Ulug‘ova Moxira Mo‘minovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Modifikatsiyalangan suvga chidamli kompozision gips materiallari va ulardan buyumlar olishning samarali tarkiblari va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5811.
Ilmiy rahbar: Talipov Nigmatulla Hamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganova Vasila Sunnatillaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Bekjanova Gulrux Baxtiyarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modifikatsiyalangan suvga chidamli kompozision gips materiallari va ulardan buyumlar olishning samarali tarkiblari va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gips bog‘lovchisi asosidagi kompozision materiallarni modifikatsiyalash orqali ikki gidratli gips bog‘lovchisini qotish jarayonida zich va mustaxkam tuzilishdagi strukturasini ta’minlaydigan kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanishning nazariy qoidalari aniqlangan;
mineral bog‘lovchi va ikkilamchi karbonat tarkibli mikroto‘ldiruvchi asosida bezak qurilish materiallari uchun mo‘ljallangan kompozision gips-karbonat materiallarni yaratishning asosiy prinsiplari shakllantirilgan;
modifikatsiyalangan suvga chidamli kompozision gips-karbonat bog‘lovchini qotish jarayonida gips bog‘lovchini strukturasida kristallar orasida g‘ovaklikning kamayishi ikki gidratli gipsni kristallarini yiriklashishi va ularning qurilish-texnik ko‘rsatkichlarining oshishi asoslangan;
superplastifikator ta’sirida ikki gidratli kal`siy sul`fatni eruvchanligini oshirish va gips-karbonat kompozision bog‘lovchini qotish tezligini va kurtak kristallarini hosil bo‘lishining xususiyatlari asoslangan;
modifikatsiyalangan suvga chidamli kompozision gips-karbonat materiallari va ular asosida ishlab chiqariladigan bezak osma shift gipsli plitalarni ishlab chiqarish uchun samarali tarkiblar va texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modifikatsiyalangan suvga chidamli kompozision gips materiallari va ulardan buyumlar olishning samarali tarkiblari va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida modifikatsiyalangan kompozision gipsli materiallarning yangi samarali tarkiblari “Centron” MChJ “Jizzax temir-beton buyumlari zavodi” AJning qurilish materiallarini ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining” 2025 yil 23 iyuldagi 02/15-2468-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaning bino va inshootlarini kapital ta’mirlashda qo‘llash va qurilish materiallariga bo‘lgan xarajatlar tan narxini 2 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolardan yaratilgan modifikatsiyalangan kompozision gipsli materiallar va buyumlar hamda ularni olish texnologiyasi “CENTRON” MChJ Jizzax temir-beton buyumlari zavodida modifikatsiyalangan kompozision gipsli materiallar va ular asosida pardozbop shift osma plitalari ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining” 2025 yil 23 iyuldagi 02/15-2468-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan gips-karbonat kompozisiyasi va ular asosidagi qurilish pardozlash shift osma gips plitalarining egilishdagi mustahkamlik xususiyatlarini 12-15% gacha oshirish imkonini bergan.