Mamasolieva Malika Adxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tloqi-allyuvial tuproqlarda kremniy shakllari va ularning g‘o‘zaning abiotik va biotik stresslarga chidamliligini oshirishdagi roli (Buxoro viloyati Buxoro tumani tuproqlari misolida)», 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/B1292.
Ilmiy rahbar: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/5.05.2023.B/Qx.01.17.
Rasmiy opponentlar: Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Shadieva Nilufar Iskandarovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan o‘tloqi-alluvial tuproqlarda harakatchan kremniy shakllariga asoslangan “faol kremniy” miqdorini aniqlash, ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra tuproq tasniflarini va xaritalarini ishlab chiqish, abiotik va biotik stress ta’sirlarda kremniy preparatining g‘o‘za o‘simligiga nisbatan samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyati Buxoro tumani “Kunji Qala” massivi sharoitida tuproqning biologik faolligi, ekinlarning abiotik va biotik stresslarga chidamliligini oshirishda kremniyning funksional rolini aniqlash, baholash va optimallashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan strategiya ishlab chiqilgan;
ilk bor, hududning sug‘oriladigan o‘tloqi-alluvial tuproqlari misolida kremniyning amorf va mono-va poli shakllari va miqdori aniqlangan hamda ular asosida “faol kremniy” bilan ta’minlanganlik darajalariga ko‘ra tuproq ta’siniflari ishlab chiqilgan va geografik axborot tizimi (GAT) yordamida tuproqdagi kremniyning mavjud shakllarining kartografik modellashtirishning metodik asoslari yaratilgan;
hudud tuproqlarining agrokimyoviy, kimyoviy xossalari va biologik faollikning intensivligini ortishida kremniy ishiroki aniqlangan hamda ular orasidagi korrelativ bog‘liqliklarni biokimyoviy mexanizmlari ochib berilgan;
kremniy preparati tuproqning biologik faolligi, unumdorligi, oziqa elementlarining o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishdagi funksional ahamiyati asoslangan;
g‘o‘zaning abiotik va biotik stresslarga chidamliligini oshirishdagi preparatlar xususan, kremniy preparatini ta’sir mexanizmi biokimyoviy tahlillar bilan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning “faol kremniy” bilan ta’minlanishini hamda kremniy preparatlarini qo‘llanilishi bo‘yicha o‘rganilgan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
“O‘tloqi-alluvial tuproqlarda iqlim o‘zgarishi sharoitida g‘o‘zaning abiotik va biotik stressga chidamliligini oshirishga kremniy preparatlarini qo‘llash agrotadbiri” mavzusida tavsiyanoma Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika Agroxizmatlar markazining Buxoro viloyat agroxizmatlar markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazi 2025 yil 25 apreldagi 05/05-03-165-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma quruq iqlim va sho‘rlanish sharoitida tuproq-o‘simlik tizimini yaxshilashda, tuproq unumdorligini oshirish, o‘smlikning stressga chidamlilik mexanizmlari hamda iqlim o‘zgarishiga adaptatsiyasini shakllanishini ilmiy yondashuvlarini ishlab chiqish hamda kremniy preparatini qo‘llash imkoniyatni bergan;
Buxoro tumani Kunji Qala massiv sug‘oriladigan o‘tloqi-alluvial tuproqlarida amorf va harakatchan- mono-va polikremniy kislota shakllarini tarqalishi o‘rganilgan va “faol kremniy” bilan ta’minlanish darajasi asosida kremniy preparatlarini qo‘llash me’yorlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar, kremniy shakllari bo‘yicha 1:10000 masshtabli GAT texnologiyalari asosida kartografik modellar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Respublika Agroxizmatlar markazining Buxoro viloyat agroxizmatlar markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazi 2025 yil 25 apreldagi 05/05-03-165-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan kartografik materiallar massivdagi er foydalanuvchilarga, agroklasterlarga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladigan “faol kremniy” miqdori va tuproqning u bilan ta’minlanganlik darajasini inobatga olgan holda kremniy preparatlarini qo‘llash yo‘nalishlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishni, sug‘orish me’yorlarini hamda boshqa agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
sho‘rlanish stressi sharoitida sug‘oriladigan o‘tloqi-alluvial tuproqlarning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalari hamda biologik faolligi yaxshilanishida “faol kremniy”ning ishtiroki hamda ular orasidagi korrelyativ bog‘liqlik Buxoro viloyati Buxoro tumani “Kunji Qala” massivi “Rahmat Mirshod Avez” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazi 2025 yil 25 apreldagi 05/05-03-165-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududning degradatsiyaga uchragan tuproqlarining kompleks tizimi yaxshilanganligi aniqlangan, tuproqning yuqori qatlamida gumus miqdori 0,018 % ga, umumiy azot miqdori 0,019 % ga, harakatchan fosfor (P2O5) miqdori 1,9 mg/kg ga, almashinivchi kaliy (K2O) miqdori 20 mg/kg ga ortishiga shuningdek, tuproq unumdorlik holatini aks ettiruvchi mikrobiologik hamda fermentativ faolligini oshirish imkonini bergan;
Buxoro tumani Kunji Qala massivi “Rahmat Mirshod Avez” f/x ning 2 gektar dala maydonlarida etishtirilgan g‘o‘zaning Buxoro-8 navi chigitlarini unib chiqishi, o‘sish va rivojlanishi, morfo-fenologik ko‘rsatkichlarini yaxshilanishida abiotik va biotik stresslar ta’sirlarga chidamliligini oshirishda Aminosid-Aton va Bioazot xususan, Aminosid-Silicon preparatlarining ta’sir etish mexanizmi Buxoro viloyati Buxoro tumani “Kunji Qala” massivi “Rahmat Mirshod Avez” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilga etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazi 2025 yil 25 apreldagi 05/05-03-165-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarish sharoitida g‘o‘zaning hosildorligini ortishi hamda tola etilishi va sifatiga ta’sir etish mexanizmi aniqlangan va qo‘llangan preparatlar bo‘yicha hosildorlik, Aminosid-Atonda 43,8 s/ga, Bioazotda 42,6 s/ga hamda Aminosid-Silicon preparatida 46,2 s/ga oshib, nazoratga nisbatan 7,7 s/ga o‘sish imkonini bergan.