Yakubov Shuxrat Shavkatovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xloratlar, fosfatlar, sulfatlar va 2-xloretilfosfonat ammoniylar asosida kompleks ta’sir etuvchi defoliantlar ishlab chiqish tehnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T884. 
Ilmiy maslahatchi: Zakirov Baxtiyor Sabirdjanovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023. K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Umirov Farxod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magniy, kalsiy, natriy xloratlari, fosfat, 2-xloretilfosfon kislotalari, karbamid, ammiak va fosfat, nitrat, sulfat, 2-xloretilfosfonat ammoniylari ishtirokida g‘o‘za barglarini yumshoq to‘kilishini, ko‘saklarini etilib pishishi va ochilishini tezlashtruvchi stimulyatorni hamda samarali, kompleks ta’sir etuvchi defoliantlar olishni ilmiy asoslarini va olinish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ammoniy nitrat va sulfat, ammiak, karbamid, magniy xlorat-xlorid, kalsiy, magniy, natriy xloratlari, fosfat va 2-xloroetilfosfon kislotalari shuningdek ularning ammoniy tuzlari ishtirokida 14 ta ko‘p komponentli eruvchanlik sistemalari va “tarkib-xossa” diagrammalari yaratilgan;
eruvchanlik diagrammalari asosida barqaror sakkizta birikma ajratib olingan, ularning tarkibi va tuzilishi zamonaviy kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda aniqlangan;
fosfat va 2-xloretifosfon kislota, ammiak va ammoniy digidrofosfat asosida g‘o‘za barglarini yumshoq  to‘kilishini,  ko‘saklarini etilib pishishini va ochilishini tezlashtiruvchi ko‘p funksiyali fiziologik faol stimulyatorni olinish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor fiziologik faol stimulyator va magniy xlorat-xlorid, natriy xloratning uchkarbamidi, ammoniy sulfatlar asosida 2 ta yangi kompleks ta'sir etuvchi defoliantlar olingan va ularni olishni texnologik jarayonlari ishlab chiqilgan;
olingan fiziologik faol stimulyator va kompleks ta’sir etuvchi "Najot-1", "Super-Najot“ defoliantlarining tarkibi kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda taxlil qilingan, unga ko‘ra stimulyator tarkibida 21% ClC2H4PO(OH)₂·NH₃, 11% ClC2H4PO(OH)₂·2NH₃, 12% NN4N2RO4, 56% H₂O borligi, "Najot-1“ defolianti tarkibi 69,25 % [65%NaClO3∙3CO(NH2)2 +5%(NH4)2SO4+30%H2O] va 0,75% [21% ClC2H4PO(OH)₂∙NH₃ + 11% ClC2H4PO(OH)₂∙2NH₃ + 12% NH₄H₂PO₄ + 56% H₂O] dan iboratligi, "Super-Najot“defolianti tarkibida 54,25% {55% [79% Mg(ClO₃)₂ + 21% MgCl₂] + 45% H₂O}, xamda 0,75% 0,75% [21% ClC2H4PO(OH)₂∙NH₃ + 11% ClC2H4PO(OH)₂∙2NH₃ + 12% NH₄H₂PO₄ + 56% H₂O] mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xloratlar, fosfatlar, sulfatlar va 2-xloretilfosfonat ammoniylar ishtirokida kompleks ta’sir etuvchi defoliantlar ishlab chiqish tehnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ammiak, 2-xloretilfosfon kislota, digidrofosfat ammoniy yoki fosfat kislotalar asosida  g‘o‘za barglarini to‘kilishini, ko‘saklarini etilib pishishi-ochilishini tezlashtruvchi samaradorligi yuqori bo‘lgan stimulyator olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati»ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 03 dekabrdagi 141-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘llanilgan stimulyator g‘o‘za barglarini to‘kilishini, ko‘saklarni ochilishini va etilib pishishini tezlashtirib, xosildorlikni oshirish imkonini beradi; 
magniy xlarat-xlorid, digidrofasfat ammoniy, mono va diammony 2- xloretilfosfonatlar asosida kompleks ta’sir etuvchi “Super-Najot” defoliantini ishlab chiqarish va olishning yangi texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ ning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati»ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 03 dekabrdagi 141-son ma’lumotnomasi). Natijada, uning defoliatsiyalovchi va fiziologik faolligi yuqori ekanligi, yani barglarni yumshoq to‘kilishi 88,2%, ko‘saklarni to‘liq ochilishi 88,0% samaradorligi va quruq barglar sonini 2,4% gacha kamaytirish imkonini beradi;   
tarkibida digidrofosfat ammoniy, mono va diammoniy 2- xloretilfosfonatlar tutgan natriy xloratining uch karbamidi va sulfat ammoniy asosida kompleks ta’sir etuvchi “Najot-1” defoliantini olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ ning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati»ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJ ning 2024 yil 03 dekabrdagi 141-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yangi kompleks ta’sir etuvchi defoliant qo‘llanilganda paxta barglarning yumshoq to‘kilishi 88,6%, ko‘saklarning to‘liq ochilishi 88,4% samaradorligi va quruq barglar sonini 1,8% gacha kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish