Azizov Sherzod O‘ktamovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bojxona auditi metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Iqt91.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alikulov Abdimumin Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: O‘zbekistonda bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«bojxona auditi» tushunchasi uni o‘tkazish muddati, davri, davriyligi, sub’ekti, manzili kabi shartlarni kiritish asosida takomillashtirilgan hamda uni tashkil etishning ob’ektiv zarurati, maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ektlari aniqlashtirilgan;

bojxona auditining bojxona rasmiylashtiruvidan oldingi va keyingi muddatdagi davrlarda hamda majburiy va tashabbus shakllarida tashkil etilishi va o‘tkazilishi taklif qilingan;

bojxona auditining bojxona nazorati hamda boshqa davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlardan farqli jihatlari ochib berilgan va o‘zaro hamkorligi aniqlangan;

bojxona auditining ishchi hujjatlari tarkibi, jumladan bojxona auditi rejasi va dasturi ishlab chiqilgan hamda tekshiruv o‘tkazish tartibi, unda qo‘llaniladigan amal va usullar taklif etilgan;

bojxona auditini amalga oshirishning strategik yo‘nalishlari va undagi taktik vazifalar belgilangan hamda uning iqtisodiy samarasini baholashning tizimli yondashuvi, jumladan korrelyasion va regression tahlilga asoslangan ekonometrik model` ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bojxona nazoratini samarali tashkil etish va o‘tkazishda ilg‘or xalqaro innovatsion tajriba – “Bojxona auditi”ni amaliyotga qo‘llash taklifi asosida “Bojxona auditi” tushunchasiga berilgan mualliflik ta’rifi, uning maqsadi, vazifalari, predmeti, ob’ektlari bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy takliflari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining yangi tahrirdagi loyihasining 25-bob, 220-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 18 dekabrdagi 03-05/13-10867-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi bojxona nazoratida ortiqcha xarajatlarni bartaraf etish hamda import tovarlarning iste’molchilar uchun arzon bahoda kirib kelish imkoniyatini yaratgan;

import tovarlarni bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish yuzasidan optimal mexanizmni yaratish, uni o‘tkazish muddati va shartlariga aniqlik kiritish yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabr`dagi PF-5582-sonli Farmoni 1-ilovasi 6-bandida o‘z aksini topgan va Davlat bojxona qo‘mitasi tarkibiy tuzilmasidagi organlar tomonidan “Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish” nomli ichki normativ hujjatni ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 18 dekabrdagi 03-05/13-10867-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga qo‘llanilishi Davlat bojxona organlari bojxona inspektorlari tomonidan har bir tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisini bojxona nazoratidan o‘tkazishga ortiqcha vaqt sarflamasligiga olib kelgan;

bojxona auditi borasida xorijning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlarini belgilovchi sabab va omillar hamda undan kutilayotgan natijalar bo‘yicha bergan taklifi bojxona tizimi amaliyotiga joriy qilish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 18 dekabrdagi 03-05/13-10867-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar xorijning ilg‘or tajribalarini Davlat bojxona organlari tomonidan bojxona auditini samarali tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga qo‘llash imkonini bergan hamda mamlakatda tashqi savdo integratsiyasi jadallashuviga xizmat qilgan;

bojxona auditini o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar, jumladan, bojxona auditi umumiy rejasi va dasturining namunaviy shakli, bojxona auditini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya etilgan tartib, unda qo‘llaniladigan amal va usullar hamda import tovarlarni bojxona rasmiylashtiruviga qadar bojxona auditidan o‘tkazish bo‘yicha bergan takliflari auditorlik faoliyati amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2018 yil 9 noyabrdagi 98-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida auditorlik tashkilotlarining tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlariga bojxona auditidan o‘tkazish bilan bog‘liq ko‘rsatiladigan xizmatlari soni ko‘payishi hisobiga, ularning mijozlari soni ortishiga olib kelgan va audit shartnomasidan tushadigan pul mablag‘lari miqdori ko‘paygan hamda bojxona auditini o‘tkazishga sarflaydigan vaqtini tejash va ish ko‘lamini aniq belgilash hisobiga ish samaradorligi oshishiga olib kelgan;

rasmiylashtiruvdan keyingi davrda import tovarlar bojxona auditini amalga oshirishning maqsadli yo‘nalishlari va algoritmi bo‘yicha takliflari amaliyotda qo‘llash uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 18 dekabrdagi 03-05/13-10867-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar davlat bojxona organlari tomonidan bojxona auditini optimal tashkil etish va o‘tkazishga sharoit yaratgan;

Bojxona auditini o‘tkazishning iqtisodiy samaradorligini baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari hamda samaradorlikni oshirishning strategik yo‘nalishlari bojxona amaliyotida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 18 dekabrdagi 03-05/13-10867-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bojxona tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish