Eshjanov Karimbay Jumabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi ekotizimidagi mayda sut emizuvchilar jamoalarining ekologik tahlili (Sudoche-Akpetki muhofaza etiladigan tabiiy hududi misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V757.
Ilmiy rahbar: Otenova Farida Tolegenovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Aimbetov Nagmet Kallievich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi ekotizimlaridagi mayda sut emizuvchilar jamoalarining ekologik baholashdan (Sudoche-Akpetki muhofaza etiladigan tabiiy hududi misolida) iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Sudoche-Akpetki davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududida mayda sut emizuvchilarning son dinamikasini baholash yordamida hududning ekologik sharoitlaridagi o‘zgarishlar baholangan;
Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimidagi tarqalgan kemiruvchilar turlarining soni va populyasiya tuzilishi dinamikasini shakllantirishda birinshi marta yashash joylaridagi ekologik omillarning ta’siri aniqlangan;
Sudoche-Akpetki davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududida psammofil kemiruvchi turlari 65 foizni, ubikvist turlar 25 foizni, mezofil turlar 10 foizni tashkil etishi isbotlangan;
Qo‘riqlanadigan tabiiy hududdagi mayda sut emizuvchilarning dominant va fon turlari populyasiyalarida son va struktura dinamikasini baholash jarayonida  psammofil Rhombomys opimus va mezofil Ondatra zibethicus turlaridagi monodominantlikning yuqori darajasi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. "Sudoche-Akpetki" davlat buyurtma qo‘riqxonasining muhofaza etiladigan tabiiy hududidagi mayda sut emizuvchilar jamoalarinining ekologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
"Sudoche-Akpetki" davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududida mayda sut emizuvchilarning turlar xilma-xilligi va ularning tarqalishini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpoǵiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2024 yil 29 oktyabrdagi 02-01/18-2-3554-son ma’lumotnomasi). Natijada, antropogen omillar ta’sirida mayda sut emizuvchilarning bioxilma-xilligini monitoring qilish va son dinamikasini prognozlash imkonini bergan; 
"Sudoche-Akpetki" davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududida yashovchi mayda sut emizuvchilar populyasiyalari soni dinamikasi va strukturasiga antropogen omillar ta’sirini ekologik baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2024 yil 14 oktyabrdagi 2-825-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orolbo‘yi mintaqasida cho‘l ekotizimlari barqarorligini ta’minlash va ekoturizmni rivojlantirish maqsadida biologik monitoring va bioxilma-xillikni saqlashning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish