Erkaeva Saodat Abdinayimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyaning introduksiya qilingan nav namunalari asosida yuqori hosildor, kasallik va zararkunandalarga bardoshli tizmalar yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1677
Ilmiy rahbar: Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna. qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari unversiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Ibrohimov Bahodir Akmal o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Matniyazova Hilola Xudaybergenovana, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi introduksiya qilingan nav namunalaridan foydalangan holda yuqori hosildor, kasallik va zararkunandalarga bardoshli seleksion tizmalarni yaratish va ularning qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk marotaba Krasnodardan introduksiya qilingan soya nav namunalari mamlakatimiz navlarida morfo-xo’jalik belgilari, biometrik ko’rsatkichlari bo’yicha seleksion baholangan;
barqaror hosildorlikka ega va kasalliklarga chidamli tizmalar keyingi seleksiya ishlarida donorlar sifatida foydalanilishi tavsiya etilgan;
introduksiya qilingan soya nav namunalarini morfologik belgilar bo’yicha klasterlarga ajralishi va qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha elektroforez tahlillari asosida baholangan;
soya duragaylarida qimmatli xo’jalik belgilari orasidagi korrelyativ bog‘liqliklarning tahlillari asosida yuqori avlodlarda shakllanish qonuniyatlari ilmiy asoslangan;
soya seleksiyasida yangi genotiplarni joriy etish orqali genetik bazani kengaytirish imkoni yaratilgan;
yuqori seleksion qiymatga ega bo’lgan ashyolarda belgilarning shakllanishini tahlil qilish va samarali tanlovlar natijasida soyaning barqaror genotipli hosildor, oqsil va moy miqdori yuqori, dukkagi chatnab ketmaydigan, mexanizatsiyaga moslashgan T-6, T-8 va T-10 tizmalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soyaning introduksiya qilingan Krasnodar seleksiyasiga oid shakllar hamda mahalliy navlar asosida hosildorligi, oqsil miqdori yuqori hamda kasalliklarga bardoshli bo’lgan yangi tizmalarini yaratish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
Qimmatli xo’jalik belgilari yuqori bo’lgan T-10, T-6 va T-8 tizmalari O’simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutining genbank fondiga topshirilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 3-iyuldagi №05/04-04-350-son ma’lumotnomasi). Natijada, genetik-seleksion izlanishlarda foydalanishda yangi donorlar yaratish uchun tadqiqotlarda keng miqyosda foydalanish imkonini, soyaning dunyoviy genofondini sifat ko’rsatkichlari va hosildorlik elementlari yuqoriligi, kasallik va zararkunandalarga bardoshliligi bilan yanada boyitish imkonini bergan.
Krasnodar seleksiyasiga oid shakllar hamda mahalliy navlar asosidagi oilalardan T-10, T-6 va T-8 tizmalari yaratilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 3-iyuldagi №05/04-04-350-son ma’lumotnomasi). Natijada, T-8 tizmasi donining maksimal hosildorligi 30,4 s/ga ni tashkil etib, andoza Orzu naviga nisbatan 3,4-5,4 s/ga yuqori vegetatsiya davri 115-116 kun, andoza Orzu naviga nisbatan 8-5 kunga tezpishar bo’lganligi, pastki dukkaklarning joylashish balandligi 15,0-16,0 sm, mexanizatsiyaga moslashgani, oqsil miqdori 41,3 %, andoza nisbatan 3-3,5 % yuqori, moy miqdori 21,6 %, andoza navga nisbatan 3-3,7 % 1000 dona don vazni 160-170 g, dukkaklari chatnab ketmasligi aniqlangan. T-6 donining maksimal hosildorligi 33,1 s/ga, vegetatsiya davri 112-114 kun, pastki dukkaklar joylashish balandligi 13-14,0 sm, mexanizatsiyaga moslashgani, oqsil miqdori 41,2 %, moy miqdori 21,4 %, 1000 dona don vazni 160-170 g, andoza navdan 5-7 g ustun bo’lgan. 
Soyaning yangi yaratilgan T-6, T-8 tizmalari Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Nur ko’zgu Omad” MChJda 2024 yil 0,4 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 3-iyuldagi №05/04-04-350-son ma’lumotnomasi). Natijada, T-6, T-8 tizmalaridan gektariga 30-33 sentner, vegetatsiya davri 114-115 kun, pastki dukkaklar joylashish balandligi 13-14,0 sm, mexanizatsiyaga moslashgani, oqsil miqdori 41,5 %, moy miqdori 21,4 %, 1000 dona don vazni 150-160 g bo’lganligi, dukkaklari chatnab ketmasligi aniqlanib, T-8 tizmasi donining maksimal hosildorligi 35,4 s/ga ni tashkil etgan, vegetatsiya davri 115-116 kun, pastki dukkaklarning joylashish balandligi 14,0-15,0 sm, mexanizatsiyaga moslashgani, oqsil miqdori 41,3 %, moy miqdori 21,6 %, 1000 dona don vazni 160-170 g fuzarioz, septorioz, bakterioz kasalliklariga hamda o’rgimchakkanaga bardoshliligi aniqlanib, T-6 tizmasining maksimal don hosildorligi 33,5 s/ga, vegetatsiya davri 116-117 kun, pastki dukkaklar joylashish balandligi 14-15,0 sm, oqsil miqdori 41,0 %, moy miqdori 21,6 %, 1000 dona don vazni 140-160 grammga teng bo’lgan va ushbu  tizmalardan yuqori va sifatli hosil olishga erishilgan.
Soyaning yangi T-10, T-6, T-8 tizmalari Qashqadaryo viloyati Koson tumani "Erqo’rg‘on parrandachilik" MChJ ekin maydonlarida ushbu tizmalar 0,4 ga maydonlarda ekilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 3-iyuldagi №05/04-04-350-son ma’lumotnomasi). Tizmalarning vegetatsiya davri o’rtacha 115-116 kun tashkil etib, andoza Orzu navidan 8-5 kunga tezpishar bo’lganligi, pastki dukkaklar joylashish balandligi 14-15,0 sm, mexanizatsiyaga moslashgan, 1000 dona don vazni 150-160 g, andozaga nisbatan 1,7 g - 8,1 g ustunlikni namoyon qilgan, dukkaklari chatnab ketmasligi aniqlangan, donining maksimal hosildorligi 35,5-38,0 s/ga, andoza navga nisbatan 3,4-5,4 s/ga yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Soyaning yangi yaratilgan "Madina" navining ekin maydonlarini kengaytirish uchun etarli miqdordagi navdorligi yuqori bo‘lgan original urug‘liklari tayyorlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish