Qo‘ldosheva Nigorahon Avezmurodovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning muloqot madaniyati ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi  13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9260
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: p.f.d. (DSc), professor Dilova Nargiza Gaybullaevna 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti.  PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09 
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc), professor Samieva Shahnoz Hikmatovna, f.f.d. (DSc) , dotsent Qosimova Ra’no Rahmatullaevna
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning muloqot madaniyati ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning muloqot madaniyati ko‘nikmasini shakllantirish mazmuni ta’lim jarayonidagi metokognitiv va metokommunikativ rivojlanishni ta’minlovchi real vaqt rejimida muloqotga kirishishning so‘z tanlash va qo‘llash, til va nutq madaniyati kabi lingvodidaktik usullarini sotsiolingvistika hamda psixolingvistika tamoyillariga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan; 
kichik yoshdagi o‘quvchilarda ingliz tilida muloqotga asoslangan o‘zaro munosabatlarni tarkib toptirish texnologiyalari o‘quv jarayonining qadriyatli-maqsadli me’yorlari bilan ta’lim oluvchilarning analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash madaniyati o‘rtasidagi integrativ aloqadorlik jarayoning zarurati ilmiy asoslangan; 
ingliz tilidan muloqot madaniyatini baholash darajalari o‘quvchilarning yoshga xos psixologik xususiyatlari va kognitivlikni rivojlanishga yo‘naltirilgan amaliy va interaktiv metodik tizimdan kompleks foydalanishga oid faoliyatli yondashuv tamoyillari mazmuni pedagogik jarayonning ergonomik talablariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning muloqot madaniyati  shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari ingliz tilida muloqot qilishda qiziqarli va rag‘batlantiruvchi motivatsion, evristik, refleksiv muhitni yaratuvchi bosqichlarida kognitivlikni rivojlanishga yo‘naltirilgan amaliy va interaktiv metodik tizimdan kompleks foydalanishda bolalarning individual ta’lim traektoriyasini aniqlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning muloqot madaniyati ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasiga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning muloqot madaniyati ko‘nikmasini shakllantirish mazmuni ta’lim jarayonidagi metokognitiv va metokommunikativ rivojlanishni ta’minlovchi real vaqt rejimida muloqotga kirishishning so‘z tanlash va qo‘llash, til va nutq madaniyati kabi lingvodidaktik usullarini sotsiolingvistika hamda psixolingvistika tamoyillariga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan tavsiyalardan oliy o‘quv yurti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Nutq malakalari integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-maydagi 194-sonli buyrug‘i Ro‘yxatga olish raqami 194-495). Natijada, ushbu o‘quv qo‘llanmaning xalqaro standartlar darajasidagi talablar hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida ilmiy asoslanganligi va amaliy ishlab chiqilgan muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish modelining qo‘llanish auditoriyasi kengaytirilgan;
kichik yoshdagi o‘quvchilarda ingliz tilida muloqotga asoslangan o‘zaro munosabatlarni tarkib toptirish texnologiyalari o‘quv jarayonining qadriyatli-maqsadli me’yorlari bilan ta’lim oluvchilarning analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash madaniyati o‘rtasidagi integrativ aloqadorlik jarayoning zarurati ilmiy asoslangan tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasini amalga oshirish jarayonida dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 7-iyuldagi 1874/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyihada boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning muloqot madaniyati ko‘nikmasini shakllantirish hamda ingliz tilda erkin muloqotga kirisha olish darajasini oshirishga erishilgan.
ingliz tilidan muloqot madaniyatini baholash darajalari o‘quvchilarning yoshga xos psixologik xususiyatlari va kognitivlikni rivojlanishga yo‘naltirilgan amaliy va interaktiv metodik tizimdan kompleks foydalanishga oid faoliyatli yondashuv tamoyillari mazmuni pedagogik jarayonning ergonomik talablariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyati umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ingliz tili o‘qitish jarayoniga tadbiq etilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025-yil 18-iyuldagi 02/01-01-290-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilidan muloqot madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim yondashuvlaridan foydalanish imkoniyati oshgan;
boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning muloqot madaniyati  shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari ingliz tilida muloqot qilishda qiziqarli va rag‘batlantiruvchi motivatsion, evristik, refleksiv muhitni yaratuvchi bosqichlarida kognitivlikni rivojlanishga yo‘naltirilgan amaliy va interaktiv metodik tizimdan kompleks foydalanishda bolalarning individual ta’lim traektoriyasini aniqlash orqali takomillashtirilgan takliflardan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT texnologiyalarini qo‘llash metodikasi”(2024-2025-yy.) mavzusidagi olima ayollar innovatsion  loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 5-avgustdagi 01-09/329-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning yoshga xos psixologik xususiyatlari va kognitiv rivojlanish darajasiga mos tarzda tuzilgan amaliy va interaktiv metodik tizim asosida ularning ingliz tilida muloqot madaniyatini shakllantirish va baholash samaradorligini oshirishga muayyan darajada erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish