Gulbaeva Feruza Islamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kimyo sanoati korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni boshqarish konsepsiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 –Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Iqt3180.
Ilmiy rahbari: Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc),dotsent, Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati korxonalarida tejamkor ishlab chiqarish konsepsiyasini tadbiq etishni boshqarish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    uslubiy yondoshuvga ko‘ra “korxonalarida tejamkor ishlab chiqarish konsepsiyasini tadbiq etishni boshqarish” tushunchasi resurslarni samarali boshqarish, yo‘qotishlarni minimallashtirish va uzlyuksiz takomillashtirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqarish va joriy etish jarayoni bo‘lib, u zamonaviy menejmentning Lean Management, Six Sigma, Kaizen va Industry 4.0 tamoyillariga asosida ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan murakkab boshqaruv mexanizmi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
kimyo korxonalari tejamkor ishlab chiqarish vositalari 5S, SMED, JITni tadbiq etish asosida samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
kimyo korxonalarida tejamkor ishlab chiqarish konsepsiyasidan foydalanishni boshqarish samaradorligini baholash shkalasi [0,0 - 0,5]-    juda past samaradorlik, [0,5 - 1,0]-past samaradorlik, [1,0 - 1,5]-o‘rtacha samaradorlik, [1,5-2,0]- yuqori samaradorlik, [>2.0] -juda yuqori samaradorlik mezonlari asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda kimyo sanoati korxonalarining 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ekonometrik modellashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida quyidagi natijalarga erishilgan:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra “korxonalarda tejamkor ishlab chiqarish konsepsiyasini tadbiq etishni boshqarish” tushunchasi resurslarni samarali boshqarish, yo‘qotishlarni minimallashtirish va uzlyuksiz takomillashtirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqarish va joriy etish jarayoni bo‘lib, u zamonaviy menejmentning Lean Management, Six Sigma, Kaizen va Industry 4.0 tamoyillariga asosida ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan murakkab boshqaruv mexanizmi nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda Lean Management, Six Sigma, Kaizen va Industry 4.0 tamoyillariga asosida ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan murakkab boshqaruv mexanizmi nuqtayi nazaridan korxonalarida tejamkor ishlab chiqarish konsepsiyasini tadbiq etishni boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlarni takomillashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
kimyo korxonalari tejamkor ishlab chiqarish vositalari 5S, SMED, JITni tadbiq etish asosida samaradorligini oshirish taklifi bo‘yicha takliflar “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan  (“O‘zkimyosanoat” AJning  2025-yil 5-iyundagi 22-05-06-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kimyo  korxonalariga innovatsiyalarni joriy etish, ularning samaradorligini va mavjud jarayonlarga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlash amalga oshirilgan. Natijada “Navoiyazot” AJning innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lami 2023 yilda 2022 yilga nisbatan jami mahsulotlarga nisbatan 3,6 foizga, “Maxam-Fosfor” AJda bu ko‘rsatkich 5,8 foizga, “Farg‘onaazot” AJda esa 11,4 foizga oshgan;
kimyo korxonalarida tejamkor ishlab chiqarish konsepsiyasidan foydalanishni boshqarish samaradorligini baholash shkalasi [0,0 - 0,5]-juda past samaradorlik, [0,5 - 1,0]-past samaradorlik, [1,0 - 1,5]-o‘rtacha samaradorlik, [1,5-2,0]- yuqori samaradorlik, [>2.0] -juda yuqori samaradorlik mezonlari asosida takomillashtirish “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan  (“O‘zkimyosanoat” AJning  2025 -yil 5-iyundagi 22-05-06-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kimyo tarmoq korxonalarining innovatsion faolligini oshirish strategiyalari ishlab chiqilgan. Natijada “Navoiyazot” AJning innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lami 2023 yilda 2022 yilga nisbatan jami mahsulotlarga nisbatan 3,6 foizga, “Maxam-Chirchiq” AJda bu ko‘rsatkich 5,8 foizga, “Farg‘onaazot” AJda esa 11,4 foizga oshgan.
O‘zbekistonda kimyo sanoati korxonalarining 2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatida foydalanilgan  (“O‘zkimyosanoat” AJning  2025-yil 5-iyundagi 22-05-06-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarning innovatsion mahsulotlar eksportini 2030 yilgacha bo‘lgan muddatlarda 18 foizga oshirish imkoni aniqlanib, kimyo korxonalari ishlab chiqarish va eksport hajmining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish va muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish