Muxtarov Maxmudjon Marifovichning
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: To‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt908.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Naima Abitovna, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Qodirov Abdumalik Matkarimovich, Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Arabov Nurali Uralovichlar Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- iste’molchilar ehtiyojini to‘qimachilik mahsulotlari bilan maqbul qondirish hisobiga sanoatda diversifikatsiya samaradorligini oshirishda bino-inshootlar xarid qilish uchun 7 yil muddatgacha, shundan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada sanoat ipotekasi ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
-to‘qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshliligini resurslar mavjudligi va foydalanish darajasi hisobiga oshirishda xomashyo materiallarini xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadida 1 yil muddatgacha milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kredit mablag‘lari ajratish taklifi asoslangan;
-to‘qimachilikka ixtisoslashgan Andijon viloyatidagi kichik sanoat zonalarini to‘liq infratuzilma bilan ta’minlash, ularda gazlama, trikotaj mato va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va bo‘yash uchun zarur bino-inshootlarni tayyor holatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan berish orqali mahsulotlar eksportini oshirish hamda diversifikatsiyasini yaxshilash taklifi asoslangan;
-gazlama, trikotaj mato, tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va bo‘yash uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 7 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya qilish taklifi asoslangan;
-milliy iqtisodiyotda sanoat tarmog‘ining samaradorlik mezonlari o‘zgarishi hisobiga sohaning ishlab chiqarish hajmi, sanoat mahsulotlari eksporti hajmi, o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish sur’ati va sanoatda bandlarning o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
- iste’molchilar ehtiyojini to‘qimachilik mahsulotlari bilan maqbul qondirish hisobiga sanoatda diversifikatsiya samaradorligini oshirishda bino-inshootlar xarid qilish uchun 7 yil muddatgacha, shundan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada sanoat ipotekasi ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-dekabrdagi PQ-397-son “Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining 4.a)-bandining 3-xat boshida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 24-iyundagi 03/25-1476-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida to‘qimachilik korxonalari kapital bilan ta’minlanganlik darajasini kengaytirish orqali diversifikatsiya samaradorligini “Skorton tekstil” MChJda 6,2 foizga, “Saxovat Teks” MChJda 12,0 foizga, “Asakatekstil” MChJda 8,6 foizgava “Xait teks invest” MChJda 3,4 foizga oshirish imkonini bergan;
- to‘qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshliligini resurslar mavjudligi va foydalanish darajasi hisobiga samaradorligini oshirishda xomashyo materiallarini xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadida 1 yil muddatgacha milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kredit mablag‘lari ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-dekabrdagi PQ-397-son “Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining 4.a)-bandining 4-xat boshida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 24-iyundagi 03/25-1476-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida to‘qimachilik korxonalari moddiy resurslardan samarali foydalanish orqali material sig‘imi koeffisienti “Skorton tekstil” MChJda 3,3 foizga, “Saxovat Teks” MChJda 11,7 foizga, “Asakatekstil” MChJda 4,6 foizga va “Xait teks invest” MChJda 5,2 foizga yaxshilangan;
- to‘qimachilikka ixtisoslashgan Andijon viloyatidagi kichik sanoat zonalarini to‘liq infratuzilma bilan ta’minlash, ularda gazlama, trikotaj mato va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va bo‘yash uchun zarur bino-inshootlarni tayyor holatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan berish orqali mahsulotlar eksportini oshirish hamda diversifikatsiyasini yaxshilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-son “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 1-bandi 3-xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 24-iyundagi 03/25-1476-son ma’lumotnoma). Mazkur taklif natijasida to‘qimachilikka ixtisoslashgan korxonalarda mahsulotlarni diversifikatsiyalash asosida eksport samaradorligi "Skorton tekstil" MChJda 5,2 foizga, "Saxovat Teks" MChJda 12,9 foizga, "Asakatekstil" MChJda 8,0 foizga va "Xait teks invest" MChJda 6,3 foizga oshirish imkoniyati ta’minlangan;
- gazlama, trikotaj mato, tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va bo‘yash uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 7 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-son “To‘qimachilik va tikuv-trikotajsanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 2b-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 24-iyundagi 03/25-1476-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish hisobiga to‘qimachilik korxonalarida zaruriy asbob-uskunalarni sotib olish uchun moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga texnologik samaradorlik koeffisienti “Skorton tekstil” MChJda 12,1 foizga, “Saxovat Teks” MChJda 4,8 foizga, “Asakatekstil” MChJda 4,6 foizga va “Xait teks invest” MChJda 9,4 foizga oshirish imkonini bergan;
- milliy iqtisodiyotda sanoat tarmog‘ining samaradorlik mezonlari o‘zgarishi hisobiga sohaning ishlab chiqarish hajmi, sanoat mahsulotlari eksporti hajmi, o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish sura’ti va sanoatda bandlarning o‘sish sura’ti ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar prognoz parametrlaridan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 24-iyundagi 03/25-1476-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish orqali 2030-yilda jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13875703,3 mln. so‘mga, sanoat mahsulotlari eksport hajmi 5880610,4 mln. so‘mga, va o‘rtacha oylik ish haqi 8,4 mln. so‘mga oshishiga erishishning qo‘shimcha imkoniyatlari asoslab berilgan.