Yuldasheva Dilorom Shaxzod qizining
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Raqamli marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish (Bank xizmatlari bozori misolida)”, 08.00.11-“Marketing”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B20235.1.PhD/Iqt5171.
Ilmiy rahbari: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Murod Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mamurov Samadjon Igamnazarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda raqamli marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “zamonaviy marketing strategiyalari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bozordagi raqobat ustunligini ta’minlash, iste’molchilar bilan emotsional va interaktiv aloqalarni shakllantirish, innovatsion va moslashuvchan qarorlar qabul qilish imkonini beradigan, natijadorlik va mijozlar qiymatini maksimallashtirishga yoʻnaltirilgan kompleks yondashuv asosida takomillashtirilgan;
bank xizmatlari bozorida mijozlar xatti-harakati va ehtiyojlarini tahlil qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari asosida maqsadli segmentlashning intellektual klasterlash modeli orqali bank mijozlarini profillashtirish aniqligini oshirish chegarasi (35 ≤ PABM ≤ 40%) asoslangan;
ommaviy personallashtirish usulini raqamli marketingni joriy etish orqali mijozlar bilan interaktiv va emotsional aloqalarni yoʻlga qo‘yish imkonini beradigan innovatsion yondashuvga ko‘ra bank xizmatlaridan foydalanish darajasini 15-18%ga qadar oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida raqamli marketingdan samarali foydalanish natijasida bankning kreditlari, depozitlari va foyda ko‘rsatkichlarini modellashtirish asosida “O‘zmilliybank” asosiy faoliyatining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda raqamli marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “zamonaviy marketing strategiyalari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bozordagi raqobat ustunligini ta’minlash, iste’molchilar bilan emotsional va interaktiv aloqalarni shakllantirish, innovatsion va moslashuvchan qarorlar qabul qilish imkonini beradigan, natijadorlik va mijozlar qiymatini maksimallashtirishga yoʻnaltirilgan kompleks yondashuv asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketing (2-modul “Brand management” fani asosida)” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 29 maydagi 194-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda raqamli texnologiyalar, iste’molchilar xulq-atvori, katta ma’lumotlar va bozor dinamikasiga oid ma’lumotlar asosida mijozlarni segmentatsiya qilish va samarali marketing strategiyalari haqida aniq ma’lumotlar olish imkonini beruvchi tizim sifatidagi “zamonaviy marketing strategiyalari” tushunchasi to‘g‘risida yanada kengroq bilim va ko‘nikmalar shakllantirish imkoni yaratilgan; 
bank xizmatlari bozorida mijozlar xatti-harakati va ehtiyojlarini tahlil qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari asosida maqsadli segmentlashning intellektual klasterlash modeli orqali bank mijozlarini profillashtirish aniqligini oshirish chegarasi (35 ≤ PABM ≤ 40%) asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki AJ 2025 yil 28 martdagi № 26/1-468 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJning marketing xizmatlaridan foydalanish samaradorligini 17,4 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
ommaviy personallashtirish usulini raqamli marketingni joriy etish orqali mijozlar bilan interaktiv va emotsional aloqalarni yoʻlga qo‘yish imkonini beradigan innovatsion yondashuvga ko‘ra bank xizmatlaridan foydalanish darajasini 15-18%ga qadar oshirish taklifi asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki AJ 2025 yil 28 martdagi № 26/1-468 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJ ga  mijozlar oqimini  10,2 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklarida raqamli marketingdan samarali foydalanish natijasida bankning kreditlari, depozitlari va foyda ko‘rsatkichlarini modellashtirish asosida “O‘zmilliybank” asosiy faoliyatining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki AJ 2025 yil 12 fevraldagi № 261-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zmilliybank” AJ da strategik rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish