Xasanova Ozodaxon Qurvonali qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarida xatolarni bartaraf etishda metakognitiv kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi va nazariyasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped7168.
Ilmiy maslahatchi: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Sarimsokov Xurshid Abdimalikovich fanlari doktori, dotsent; Ziyaeva Sevara Anvarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jurabekova Xabiba Madaminovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarida xatolarni bartaraf etishda metakognitiv kompetentlikni rivojlantirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan va ularni Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili), Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi ta’lim jarayoniga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
metakognitiv kompetentlikni rivojlantirishda xatolarni aniqlash, tahlil qilish, tuzatish va oldini olish ayni xatoni takrorlamaslik, javob berish jarayonida metakognitiv monitoringini amalga oshirish, qoidani yodda salqashda xotira texnikalari, akronim, akrostik, kalit so‘zlardan foydalanish, xatolarni kodlash, ranglar yordamida belgilab ketish bosqichlarini til o‘rganish jarayoniga izchil, onglilik tamoyillarini o‘quv moduliga moslashtirish hamda metodik, texnologik aspektlarini tasniflash va muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
nemis tili ta’lim yo‘nalishlari talabalarida xatolarni samarali bartaraf etishda metakognitiv kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi lingvistik, ekstralingvistik, ijtimoiy-kommunikativ, emotsional-kommunikativ va reflektiv komponentlarning o‘zaro ta’siriga asoslanishi, ushbu komponentlarning doimiy barqarorligi hamda qayta aloqaning dinamik xususiyatlari asosida aniqlangan;
ijobiy, samimiy fidbek berishga o‘rgatish hamda o‘zbek tili sohiblarining nemis tilini o‘rganishda xatoga yo‘l qo‘yishiga sabab bo‘luvchi omillarini aniqlashga yo‘naltirilgan PEP (Praxiserkundungsprojekt – amaliy tadqiqot loyihasi) formatidagi topshiriqlari konstruktiv-diskursiv aspektda rivojlantirishga qaratilgan didaktik vositalar emotsional-kognitiv faollashtirish texnologiyasi asosida takomillashtirilgan;
nemis tilida xatolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda so‘zlarning vizual tasvirlarini tanib olish, vizual va nutq-motor analizatorlarining ishlashi asosida yozma nutqning tovush tarkibini tahlil qilish, analizator tizimlarining ichki integratsiyasini faollashtirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-konstruktiv usul samaradorligi zamonaviy bilish nazariyasi metakognitiv strategiyalar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar asosida xatolarni aniqlash va monitoring qilishga xizmat qiluvchi online feedback tizimlari, Schubert online Aufgaben, DW-Deusch lernen, Goethe-Institut Online-Übungen kabi self-assessment platformalari, audio matnni maqsadli tinglash va online diagnostik jadvallarini to‘ldirishga o‘rgatish orqali talabalarning metakognitiv kompetentligini rivojlanish dinamikasi nazariy va amaliy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tili o‘qitish jarayonida mediatexnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy natijalar:
metakognitiv kompetentlikni rivojlantirishda xatolarni aniqlash, tahlil qilish, tuzatish va oldini olish ayni xatoni takrorlamaslik, javob berish jarayonida metakognitiv monitoringini amalga oshirish, qoidani yodda salqashda xotira texnikalari, akronim, akrostik, kalit so‘zlardan foydalanish, xatolarni kodlash, ranglar yordamida belgilab ketish bosqichlarini til o‘rganish jarayoniga izchil, onglilik tamoyillarini o‘quv moduliga moslashtirish hamda metodik, texnologik aspektlarini tasniflash va muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilganligiga doir xulosalaridan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etish ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/5594-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvistik tahrir va tarjimashunoslikda og‘zaki va yozma xatolarni to‘g‘rilashning ahamiyati nazariy asoslangan, yozma matnlarda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni tahrirlashda xatolarni kodlash texnikasidan foydalanilgan va tarjima matnlarda yo‘l qo‘yiladigan grammatik, leksik, pragmatik, semantik xatolar tahrirdan o‘tkazilgan;
nemis tili ta’lim yo‘nalishlari talabalarida xatolarni samarali bartaraf etishda metakognitiv kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi lingvistik, ekstralingvistik, ijtimoiy-kommunikativ, emotsional-kommunikativ va reflektiv komponentlarning o‘zaro ta’siriga asoslanishi, ushbu komponentlarning doimiy barqarorligi hamda qayta aloqaning dinamik xususiyatlari asosida aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan 2024-2025-yillarda Italiyaning Piza universiteti va NamDChTI o‘rtasida bajarilgan “Erasmus+Programme Inter-institutional agreement KEY ACTION 171 Learning mobility for higher education studens and staff” loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 19-sentyabrdagi 2211-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar o‘z xatolarini tahlil qilish va o‘rganish jarayoniga reflektiv yondashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Natijada talabalarining xatolarni bartaraf etishdagi metakognitiv kompetentliklarini rivojlantirishga erishilgan;
nemis tilida xatolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda so‘zlarning vizual tasvirlarini tanib olish, vizual va nutq-motor analizatorlarining ishlashi asosida yozma nutqning tovush tarkibini tahlil qilish, analizator tizimlarining ichki integratsiyasini faollashtirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-konstruktiv usul samaradorligi zamonaviy bilish nazariyasi metakognitiv strategiyalar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan 2024-2025-yillarda Italiyaning Piza universiteti va NamDChTI o‘rtasida bajarilgan “Erasmus+Programme Inter-institutional agreement KEY ACTION 171 Learning mobility for higher education studens and staff” loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 19-sentyabrdagi 2211-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar o‘z xatolarini tahlil qilish va o‘rganish jarayoniga reflektiv yondashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi;
ijobiy, samimiy fidbek berishga o‘rgatish hamda o‘zbek tili sohiblarining nemis tilini o‘rganishda xatoga yo‘l qo‘yishiga sabab bo‘luvchi omillarini aniqlashga yo‘naltirilgan PEP (Praxiserkundungsprojekt – amaliy tadqiqot loyihasi) formatidagi topshiriqlari konstruktiv-diskursiv aspektda rivojlantirishga qaratilgan didaktik vositalar emotsional-kognitiv faollashtirish texnologiyasi asosida takomillashtirilganligiga oid xulosa va tavsiyalaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2024-2025-yillarda “Milliy ta’lim”, “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvlarida keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 29-sentyabrdagi 01-12/204-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirish materiallari mazmunan yangicha qarashlar bilan boyitilgan. Natijada, xatolarni bartaraf etishda metakognitiv kompetentlikni rivojlantirishga doir o‘quv materiallari bilan nemis tilini o‘qitish jarayoni samaradorligi oshirishi erishilgan, bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarining xatolar bilan samarali ishlash ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar asosida xatolarni aniqlash va monitoring qilishga xizmat qiluvchi online feedback tizimlari, Schubert online Aufgaben, DW-Deusch lernen, Goethe-Institut Online-Übungen kabi self-assessment platformalari, audio matnni maqsadli tinglash va online diagnostik jadvallarini to‘ldirishga o‘rgatish orqali talabalarning metakognitiv kompetentligini rivojlanish dinamikasi nazariy va amaliy jihatdan asoslanganligiga oid xulosalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2024-2025-yillarda “Kun mavzusi”, “Farg‘ona24” ko‘rsatuvlarida keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 29-sentyabrdagi 01-12/204-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirish materiallari mazmunan yangicha qarashlar bilan boyitilgan.