Nematov Alisher Shermuxammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda Girshprung kasalligida qorin oraliq proktoplastikadan keyingi asoratlar sababi va ularni korreksiya qilish uslublari», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4738.
Ilmiy rahbar: Ollabergenov Odilbek Tojiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxtiyor Berdialievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sapaev Otabek Kodirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda Girshprung kasalligida operatsiyadan keyingi asoratlarni erta tashhislash va xirurgik korreksiya natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda Girshprung kasalligida qorin-oraliq proktoplastika natijalari etarli klinik materialda tahlil qilingan va operatsiyadan keyingi asoratlarning birlamchi bajarilagan usulga qarab asosiy sabablari – dastlabki korreksiya usulining asossiz tanlanganligi, taktik va operatsiya paytidagi xatoliklar xamda yo‘g‘on ichakning nosog‘lom qismini rezeksiya qilish orqali gipoganlioz sohaning qoldirilishi ekanligi aniqlangan;
Girshprung kasalligi qaytalanganda agangliozning qoldiq sohasini aniqlash uchun yo‘g‘on ichakning turli sohalaridan endoskopik biopsiyasi uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar  takomillashtirilgan;
bolalarda Girshprung kasalligida operatsiyadan keyingi asoratlarni tubdan rekonstruktiv korreksiya qilish usullarini tanlashda anorektal soha anatomik birligi va sfinkter-mushak majmuasini tiklashga qaratilgan aralashuvlar eng maqbul ekanligi asoslangan;
Girshprung kasalligi bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan takroriy rekonstruktiv korreksiya amaliyotlaridan so‘ng amalga oshiriladigan konservativ terapiya va reabilitatsiyaning individuallashtirilgan usullarining klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy – tadqiqot ishlarini natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda Girshprung kasalligida qorin-oraliq proktoplastika natijalari etarli klinik materialda tahlil qilingan va operatsiyadan keyingi asoratlarning birlamchi bajarilagan usulga qarab asosiy sabablari – dastlabki korreksiya usulining asossiz tanlanganligi, taktik va operatsiya paytidagi xatoliklar xamda yo‘g‘on ichakning nosog‘lom qismini rezeksiya qilish orqali gipoganlioz sohaning qoldirilishi ekanligi aniqlanganligi Respublika perinatal markaz Neonatal xirurgiya bo‘limi amaliyotiga direktorning 2025 yil 27 mart №122-sonli buyruq hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urgench filiali klinikasi Xirurgiya bo‘limi amaliyotiga Bosh shifokorning 2025 yil 27 martdagi 10-I-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan Girshprung kasalligida laparoskpopik zinapoyasimon biopsiya olish va tashhisni aniqlik darajasini oshiruvchi ball shkalasiga asoslangan dastur kasallikak to‘g‘ri tashhis qo‘yishga va ichak rezeksiya ko‘lamini to‘g‘ri aniqlashga imkon yaratgan, bu orqali operatsiya natijasini, xamda eng asosiysi hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik assistenlik orqali Swenson usulida aganglionar sohasini rezeksiya qilish, Girshprung kasalligining rektal va rektosigmoid shakllarida 17 (7,4%) nafar bemorlarda birlamchi operatsiya sifatida amalga oshirilgan. Yo‘g‘on ichak rekzeksiya ko‘lamini aniqlashda zinapchsimon biopsiya natijalariga asoslanib normoganlioz sohaga aniqlik kiritilgan. Ushbu bemorlarda o‘tkazilgan operatsiyalar natijasida normal defekatsiya harakati tiklanishiga, ularning jamiyatdagi ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga erishilgan. Xulosa: shunday qilib Girshprung kasalligida operatsiyadan keyingi asoratlar foizini kamaytirish uchun operatsiya usuli to‘g‘ri tanlanishi va rezeksiya ko‘lamini aniqlash uchun zinapoyasimon biopsiya olish shart va zarurligi ilmiy asoslangan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: Girshprung kasalligi qaytalanganda agangliozning qoldiq sohasini aniqlash uchun yo‘g‘on ichakning turli sohalaridan endoskopik biopsiyasi uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar takomillashtirilganligi Respublika perinatal markaz Neonatal xirurgiya bo‘limi amaliyotiga direktorning 2025 yil 27 mart №122-sonli buyruq hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urgench filiali klinikasi Xirurgiya bo‘limi amaliyotiga Bosh shifokorning 2025 yil 27 martdagi 10-I-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: laparoskopik assistentlik orqali amalga oshirilgan Swenson usuli bilan 17 nafar bemorda Girshprung kasalligi bartaraf etilgan bo‘lib, shundan 11,7% holatida ya’ni 1 nafar bemorda tushirilgan  ichak qisman retraksiyasi va 1 nafarida enterokolit alomatlari kuzatilgan. Qlingan konservativ davo choralari orqali bu asoratlar bartaraf etilgan va bemorlarning xayot sifati yaxshilanishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda laparoskopik asistentlik bilan bajarilgan operatsiyalardan keyin bemorlarning tez oyoqqa turishi, reanimatsiya bo‘limida uzoq qolib ketmasligi, o‘z navbatida kasalxonada o‘tkazilgan yotoq kunlarining o‘rtacha ko‘rsatkichini qisqarishiga va 10,45±0,59 yotoq kunni tashkil etishi aniqlandi. Qorin oraliq proktoplastika operatsiyalaridan keyin bu ko‘rsatkich 17,68±0,64 yotoq-kunni tashkil qildi. Kasalxonada bemorning 1 yotoq-kun uchun davolanish xarajati 133238 so‘mni tashkil etadi. laparoskopik asistentlik bilan bajarilgan operatsiyalardan keyin bemorlarning kasalxonada umumiy davolanish xarajatlari o‘rtacha - 10,45x133238=1392337 so‘mni, qorin oraliq proktoplastika operatsiyalaridan keyin esa - 17,68x133238=2355647 so‘mni tashkil etdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, asosiy guruhdagi 1 nafar bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 963210 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: shunday qilib, bolalarda Girshprung kasalligini davolashda minimal invaziv, xamda laparoskopik assistentlik orqali amalga oshirilgan qorin-oraliq proktoplastikalarga ustunlikka ega ekanligi isbotlangan, chunki kam shikastliligi, fiziologik aralashuv nuqtai nazaridan eng samarali hisoblanadi. Laparoskopik assistentlik orqali amalga oshirilgan Swenson usulining iqtisodiy samradorligi, eng avvalo kosmetik effektivligi, operatsiyadan keyingi asoratlar foizinng kamligi, bemorlarni statsionarda bo‘lish muddatini qisqarishi, ularning tez oyoqqa turishi kabi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. 
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda Girshprung kasalligida operatsiyadan keyingi asoratlarni tubdan rekonstruktiv korreksiya qilish usullarini tanlashda anorektal soha anatomik birligi va sfinkter-mushak majmuasini tiklashga qaratilgan aralashuvlar eng maqbul ekanligi asoslanganligi Respublika perinatal markaz Neonatal xirurgiya bo‘limi amaliyotiga direktorning 2025 yil 27 mart №122-sonli buyruq hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urgench filiali klinikasi Xirurgiya bo‘limi amaliyotiga Bosh shifokorning 2025 yil 27 martdagi 10-I-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatdagi natijalarni taxlil qilishda ishlab chiqilgan dastur asosida taxlil qilinganda: bolalarda Girshprung kasalligida operatsiyadan keyingi asoratlar xirurgik korreksiyasining natijasi taxlili, yaqin davrda 93,7% xoltalarda yaxshi va qoniqarli natija olinganini, uzoq muddatdagi davrda 87,4%  tashkil etganligi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda Girshprung kasalligida davolash natijalarini ball shkalasi bo‘yicha baholash dasturining afzal tomoni ushbu dasturdan foydalanishning qulayligi, dasturdan nafaqat shifikorlar balki bemorlarning ota-onalari xam o‘z mobil qurilmalariga o‘rnatib o‘z farzandida kuzatilayotgan simptomlarni belgilash orqali natijani taxlil qilishi mumkin. Bu orqali bemorga o‘z vaqtida ambulator yoki statsioanr davo o‘tkazish orqali bemoralarning xayot sifatini va turmush tarzini yaxshilash mumkin. Xulosa: O‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalar asoslangan xolda “Bolalarda Girshprung kasalligida davolash natijalarini ball shkalasi bo‘yicha baholash” nomli O‘zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligida 2025 yil 16 aprel sanasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan guvoxnoma olingan. Hozirgi sun’iy intelekt yaratish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar olib borilayotgan bir paytda, ushbu dasturning yaratilishi  bolalarda Girshprung kasalligini davo natijalarini to‘g‘ri va qisqa muddatlarda ball shkalasi yordamida baholash imkonini beradi. Baholash parametrida keltirilgan tekshirish usullari va bemorda kuzatilayotgan qabziyat, inkontinensiya yoki xayot tarzini qay darajada o‘zgarishini aniqlash va dasturga belgilash va natija tugmasini bosishning o‘zi kifoya. Dastur nafaqat bemorda operatsiya natijasini, balki keyingi qilinishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar rejasini tavsiya etadi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Girshprung kasalligi bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan takroriy rekonstruktiv korreksiya amaliyotlaridan so‘ng amalga oshiriladigan konservativ terapiya va reabilitatsiyaning individuallashtirilgan usullarining klinik samaradorligi isbotlanganligi Respublika perinatal markaz Neonatal xirurgiya bo‘limi amaliyotiga direktorning 2025 yil 27 mart №122-sonli buyruq hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urgench filiali klinikasi Xirurgiya bo‘limi amaliyotiga Bosh shifokorning 2025 yil 27 martdagi 10-I-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 38 nafar bemorlarda konservativ davo olib borishda “Bowel managmet” (University of Colorado School of Medicine. 2025) dan foydalangan xolda xar bir bemorga aniqlangan asoratlarning xarakteriga qarab individual tarzda davo ishlab chiqilgan. Ya’ni anastomoz soxasida 11 nafar bemorda stenoz aniqlangan, ushbu bemorlarga konservativ davolash chora-tadbirlar kompleksiga quyidagilar kiritilgan: anal teshik chandiqli torayishida kalibrlovchi bujlash (bujlash davomiyligi stenoz darajasi va uzunligiga bog‘liq), ich suruvchi vositalar yoshiga va bristol` shkalasi bo‘yicha 3 va4 tipdagi najas olgunga qadar dozalar individual tarzda olib borildi. Ushbu kompleks tarzda olib borilgan konservativ davo choralarini qo‘llash orqali bemorlar o‘zlarini jamiyatda erkin tutishiga va ijtimoiy moslashuvini yaxshilanishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: qayta korreksiyalovchi davo choralari o‘tkazilgan 98 nafar bemorlarning yaqin davr natijalari taxlil qilinganda quydagi natijalar olindi. 38 nafar konservativ davo olib borilgan bemorlarda to‘liq shifikor nazorati va ota-onalarga reabilitatsiya choralarni o‘z vaqtida olib borish lozimligi bo‘yicha tushinritish ishlari  olib borilganligi, davo o‘z vaqtida to‘g‘ri olib borlishi oqibatida 33 (86.8%) nafar bemorlarda yaxshi va qoniqarli natijalarga erishildi. 5 (13.2%) nafar bemorlarda qoniqarsiz natija sabalari, anastomoz sohasidagi stenozning bujlash orqali to‘liq bartaraf etilmaganligi, davom etuvchi enterokolit va surukali kolostaz ekanligi aniqlandi. Ushbu bemorlarga reabilitatsiya jarayonlarni davom ettirish lozim topilgan. Xulosa: shunday qilib, Girshprung kasalligida hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan konservativ terapiya va reabilitatsiya qilishning samarali kompleks usulini qo‘llash orqali yaqin va uzoq muddatdagi davrda yaxshi natijaga erishish mumkin. Shifokor va ota-onalarning bir olib boriladigan xamjixat xarakati orqali bemorlarni tez oradi normal xayot tarziga qaytarish mumkin va nogironlik foizini kamaytiish imkoniyatiga ega bo‘linadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish