Umarxodjaeva Mamura Karimbaevnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston qo‘g‘irchoq san’atining shakllanish va rivojlanish bosqichlari (XX asrning 30 yillari - XXI asr boshlari), 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San181.
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Nodirbek Baxtiyorovich, tarix fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01. 
Rasmiy opponentlar: Xakimov Akbar Abdullaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shaxlo Kurbanburievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 30-yillari – XXI asr boshlari O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq san’atining rivojlanish bosqichlari, qo‘g‘irchoq san’atida obraz yaratish an’analari va zamonaviy tasviriy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘g‘irchoq san’atining qadimgi Baqtriya, So‘g‘d va Xorazm hududlarida tumor (totem) ko‘rinishida namoyon bo‘lgani, VI asrga kelib ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar natijasida sopol va mato qo‘g‘irchoqlar birlamchi vazifasini yo‘qotib xalq san’ati unsuri vazifasini ifodalagani, VII-XIX asrlarda an’anaviy qo‘g‘irchoq tomoshalari uchun aktyor qo‘g‘irchoqlarning marionetka, qo‘lqopli turlari aktuallashgani, XX asrning ikkinchi yarmida qo‘g‘irchoqlar milliy o‘ziga xoslik fenomeni sifatida ommaviylashgani dalillangan;
O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq san’atida yagona nusxada ishlangan mualliflik qo‘g‘irchoqlari janri  jihatdan: realistik, fantastik; texnologiyasiga ko‘ra: terrakota, yog‘och, mato, pape-mashe, plastik, qog‘ozli; vazifasidan kelib chiqib: kolleksiya va interer uchun mo‘ljallanganligi aniqlangan;
XIX asr oxirlaridan Fransiya va Germaniyada qo‘g‘irchoqlar turli ovozlarni chiqaradigan, gapiradigan yoki yig‘laydigan mexanizmlar bilan yaratilib, ommaviy ravishda faqat 1950-yillardan keyin keng tarqala boshlaganligi, 1959-yilda AQShdagi Mattel kompaniyasi tomonidan suv va ovqatlanadigan “Chatty Cathy” qo‘g‘irchog‘ini paydo bo‘lishi qo‘g‘irchoq yaratish sohasidagi burilish nuqtasi bo‘lganligi, 1990-yillardan batareyka, sensor va mikrochiplar yordamida “Baby Born”, “Baby Annabell”, “FurReal Friends”, “My Friend Cayla” yangi avlod qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘lganligi asoslangan;
O‘zbekistonda zamonaviy mualliflik qo‘g‘irchoq san’ati ko‘rgazmalarining yangi fenomen sifatida 2008-yilda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi qoshidagi “Mo‘jizalar olamida” bolalar muzeyida Mansur Kuryazovning sahna qo‘g‘irchoqlari ijodiy namunalari asosida shakllanganligi, 2015-yilda esa Andijon viloyati san’at va madaniyat davlat tarixi muzeyida Manzura Yusupova ijodi asosidagi mahalliy milliy qo‘g‘irchoqlar o‘zbek ayollari timsolida vaqtinchalik ko‘rgazmalari negizida rivojlanganligi, 2020-yilga kelib Buxorodagi Nodirdevonbegi madrasasidagi Iskandar Xakimov ustaxonasida xorijiy sayyohlarga mahorat darslari asosida qo‘g‘irchoqsozlik san’ati targ‘ib etila boshlanganligi, 2023-yilga kelib esa bu jarayonlar xalqaro darajada Xamar galereyasida “Kukolniy dom” (qo‘g‘irchoqlar uyi) ko‘rgazmasi darajasiga  etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq san’atining shakllanish va rivojlanish bosqichlari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘g‘irchoq san’atining qadimgi Baqtriya, So‘g‘d va Xorazm hududlarida tumor (totem) ko‘rinishida namoyon bo‘lgani, VI asrga kelib esa ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar natijasida sopol va mato qo‘g‘irchoqlar birlamchi vazifasini yo‘qotib xalq san’ati unsuri vazifasini ifodalagani, VII-XIX asrlarda an’anaviy qo‘g‘irchoq tomoshalari uchun aktyor qo‘g‘irchoqlarning marionetka, qo‘lqopli turlari aktuallashgani, XX asrning ikkinchi yarmida qo‘g‘irchoqlar milliy o‘ziga hoslik fenomeni sifatida ommaviylashib