Ziyadullaev Quyoshbek Obloqul o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston florasidagi Draba L. (Brassicaceae) turkumi turlarining ekogeografik xususiyatlari va kamyob turlarning muhofazasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1015.
Ilmiy rahbar: Qodirov G‘ayrat O‘roqboevich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abduraimov Ozodbek Sultonqulovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasi tarkibidagi Draba turkumi turlarining taksonomik tarkibi, geografik tarqalishi va abiotik stresslarga chidamliligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Draba turkumining O‘zbekiston florasidagi tur tarkibi molekulyar-filogeniya va zamonaviy taksonomiya talablari asosida shakllantirildi va uchta ostturkum va 16 turdan iborat ekanligi aniqlangan;
Draba turkumi taksonomiyasida qo‘llanib kelingan an’anaviy hamda ilgari qo‘llanilmagan yangi morfologik belgilar uyg‘unligida O‘zbekiston florasidagi turlarning zamonaviy konspekti va aniqlagich kaliti yaratilgan;
yig‘ilgan boy empirik ma’lumotlarning puxta kameral tahlili asosida Draba kuramensis Yunusov ilk bor Oʻzbekiston florasi uchun yangi tur sifatida “O‘zbekiston florasi” ning Brassicaceae oilasiga bag‘ishlangan yangi nashriga kiritilgan;
Draba turkumiga mansub D. kuramensis, D. alberti, D. arseniewii, D. verna , D. minima, D. nemorosa, D. tibetica, D. huetii turlari uchun global iqlim o‘zgarishining bir nechta ssenariylari asosida kelajakda potensial tarqalish arealining raqamli xaritalari ishlab chiqilgan va ushbu ssenariylarga ta’sir etuvchi asosiy bioiqlim omillari baholangan;
Draba turkumning O‘zbekiston florasida keng tarqalgan D. alberti va D. arseniewii turlarining abiotik stresslarga chidamliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston florasida tarqalgan Draba turlarini o‘rganishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Draba turkum turlarining 1001 ta gerbariy namunalari asosidagi ma’lumotlar bazasi Bioxilma-xillik to‘g‘risidagi global ma’lumotlar tizimiga (www.gbif.org, GBIF) kiritilgan (Global bioxilma-xillik ma’lumotlar bazasi “Ecogeographic characteristics and protection of rare species of Draba (Brassicaceae) in the flora of Uzbekistan” 2024-yil 26 sentyabrdagi №16, guvohnomasi). Natijada, GBIF axborot portalida O‘zbekiston hududidagi Draba turkumi bazasini boyitishga xizmat qilgan, shuningdek, turlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda foydalanish imkonini bergan;
855 dan ortiq gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) ilmiy noyob obekti fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 14 noyabrdagi 4/1255-2532-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududidan yig‘ilgan turlarning yangi gerbariy namunalari noyob obektning O‘rta Osiyo bo‘limi kolleksiyasini boyitgan va turlarning taksonomiyasi, geografiyasi, ekologiyasi bo‘yicha olingan yangi ma’lumotlar hamda turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari O‘zbekiston florasining elektron ma’lumotlar bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish