Xalimov Abbosbek Oybek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekspluatatsiyadagi ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini baholash va oshirish masalalari”, 05.09.01 – «Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5810
Ilmiy rahbar: Xotamov Asadulla Toshtemirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/07.06.2024.T.106.06.
Rasmiy opponentlar: Yuvmitov Anvar Sayfullaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Norov Nusiratjon Nuralievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mavjud ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini baholash, tashqi to‘siq konstruksiyalardan yo‘qotilayotgan issiqlik miqdorini kamaytirish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini baholash uslubi bino kapital ta’mirlangandagi konstruksiyalarni issiqlik o‘tkazishga bo‘lgan qarshiliklaridagi o‘zgarishlarni inobatga oluvchi algoritmni ishlab chiqish hisobiga takomillashtirilgan;
ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini qisqa vaqtda kompleks baholash hamda uni issiqlik energetik sinfini binoning solishtirma issiqlik sarfi miqdori o‘zgarishiga asosan oshirish imkonini beruvchi onlayn hisoblash platformasi ishlab chiqilgan;
ko‘p kvartirali uylarning texnik holatini instrumental-texnik tekshirish va energiya samaradorligini baholash ishlarini integratsiyalashgan yondashuvga ko‘ra birgalikda amalga oshirish orqali mehnat hamda vaqt resurslarini 20% ga kamayishi aniqlangan;
ko‘p kvartirali uylarning tashqi devorlari izolyasiyasida fasad panellari konstruksiyalarining soddalashtirilganligi va o‘rnatish jarayonining mexanizatsiyalashgani sababli ventilyasiyali fasadga nisbatan montajda vaqt hamda ishchi kuchi xarajatlarining kamayishi hisobiga 1,1 barobar iqtisodiy samaradorlikka erishilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Ekspluatatsiyadagi ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini baholash va oshirish masalalari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini baholash uslubi bino kapital ta’mirlangandagi konstruksiyalarni issiqlik o‘tkazishga bo‘lgan qarshiliklaridagi o‘zgarishlarni inobatga oluvchi algoritmni ishlab chiqish hisobiga takomillashtirilganligi hamda ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini qisqa vaqtda kompleks baholash hamda uni issiqlik energetik sinfini binoning solishtirma issiqlik sarfi miqdori o‘zgarishiga asosan oshirish imkonini beruvchi onlayn hisoblash platformasi ishlab chiqilganligi yuzasidan takliflar “Farg‘onafuqaroloyiha” MChJ loyihalash tashkiloti tomonidan So‘x tumani Xirmontepa ko‘chasida qurilgan 7 qavatli turar-joy binosi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 34–06/10251-son ma’lumotnomasi). Natijada issiqlik-texnik hisoblash ishlari an’anaviy usullarga nisbatan vaqtning 25% gacha tejalishiga erishilgan;
ko‘p kvartirali uylarning texnik holatini instrumental-texnik tekshirish va energiya samaradorligini baholash ishlarini integratsiyalashgan yondashuvga ko‘ra birgalikda amalga oshirish orqali mehnat hamda vaqt resurslarini 20% ga kamayishi aniqlanganligi hamda ko‘p kvartirali uylarning tashqi devorlari izolyasiyasida fasad panellari konstruksiyalarining soddalashtirilganligi va o‘rnatish jarayonining mexanizatsiyalashgani sababli ventilyasiyali fasadga nisbatan montajda vaqt hamda ishchi kuchi xarajatlarining kamayishi hisobiga 1,1 barobar iqtisodiy samaradorlikka erishilishi isbotlanganligiga oid takliflar “Constraction Test Laboratory” MChJ tomonidan Marg‘ilon shahar B.Marg‘iloniy ko‘chasida qurilgan 5 qavatli turar-joy binosini qurishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 34–06/10251-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan usullar qo‘llanilganda 10% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.