Muxamedov Baxrambek Ilamanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali virusli gepatit V va S bilan kasallangan bemorlarda jigardan tashqari dermatologik patologiyalarning epidemiologiyasi, klinik jixatlari va profilaktikasi”, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment; 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.DSc/Tib818.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikov Abdushukur Abdujamilevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Oxlopkov Vitaliy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomli Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 
Surunkali virusli gepatit V va S bilan kasallangan bemorlarda epidemiologik ko‘rsatkichlar, klinik belgilari va dermatologik patologiyaning biomarkerlarini o‘rganish orqali ushbu patologiyani aniq diagnostika qilish va samarali profilaktika usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virusli gepatit V va S bilan og‘rigan bemorlarda yuqori darajada jigardan tashqari dermatologik kasalliklarda xayot sifati mezonlari buyicha, davolashning tashkiliy-uslubiy jihatlari  asosida  klinik protokollarga dermatologik skriningni kiritish orkali takomillashtirilgan;
ilk bor virusli gepatit V va S xamda dermatologik patologiyalari bilan kasallangan bemorlar  funksional xolatini baxolashda ichak mikrobiomining disbiozi, ayniqsa anaerob va fakul`tativ flora balansi va atsetillash jarayonlarining turli fenotiplar bo‘yicha xamda dislipidemiya kursatkichlari (r=0,62)  o‘rtasidagi tugri proporsional bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor virusli gepatit V va S bilan ogrigan bemorlarda kallikrein-kinin tizimi faollashuvi va immun tizimining (FNO-b, IL-6, IL-10, gemostaz tizimi komponentlari) uzgarishlari bemorlarda kislotali sfingomielinaza va v-glyukotserabrozidaza fermentlarining tez buzilishiga, natijada epidermal to‘siqning o‘tkazuvchanligi izdan chikishi sababli dermatologik patologiyalarga olib kelishi isbotlangan;
virusli gepatit V va S bilan ogrigan bemorlarda davolash chora- tadbirlarini takomilashtirishga karatilgan “Probioker-AWL” probiotigini kullash, ichak mikroflorasini normallashtirish va disbiozni kamaytirish orkali  mikrob o‘sish sindromini bartaraf etishda samaradorligi isbotlangan;
virusli gepatit V va S bilan ogrigan xamda dermatologik kasalliklari bor bemorlarni gepatolog va dermatolog shifokorlar birgalikda olib borishi buyicha protokol takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichakdagi mikroblarning ortiqcha o‘sishi sindromini boshqarish, diagnostika qilish va qayta davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: virusli gepatit V va S bilan og‘rigan bemorlarda yuqori darajada jigardan tashqari dermatologik kasalliklarda xayot sifati mezonlari buyicha, davolashning tashkiliy-uslubiy jihatlari  asosida  klinik protokollarga dermatologik skriningni kiritish orkali takomillashtirilgan. 2024 yil 16 fevraldagi № 01/114 buyrug‘i bilan Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga va 2024 yil 12 yanvardagi № 374 buyrug‘i bilan Nurobod markaziy tuman shifoxonasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11-son bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tahlil virusli gepatitlarda surunkali dermatozlarning paydo bo‘lishining oldini olish va ularning sonini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oldini olish choralari ro‘yxati virusli gepatitlarda surunkali dermatozlarning uchrash chastotasini kamaytirish choralarini ko‘rishga imkon bergan, bu esa ularning terapiyasini optimallashtirishga va 100 bemor uchun 136627322 so‘m sarflangan diagnostika usuli uchun ortiqcha xarajatlarni tejashga imkon bergan. Xulosa: 1 bemor hisobiga 1366273 so‘m byudjet mablag‘lari tejalgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor virusli gepatit V va S xamda dermatologik patologiyalari bilan kasallangan bemorlar  funksional xolatini baxolashda ichak mikrobiomining disbiozi, ayniqsa anaerob va fakul`tativ flora balansi va atsetillash jarayonlarining turli fenotiplar bo‘yicha xamda dislipidemiya kursatkichlari (r=0,62)  o‘rtasidagi tugri proporsional bog‘liqlik isbotlangan va bu 2024 yil 16 fevraldagi № 01/114 buyrug‘i bilan Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga va 2024 yil 12 yanvardagi № 374 buyrug‘i bilan Nurobod markaziy tuman shifoxonasiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan tahliliy natijalar virusli gepatitlarda surunkali dermatozlar kechishini bashorat qilish uchun aniqlangan buzilishlardan foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oldini olish choralari ro‘yxati orqali virusli gepatitlarda surunkali dermatozlar kechishini bashorat qilish va ushbu patologikani davolashni takomillashtirishga imkon bergan, natijada 100 bemor uchun 136627322 so‘m sarflangan diagnostika usulidagi ortiqcha xarajatlar tejalgan. Xulosa: 1 bemor hisobiga 1366273 so‘m tejashga erishilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor virusli gepatit V va S bilan ogrigan bemorlarda kallikrein-kinin tizimi faollashuvi va immun tizimining (FNO-α, IL-6, IL-10, gemostaz tizimi komponentlari) uzgarishlari bemorlarda kislotali sfingomielinaza va β-glyukotserabrozidaza fermentlarining tez buzilishiga, natijada epidermal to‘siqning o‘tkazuvchanligi izdan chikishi sababli dermatologik patologiyalarga olib kelishi isbotlangan. 2023 yil 4 dekabrdagi № 38-1 buyrug‘i bilan Xorazm viloyati RIIADVKTM hududiy filiali va 2023 yil 6 iyundagi № 51/1 buyrug‘i bilan Buxoro viloyati RIIADVKTM hududiy filialida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni diagnostika va davolashda atsetillash turi va qon lipid darajasini hisobga olish orqali virusli gepatit fonida surunkali dermatozlarning rivojlanish ehtimolini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirish mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: 62 bemor uchun byudjetdan 11872650 so‘m tejashga erishilgan. Xulosa: 1 bemor hisobiga 118000 so‘m byudjet va 156780 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar tejalgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: virusli gepatit V va S bilan ogrigan bemorlarda davolash chora- tadbirlarini takomilashtirishga karatilgan “Probioker-AWL” probiotigini kullash, ichak mikroflorasini normallashtirish va disbiozni kamaytirish orkali  mikrob o‘sish sindromini bartaraf etishda samaradorligi isbotlangan. Ushbu ilmiy natijalar Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining 2024 yil 16 fevraldagi 01/114-sonli buyrug‘i va Nurobod tuman markaziy shifoxonasining 2024 yil 12 yanvardagi 374-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: S virusli gepatitlar fonidagi surunkali dermatozlar bilan og‘rigan bemorlarni davolashda teridagi belgilari og‘irlashish ehtimolini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash chora-tadbirlari virusli gepatitlar bilan og‘rigan 100 statsionar bemorda surunkali dermatozlarning klinik kechishini yaxshilashga yordam berib, 13662732 so‘m mablag‘ tejashga imkon bergan. Natijalar 180 kun davomida barqaror saqlangan. Xulosa: tadqiqot surunkali dermatozlarni zamonaviy va iqtisodiy jihatdan samarali usulda davolash samaradorligini oshirgan, davolash muddatini qisqartirgan va residivlarning oldini olgan, natijada 1 bemor hisobiga 1243000 so‘m tejashga olib kelgan;
beshinchi ilmiy yangilik: virusli gepatit V va S bilan ogrigan xamda dermatologik kasalliklari bor bemorlarni gepatolog va dermatolog shifokorlar birgalikda olib borishi buyicha protokol takomillashtirilgan. Ushbu ilmiy natijalar 2023 yil 4 dekabrdagi № 38-1 buyrug‘i bilan Xorazm viloyati RIIADVKTM hududiy filiali va 2023 yil 6 iyundagi № 51/1 buyrug‘i bilan Buxoro viloyati RIIADVKTM hududiy filialida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11-son bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: S virusli gepatitlar fonidagi surunkali dermatozlar bilan og‘rigan bemorlarni davolashda teridagi belgilari og‘irlashish ehtimolini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash chora-tadbirlari virusli gepatitlar bilan og‘rigan 100 statsionar bemorda surunkali dermatozlarning klinik kechishini yaxshilashga yordam berib, 13662732 so‘m mablag‘ tejashga imkon bergan. Natijalar 180 kun davomida barqaror saqlangan. Xulosa: tadqiqot surunkali dermatozlarni zamonaviy va iqtisodiy jihatdan samarali usulda davolash samaradorligini oshirgan, davolash muddatini qisqartirgan va residivlarning oldini olgan, natijada 1 bemor hisobiga 1243000 so‘m tejashga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish