Boborajabov Baxodir Nasriddin o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatiluvchi modifikatsiyalangan bitum va u asosida polimer-bitum kompozitsiyalarini olish texnologiyasini yaratish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T875.
Ilmiy maslahatchi: Ibadullaev Axmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02.30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshitdin Muxtarovich, texnika fanlari doktori, professor; Ikramov Abduvahob Ikramovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyberdiev Abdusalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatishga mo‘ljallangan polimer-bitum kompozision ximoya qatlamlar va qoplamalarni olish tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bitum asosidagi kompozision ximoya qatlam va qoplamalarga tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatish uchun qo‘yilgan talablarga asosan mahalliy va ikkilamchi xomashyolar, rezina, kimyo-neft-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilaridan ingredientlar yaratilgan;
bitum asosidagi kompozision ximoya qatlam va qoplamalarga tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatish uchun qo‘yilgan talablarga asosan mahalliy va ikkilamchi xomashyolar - rezina, kimyo-neft-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilaridan tanlanilgan ingredientlarning fizik-kimyoviy xossalari va strukturasi aniqlangan;
yaratilgan ingredientlar bilan bitumlarni modifikatsiyalash miqdori va jarayoni, ularning fizik-kimyoviy xossalari va  strukturasi, qo‘llanilish joyi va sharoiti aniqlangan;
tanlanilgan ingredientlar va modifikatsiyalangan bitumni fizik-kimyoviy xossalari va miqdorini, ular asosida olingan polimer-bitum kompozision himoya qatlam va qoplama texnologik, reologik, fizik-mexanik, dinamik va ekspluatatsion xossalariga ta’siri aniqlangan;
modifikatsiyalangan bitum va tanlanilgan ingredientlar va ularning fizik-kimyoviy xossalariga binoan tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida qo‘llaniluvchi bitum kompozision qoplamalarga qo‘yilgan talablarga asosan, sovuqqa, issiqqa, edirilishga va dinamik kuchlarga chidamli tarmoqlangan strukturaga ega polimer-bitum kompozision ximoya qatlam va qoplama tarkibi yaratilgan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar - rezina, kimyo-neft-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilari va modifikatsiyalangan bitum asosida tarmoq-langan strukturaga ega polimer-bitum kompozision ximoya qatlam va qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modifikatsiyalangan bitumlar asosida tez o‘zgaruvchan ob-xavo sharoitida ishlatiluvchi polimer-bitum kompozisiyalar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy va ikkilamchi - rezina, kimyo, neft-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilari asosida ko‘p funksiyali ingredientlar va modifikatorlar olish texnologiyasi «BIRINCNI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MCHJXKning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («BIRINCNI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MCHJXKning 2025 yil 8 apreldagi 08/1-221-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy xomashyolar asosida ikkilamchi rezina maxsulot-lari asosida bitumlarni modifikatsiyalash uchun ingredientlar va ular asosida tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatiluvchi ximoya qatlam modifikatsiyalangan bitumlar olish imkonini beradi;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida himoya qatlam va qoplama bitumlarini modifikatsiyalash tarkibi va texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining bitum olish sexida va olingan modifikatsiyalangan bitum Farg‘ona yo‘l qurilish va ekspluatatsiya qilish davlat korxonasida amaliyotga joriy etilgan ( Farg’ona neftni qayta ishlash zavodining 2025 yil 13 martdagi 572/13-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, himoya qatlam va qoplama bitumlarini yopishqoqligini 23 % gacha, yumshash haroratini 107°S gacha,  oshirish, kristallanish haroratini -33°S gacha kamaytirish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan bitumlar, mahalliy va ikkilamchi organomineral xomashyolar asosida olingan polimer-bitum kompozision himoya qatlam qoplama «EM-DEP-SAK» MCHJ va «MIR MAX Industrial» MCHJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 26 maydagi 02/16-1720-son ma’lumotnomasi). Natijada, temir yo‘l, ko‘priklar, tunellar  va uylarni tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida tashqi agressiv muhitdan himoyalashni 2 barobarga yaxshilash imkonini bergan;
modifikatsiyalangan bitumlar, mahalliy va ikkilamchi organomineral xomashyolar asosida himoya qatlam va qoplama polimer-bitum kompozisiyalarini olish texnologiyalari va ishlatish usuli «MIR MAX Industrial» MCHJ, «EM-DEP-SAK» MCHJ va Farg‘ona yo‘l qurilish va ekspluatatsiya qilish davlat korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi «TRANSPORT ILMIY-TADQIQOT MARKAZI» MCHJning 2025 yil 26 maydagi 153-son ma’lumotnomasi). Natijada, tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida tashqi agressiv muhitdan himoyalash maqsadida ishlatiluvchi maxalliy xomashyolardan modifikatsiya-langan bitum va u asosida polimer-bitum kompozision ximoya qatlam va qoplamalar ishlab chiqarish, qo‘llash va ularning tan narxini 47% kamaytirish ishlatilish vaqtini 62,7 %ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish