ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan jinoyat ishini ko‘rib chiqish davomiyligi uni ko‘rib chiqish boshlangan kundan e’tiboran uch oydan oshmasligi kerak. Mazkur muddat ish murakkab bo‘lgan yoki uning hajmi katta bo‘lgan, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda, apellatsiya instansiya sudining ajrimiga ko‘ra ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin ekanligi asoslantirilgan;
jinoyat ishini apellyatsiya instansiya sudida ko‘rish doirasi kengligi va shaxs huquqlari va manfaatlarini ta’minlash jinoyat-protsessual qonunchiligining ustuvor vazifalaridan bir ekanligi sababli ba’zi mahkumlarga daxli bo‘lgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellatsiya shikoyati (protesti) biror sababga ko‘ra apellatsiya instansiya sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi ko‘rib bo‘linganidan keyin kelib tushsa yoki o‘tkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoxud qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rib chiqilganidan so‘ng kelib tushgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat (protest)ni ko‘rib chiqishi va u bo‘yicha hukm, ajrim chiqarishi shart ekanligi asoslantirilgan.
  IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
  Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni takomillashtirish istiqbollarini tadqiq etish natijalari asosida:
  apellyatsiya tartibida shikoyat bermagan protsess ishtirokchisi, agar apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor xulosalar qilinmagan bo‘lsa, sud qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqini saqlab qolishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 6-yanvar 08/11-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqini yanada samarali ta’minlashga xizmat qiladi;
  apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ishning haqiqiy holatlari to‘liq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chog‘ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud bo‘lgan hamda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirilgan                     dalillar bo‘yicha tekshiradi” taklifi O‘zbekistan Respublikasi 2023-yil 
27-sentyabrdagi 869-sonli “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va  adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksi 482-moddasining 1-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil                    23-iyundagi №3/dn-128-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida qayta ko‘rish jarayonida sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinishi uchun xizmat qiladi;
sud jinoyat ishini apellatsiya tartibida ko‘rishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki o‘ziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham to‘la hajmda tekshiradi” taklifi O‘zbekistan Respublikasi 2023-yil 27-sentyabrdagi 869-sonli “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati   bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksi 483-moddasining 1-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 23-iyundagi №3/dn-128-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida qayta ko‘rish jarayonida shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, qonuniy, asosli hamda adolatli qaror chiqarilishi uchun xizmat qiladi;
apellatsiya tartibida ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan jinoyat ishini ko‘rib chiqish davomiyligi uni ko‘rib chiqish boshlangan kundan e’tiboran uch oydan oshmasligi kerak. Mazkur muddat ish murakkab bo‘lgan yoki uning hajmi katta bo‘lgan, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda, apellatsiya, tartibida ko‘rib chiqayotgan sudning ajrimiga ko‘ra ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” taklifi O‘zbekistan Respublikasi 2023-yil 27-sentyabrdagi                   869-sonli “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksi 484-moddasining 5-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 23-iyun 3/dn-128-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida qayta ko‘rish jarayonining sababsiz cho‘zilib ketishi va mahkumning holatini og‘irlashtirilishini oldini olishga xizmat qiladi;
ba’zi mahkumlarga daxli bo‘lgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellatsiya shikoyati (protesti) biror sababga ko‘ra apellatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi ko‘rib bo‘linganidan keyin kelib tushsa yoki o‘tkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoxud qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rib chiqilganidan so‘ng kelib tushgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqishi va u bo‘yicha hukm, ajrim chiqarishi shart” taklifi O‘zbekistan Respublikasi 2023-yil 27-sentyabrdagi  869-sonli “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksi 49735-moddasining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil  23-iyundagi 3/dn-128-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida qayta ko‘rish jarayonida protsess ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish