Baratova Dilafruz Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noto‘liq oilalarda farzand tarbiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P582.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD 03/04.01.2025.P.190.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Manzura Naimovna, psixologiya fanlari nomzodi, professor, Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovna, psixologiya fanlari doktori(DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan o‘rganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noto‘liq oilalarda ona va bola munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ko‘ra yolg‘iz ayolning ruhiy holatini farzand dunyoqarashi, psixoemotsional rivojlanishi, oilaviy hayot haqidagi qarashlariga emotsional ta’siri tufayli onaning “men-ona” obrazi va farzandning “ideal ona” haqidagi tasavvurlarini o‘zaro ta’sirlashuviga bog‘liq kechinmalar ijtimoiy refleksiya negizida konstruktiv tus olishi asoslangan;
noto‘liq oilalarda farzand tarbiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlariga ko‘ra ayolning o‘zaro munosabatlar tizimida tutgan o‘rniga muvofiq qizlarda “nuklear”, “uyushqoq”, “hamfikrlilik” (egalitar) oila tiplari haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga olib kelishiga asoslanib onaning bolaga nisbatan simbioz munosabati affektiv-hissiy tajribalarining “lider ona” obrazi negizida individul refleksiyaga bog‘liq o‘zgarishi dalillangan;
noto‘liq oilalarda ona va bola orasidagi emotsional munosabatlar shaxslararo muloqotda ijtimoiy-masofa va “begonalashuv”ning mavjudligi, tengdoshlariga nisbatan avtoritar, xudbin va agressiyaning ustunligi tufayli ota obrazini ideallashtirish ta’siridagi ijtimoiy rollar bilan bog‘liq xavotirlanish hissini kuchli ifodalanishiga olib kelishi dalillangan;
yolg‘iz onaning farzand tarbiyasiga nisbatan simbiotik yondashuviga ko‘ra qizlardagi oilaviy hayot bilan bog‘liq tushunchalar ijtimoiy persepsiyaning selektivligi va ota obrazi haqidagi tasavvurlardagi individualikning shakllanishiga olib kelganligi tufayli bolaning shaxslararo munosabatlarda rolli kutilmalar tizimi bilan bog‘liq ijtimoiy-masofani saqlash va “begonalashuv”ning mavjudligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi noto‘liq oilalarda ona va bola munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ko‘ra yolg‘iz ayolning ruhiy holatini farzand dunyoqarashi, psixoemotsional rivojlanishi, oilaviy hayot haqidagi qarashlariga emotsional ta’siri tufayli onaning “men-ona” obrazi va farzandning “ideal ona” haqidagi tasavvurlarini o‘zaro ta’sirlashuviga bog‘liq kechinmalar ijtimoiy refleksiya negizida konstruktiv tus olishi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025 yil 3-martdagi PM-318-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan .(Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-318a-son ma’lumotnomasi). Natijada onalarning bolalarning shaxsiga pozitiv ta’siri samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy-psixologik treninglar dasturi ishlab chiqilganligi, noto‘liq oilalarda farzand tarbiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shakillanishiga ta’sir etuvchi qadryatlar tizimini o‘rganish imkoni kengaytirilgan;
noto‘liq oilalarda farzand tarbiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlariga ko‘ra ayolning o‘zaro munosabatlar tizimida tutgan o‘rniga muvofiq qizlarda “nuklear”, “uyushqoq”, “hamfikrlilik” (egalitar) oila tiplari haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga olib kelishiga asoslanib onaning bolaga nisbatan simbioz munosabati affektiv-hissiy tajribalarining “lider ona” obrazi negizida individul refleksiyaga bog‘liq o‘zgarishi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025 yil 3-martdagi PM-318-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 10- martdagi PM-318a-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar yuzasidan olingan natijalar maktab amaliyotchi psixologlari faoliyatiga joriy qilingan. Natijada noto‘liq oilalarda farzand tarbiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan bog‘liqligini o‘rganishga sharoit yaratilgan;
noto‘liq oilalarda ona va bola orasidagi emotsional munosabatlar shaxslararo muloqotda ijtimoiy-masofa va “begonalashuv”ning mavjudligi, tengdoshlariga nisbatan avtoritar, xudbin va agressiyaning ustunligi tufayli ota obrazini ideallashtirish ta’siridagi ijtimoiy rollar bilan bog‘liq xavotirlanish hissini kuchli ifodalanishiga olib kelishi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025 yil 3-martdagi PM-318-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 10- martdagi PM-318a-son ma’lumotnomasi). Natijada noto‘liq oilalarda farzand tarbiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan bog‘liqligini o‘rganish samaradorligi oshgan;
yolg‘iz onaning farzand tarbiyasiga nisbatan simbiotik yondashuviga ko‘ra qizlardagi oilaviy hayot bilan bog‘liq tushunchalar ijtimoiy persepsiyaning selektivligi va ota obrazi haqidagi tasavvurlardagi individualikning shakllanishiga olib kelganligi tufayli bolaning shaxslararo munosabatlarda rolli kutilmalar tizimi bilan bog‘liq ijtimoiy-masofani saqlash va “begonalashuv”ning mavjudligi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025 yil 3-martdagi PM-318-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-318a-son ma’lumotnomasi). Natijada noto‘liq oilalarda farzand tarbiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bog‘liqligini aniqlashga erishilgan.