borgani O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining adabiy-badiiy bo‘limida  tashkil etilgan qo‘g‘irchoqlarning tarixiy tavsifi va badiiy talqinini boyitishda va ayrim qo‘g‘irchoqlarning tarixi, xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 12-noyabridagi 03-11-17-3765-con ma’lumotnomasi). Natijalar, qo‘g‘irchoq san’atining madaniyatning uzviy qismi sifatida qadimgi an’analarni zamonaviy badiiy-estetik talqinlar orqali qayta tiklash, o‘ziga xos uslubda talqin etish va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish imkonini yaratgan;   
O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq san’atida yagona nusxada ishlangan mualliflik qo‘g‘irchoqlari janri  jihatdan: realistik, fantastik; texnologiyasiga ko‘ra: terrakota, yog‘och, mato, pape-mashe, plastik, qog‘ozli; vazifasidan kelib chiqib: kolleksiya va interer uchun mo‘ljallanganligi aniqlanishiga oid ilmiy muomalaga kiritilgan yangiliklar O‘zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda va suratga olishda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2023-yil 6-dekabrdagi 06-28-1987-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv qo‘g‘irchoq san’atini o‘rganishdagi nazariy yondashuvlar, qo‘g‘irchoq san’ati janri, dizayni va texnologiyasi jarayonlariga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitilgan;
XIX asr oxirlaridan Fransiya va Germaniyada qo‘g‘irchoqlar turli ovozlarni chiqaradigan, gapiradigan yoki yig‘laydigan mexanizmlar bilan yaratilib, ommaviy ravishda faqat 1950-yillardan keyin keng tarqala boshlaganligi, 1959-yilda AQShdagi Mattel kompaniyasi tomonidan suv va ovqatlanadigan “Chatty Cathy” qo‘g‘irchog‘ini paydo bo‘lishi qo‘g‘irchoq yaratish sohadagi burilish nuqtasi bo‘lganligi, 1990-yillardan batareyka, sensor va mikrochiplar yordamida “Baby Born”, “Baby Annabell”, “FurReal Friends”, “My Friend Cayla” yangi avlod qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘lganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining adabiy-badiiy bo‘limida tashkil etilgan qo‘g‘irchoqlarning badiiy mazmunini boyitishda va ayrim qo‘g‘irchoq namunalarining kelib chiqishi, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 12-noyabridagi 03-11-17-3765-con ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining adabiy-badiiy bo‘limidagi qo‘g‘irchoqlar tarixiy kontekstini boyitish, badiiy talqinlarini kengaytirish va ayrim namunalarining yaratilish davri hamda estetik xususiyatlarini aniqlash imkonini yaratgan;
O‘zbekistonda zamonaviy mualliflik qo‘g‘irchoq san’ati ko‘rgazmalarining yangi fenomen sifatida 2008-yilda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi qoshidagi “Mo‘jizalar olamida” bolalar muzeyida Mansur Kuryazovning sahna qo‘g‘irchoqlari ijodiy namunalari asosida shakllanganligi, 2015-yilda esa Andijon viloyati san’at va madaniyat davlat tarixi muzeyida Manzura Yusupova ijodi asosidagi mahalliy milliy qo‘g‘irchoqlar o‘zbek ayollari timsolida vaqtinchalik ko‘rgazmalari negizida rivojlanganligi, 2020-yilga kelib Buxorodagi Nodirdevonbegi madrasasidagi Iskandar Xakimov ustaxonasida xorijiy sayyohlarga mahorat darslari asosida qo‘g‘irchoqsozlik san’ati targ‘ib etila boshlanganligi, 2023-yilga kelib esa bu jarayonlar xalqaro darajada Xamar galereyasida “Kukolniy dom” (qo‘g‘irchoqlar uyi) ko‘rgazmasi darajasiga etganligiga oid natijalardan O‘zbekiston teleradio-kompaniyasi qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvini ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2023-yil 6-dekabrdagi 06-28-1987-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuv ssenariysining qo‘g‘irchoq san’ati ko‘rgazmalari, muzeylarda tashkil etilgan vaqtinchalik ko‘rgazmalarning  rivojlanish bosqichlariga oid ma’lumotlar bazasining kengaytirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish