Jabborova Dildora Zokirjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili darslarida talabalarga SMART texnologiyasi asosida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (tarix yo'nalishi misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslikligi bo‘yicha 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped310S
Ilmiy rahbar: Iminoxunova Iroda Xusainovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Fargona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09. raqamli Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Ahmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Jumanazarov Umidjon Umrzakovich
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Ingliz tili darslarida talabalarni SMART texnologiyasi asosida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
tarix yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasi komponentlari til bilish indikatorlarini rivojlantirish diagnostikasi lingvistik-fonetika, leksika, grammatika, nutqiy-gapirish, o‘qish, tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalarining amaliyotdagi mutanosibligi tizimli baholash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili o‘qitishda talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda mutaxassislik fanlarining adaptivligi, funksional aspektlarini asoslashga qaratilgan metodik shart – sharoitlari va didaktik manbalarini intensivligi asoslangan;
SMART texnologiyasi asosida o‘qitishda kasbiy terminlar qo‘llanilgan matinlar, interaktiv topshiriqlar, mashqlar, reseptiv nutqni ifoda etuvchi vaziyatlarni o‘qish va yozma muloqot jarayonida ichki integratsiyasini hisobga olgan holda talabalarda kasbga oid terminlarni o‘rganishda o‘qish va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlari fanga oid terminlarni vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan; 
ingliz tili mashg‘ulotlarida kasbiy kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan, bir vaqtning o‘zida o‘qish, tinglab tushunish, til o‘rganishda reseptiv nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beruvchi hamda individual hususiyatlari, mutahassislik fanlarining integratsion mazmuni o‘rtasidagi reproduktiv aloqadorligiga ko‘ra motiv va qiziqishlarini diagnostik qilishga yo‘naltirilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqlgan .
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini SMART texnologiyasiga doir ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tarix yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasi komponentlari til bilish indikatorlarini rivojlantirish diagnostikasi lingvistik-fonetika, leksika, grammatika, nutqiy-gapirish, o‘qish, tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalarining amaliyotdagi mutanosibligi tizimli baholashdoir takliflaridan 2022 – 2024 yillarga mo‘ljallangan S-UZ800-20-GR-0038 raqamli “ACCESS MICROSCHOLARSHIP PROGRAM” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy Nomidagi Urganch davlat universitetining 2024 yil 2 oktyabrdagi 06-175/5 ma’lumotnomasi )  Natijada tarix yo‘nalishida ingliz tilida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning amaldagi mexanizmlari takomillashtirilgan;
ingliz tili o‘qitishda talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda mutaxassislik fanlarining adaptivligi, funksional aspektlarini asoslashga qaratilgan metodik shart – sharoitlari va didaktik manbalarini intensivligini ta’minlashga doir takliflarida 2022 – 2024 yillarga mo‘ljallangan S-UZ800-20-GR-0038 raqamli “ACCESS MICROSCHOLARSHIP PROGRAM” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy Nomidagi Urganch davlat universitetining 2024 yil 2 oktyabrdagi 06-175/5 sonli ma’lumotnomasi ) Natijada ingliz tili o‘qitishda talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini SMART texnologiyasi asosida rivojlantirishga erishilgan. 
SMART texnologiyasi asosida o‘qitishda kasbiy terminlar qo‘llanilgan matinlar, interaktiv topshiriqlar, mashqlar, reseptiv nutqni ifoda etuvchi vaziyatlarni o‘qish va yozma muloqot jarayonida ichki integratsiyasini hisobga olgan holda talabalarda kasbga oid terminlarni o‘rganishda o‘qish va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlari fanga oid terminlarni vizuallashtirishga oid takliflaridan “Ta’lim va taraqqiyot” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanalining 26 avgustdagi 04-36-886 sonli ma’lumotnomasi) Natijada ingliz tili darslarida kasbiy kommunikativ kompetensiya rivojlantirishga erishilgan;
ingliz tili mashg‘ulotlarida kasbiy kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan, bir vaqtning o‘zida o‘qish, tinglab tushunish, til o‘rganishda reseptiv nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beruvchi hamda individual hususiyatlari, mutahassislik fanlarining integratsion mazmuni o‘rtasidagi reproduktiv aloqadorligiga ko‘ra motiv va qiziqishlarini diagnostik qilishga yo‘naltirilgan amaliy taklif va tavsiyalaridan “O‘zbekiston Yoshlari”, “Bolalar va biz” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanalining 26 avgustdagi 04-36-886 sonli ma’lumotnomasi)  Natijada o‘quv qo‘llanma ingliz tili o‘qituvchi va talabalari uchun foydalanishga tavsiya etildi va o‘quv jarayoniga tatbiq qilindi.

        Ilmiy kengash raisi:                M.R.Kadirova
    Ilmiy kotib:                              M.Y.Mamajanov
        Ilmiy rahbar:                    I.X.Iminoxunova
        Talabgor:                              D.Z.Jabborova

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish