Tashmatova Gulnara Rafailovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasini CLIL texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasi” (iqtisod yunalishi misolida) (“Metodika razvitiya professional`noy kommunikativnoy kompetensii studentov nefilologicheskix napravleniy na osnove texnologii CLIL” (na primere napravleniya ekonomiki) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi va nazariyasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.1.PhD/Ped9445.
Ilmiy rahbar: Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saydaliev Saidumar Saydalievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi CLIL texnologiyasi asosida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi iqtisod yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida CLIL texnologiyasi orqali kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tahliliy va tanqidiy fikrlashni faollashtirishga xizmat qiluvchi autentik materiallardan foydalanish hamda ingliz tilida iqtisodiy tushunchalarni kontekstual baholash asosida isbotlangan;
CLIL texnologiyasi til va fan mazmunining integratsiyasi hamda faol kognitiv faoliyatga asoslanganlik kabi didaktik xususiyatlarini hisobga olgan holda metakognitiv yondashuvning konseptual asoslari real hayotiylik, hamkorlikda ishlash kabi pragmatik o‘quv muhitining identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
iqtisod yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Step Up” metodikasi, “scaffolding” va “modelling” texnologiyalari asosida talabalarni loyihaviy ishlarini tashkil etish, baholash va yakuniy tahlil tarkibiy bosqichlarini vertikal integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda integrativlik, ko‘p vazifalilik, autentiklik va differensiallash tamoyillari orqali iqtisod yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar hamda integrativ o‘quv muhitini tashkil etish ko‘rsatkichlari interaktiv monitoring asosida takomillashtirilgan.
Ⅳ. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasini CLIL texnologiyasi asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishining tahlil natijalari asosida:
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida CLIL texnologiyasi orqali kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tahliliy va tanqidiy fikrlashni faollashtirishga xizmat qiluvchi autentik materiallardan foydalanish hamda ingliz tilida iqtisodiy tushunchalarni kontekstual baholashga doir xulosalar “Theory of economics” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 196489-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarning kasbiy kompetensiyasi rivojlantirilgan;
CLIL texnologiyasi til va fan mazmunining integratsiyasi hamda faol kognitiv faoliyatga asoslanganlik kabi didaktik xususiyatlarini hisobga olgan holda metakognitiv yondashuvning konseptual asoslarini real hayotiylik, hamkorlikda ishlash kabi pragmatik o‘quv muhitining identivligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Theory of economics” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 196489-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani baholash mezonida qo‘yilgan talablar asosida o‘rganganlik darajalari dinamikasi oshgan;
iqtisod yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Step Up” metodikasi, “scaffolding” va “modelling” texnologiyalari asosida talabalarni loyihaviy ishlarni tashkil etish, baholash va yakuniy tahlil tarkibiy bosqichlarini vertikal integratsiya qilishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 2024 yilda Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining “Xayrli kun” teledasturi va “Kun mavzusi” nomli radioeshittirishining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2024 yil 23 dekabrdagi 275-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar va radiotinglovchilar ta’limda CLIL texnologiyasining mohiyati va kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish usullari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.