Karimova Latofat Sadullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intellektual kapitalni takror hosil qilish mexanizmini takomillashtirishning nazariy asoslari”, 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2081
Ilmiy rahbar: Mambetjanov Kaxramon Kurbandurdievich, professor, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Artikovich, professor, iqtisodiyot fanlari doktori;
Rasulova Dilfuza Valievna, professor, iqtisod fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Mamlakatda intellektual kapitalni takror hosil qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “intellektual kapital” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning raqobatbardoshlik ustunligini ta'minlovchi bilim, tajriba, innovatsion salohiyat va tashkiliy qobiliyatlar majmuasini mehnat, tashkilot va mijozlar kapitali kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro samarali integratsiyasi orqali yangi qiymat yaratish, bozor qiymatini oshirish va strategik rivojlanishni ta'minlashga qaratilgan nodavlat resurs sifatida qayta ta'riflash orqali takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “intellektual kapitalni takror hosil qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni inson kapitali, tashkiliy bilimlar va innovatsion salohiyatni tizimli ravishda rivojlantirish, yangilash va ko‘paytirish orqali iqtisodiy sub'ektning bilimga asoslangan raqobatbardoshligini barqaror saqlab qolishga qaratilgan jarayonni zamonaviy iqtisodiyotda intellektual resurslarni strategik investisiya ob'ekti sifatida qarash yordamida qayta nazariy asoslash orqali takomillashtirilgan;
intellektual kapitalni takror hosil qilishning iqtisodiy mexanizmini “loyiha fabrikalari”ni tashkil etish orqali yosh olimlarning innovatsion g‘oyalarini “tayyor biznes”ga aylantirish va ularga zarur bo‘ladigan asosiy kapitalni uzoq muddatli foizsiz lizing asosida taqdim etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda intellektual kapitalning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning 2030-yilga qadar ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 “Intellektual kapital” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning raqobatbardoshlik ustunligini ta'minlovchi bilim, tajriba, innovatsion salohiyat va tashkiliy qobiliyatlar majmuasini mehnat, tashkilot va mijozlar kapitali kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro samarali integratsiyasi orqali yangi qiymat yaratish, bozor qiymatini oshirish va strategik rivojlanishni ta'minlashga oid nazariy va uslubiy takliflari  “Iqtisodiy siyosatga kirish” nomli innovatsion darslik tayyorlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 11-martdagi  97-sonli buyruqlari). Bu ilmiy natijalardan darslikda foydalanish bakalavriat va magistratura talabalarida “inson kapitali”, “intelllektual kapital” iqtisodiy kategoriyalarining mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
 “intellektual kapitalni takror hosil qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni inson kapitali, tashkiliy bilimlar va innovatsion salohiyatni tizimli ravishda rivojlantirish, yangilash va ko‘paytirish orqali iqtisodiy subektning bilimga asoslangan raqobatbardoshligini barqaror saqlab qolishga qaratilgan jarayonni zamonaviy iqtisodiyotda intellektual resurslarni strategik investisiya obekti sifatida qarash yordamida qayta nazariy asoslash orqali takomillashtirish usullari “Iqtisodiy siyosatga kirish” nomli innovatsion darslikda o‘z ifodasini topgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 11-martdagi  97-sonli buyruqlari). Ushbu taklifdan darslikda foydalanish bakalavriat va magistratura talabalarida “intellektual kapitalni takror hosil qilish” iqtisodiy kategoriyalarining mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan, intelektual kapitalni takror hosil qilish mexanizmi haqida ko‘nikmalar paydo bolishiga yordam beradi;
Intellektual kapitalni takror hosil qilishning iqtisodiy mexanizmini respublikada “loyiha fabrikalari”ni tashkil etib, yosh olimlar innovatsion gʼoyalarini “tayyor biznes”ga aylantirish hamda ularga zarur bo‘ladigan asosiy kapital xaridi uchun uzoq muddatli foizsiz lizing taqdim qilish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-maydagi 03/03-1400-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi “innovatsion startap markazlari” orqali sanoat zonalarida “tayyor biznes” korxonalarini ochish, yoshlarga uzoq muddatga foizsiz lizinglar taqdim etish natijasida intellektual kapitalni takror hosil qilish jarayonlarining jadallashishiga xizmat qiladi; 
O‘zbekistonda intellektual kapitalning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning 2030-yilga qadar ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. va undan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024 yil 13 martdagi 128-son “O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025 yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror ilovasining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16 maydagi 03/03-1400- sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy qilinishi davlat va xususiy sektor vakillarining ilmiy natija beruvchi loyihalarining maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga zamin yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish