Ulugbekov Bahodir Abdasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlari xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini fuqarolik-huquqiy himoya qilishni takomillashtirish”, “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1148.
Ilmiy rahbar: Narmatov Nuriddin Soatmuradovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti, PhD.31/13.06.2025.Yu.178.02
Rasmiy opponentlar: Kamalov Oybek Axmadovich, yuridik fanlar doktori, professor; Suvankulov Mexmonali Ismoilovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlari xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini fuqarolik-huquqiy himoya qilishni tadqiq etish hamda uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tele-, radio-, video va kinoxronikal dasturlar hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa elektron shakllari tahririyati tomonidan olingan raddiya yoki javob aynan o‘sha dastur yoki turkumda, kelgan kunidan e’tiboran bir oydan kechiktirmay efirga berilishi asoslab berilgan;
o‘zining sha’niga haqoratlovchi gaplar aytilgan, shuningdek, tuhmat qilingan, yolg‘on axborotlar tarqatilgan fuqaro bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxsni jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga murojaat qilishga haqliligi asoslab berilgan;
“E-ijtimoiy-himoya.iiv.uz” yagona interaktiv xizmatlar portali – ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishning barcha chora-tadbirlarini yagona tizimga qamrab oluvchi va mazkur sohadagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi onlayn elektron murojaatlar portali tushunchasi asoslab berildi;
intellektual faoliyat erkinligi yoxud ijodiy faoliyat olib borish huquqi boshqa shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur etkazishga, qonunga xilof harakatlarga undash yoki ularni targ‘ib qilishga qaratilmasligi hamda jamiyatda qabul qilingan axloq qoidalariga zid bo‘lmasligi kerakliligi qonunchilik hujjatida belgilash zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlari xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini fuqarolik-huquqiy himoya qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tele-, radio-, video, kinoxronikal dasturlar va ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa elektron shakllari tahririyati tomonidan olingan raddiya yoki javob aynan o‘sha dastur yoki turkumda, kelgan kunidan e’tiboran bir oydan kechiktirmay efirga berilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 2023-yil 20-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 32-sonli qarorining 1-bandi bilan Oliy sud Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli qarori 3 bandining ikkinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 3-dekabrdagi 08/914-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan noaniq yoki haqiqatga zid ma’lumotlar bo‘yicha raddiya yoki javobni o‘z vaqtida taqdim etish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan.
o‘zining sha’niga haqoratlovchi ma’lumotlar aytilgan, shuningdek, tuhmat qilingan, yolg‘on axborotlar tarqatilgan fuqaro bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139, 140 va 1413-moddalariga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka yoki O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40, 41 va 2022-moddalariga ko‘ra, ma’muriy javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga murojaat qilishga haqliligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 2023-yil 20-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 32-sonli qarorining 1-bandi bilan Oliy sud Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli qarori 8 bandining uchinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 3-dekabrdagi 08/914-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklif fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati tahqirlangan hamda qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarda o‘z sha’nini himoyalash maqsadida murojaat qilish huquqiy mexanizmlarni mustahkamlashga va jamiyatda axborot tarqatish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan.
“E-ijtimoiy-himoya.iiv.uz” yagona interaktiv xizmatlar portali - ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishning barcha chora-tadbirlarini yagona tizimga qamrab oluvchi va mazkur sohadagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi onlayn elektron murojaatlar portali” tushunchasini kiritishga oid taklif Ichki ishlar vazirining 2022-yil 1-oktyabrdagi 404-sonli buyrug‘iga ilova qilingan “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2025-yil 24-martdagi 2/1473-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida ichki ishlar tizimida ijtimoiy himoyaga oid murojaatlar elektron tarzda qabul qilinishi hamda ichki ishlar xodimlarining shaxsiy murojaatlarini tezkor ko‘rib hal etishga xizmat qilgan.
intellektual faoliyat erkinligi yoxud ijodiy faoliyat olib borish huquqi boshqa shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur etkazishga, qonunga xilof harakatlarga undash yoki ularni targ‘ib qilishga qaratilmasligi hamda jamiyatda qabul qilingan axloq qoidalariga zid bo‘lmasligi kerakliligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentyabrdagi “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi O‘RQ-970-son Qonunining 7-moddasi 3-qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 5-maydagi №3/dn-86-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif asosida ijod erkinligiga ega bo‘lgan jurnalist yoki blogerlar ahamiyat berishi lozim bo‘lgan insonning sha’ni, qadr- qimmati va ishchanlik obro‘si tegishli holatlarni himoya qilinishiga xizmat qilgan.