Toshmatova Munira Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning G.barbadense L. turiga mansub oilalarda chigitning tuklanish xili va rangini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari orasidagi bog‘liqlik nisbatlari”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1757
Ilmiy rahbar: Mamarahimov Bunyod Ikromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Ibrohimov Bahodir Akmal o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Samanov Shermuxammad Abdurasulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingichka tolali g‘o‘za duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘zgaruvchanligini aniqlash va ularni chigitning tuklanish xili va rangiga bog‘liqligini o‘rganish va belgilarning ijobiy majmuiga ega bo‘lgan oila va tizmani yaratish hamda boshlang‘ich ashyo sifatida genetik-seleksion jarayonlarga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor ingichka tolali g‘o‘zaning tizma va oilalarida turli chigit tuklanish xili va rangiga ega bo‘lgan o‘simliklar guruhlarga ajratib o‘rganilgan;
F4-F9 duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi va turli chigit tuklanish xili va rangiga ega bo‘lgan o‘simliklarda qimmatli xo‘jalik belgilari orasida va chigit tuklanishi xili va rangiga bog‘liqligi aniqlangan;
qimmatli xo‘jalik belgilari orasida asosan ahamiyasiz korrelyasiya koeffisienti aniqlanib, 2-guruhda chigitning tuklanish xili va rangi - tola chiqimi va chigitning tuklanish xili va rangi - 1000 dona chigit vazni o‘rtasida mos ravishda salbiy va ijobiy kuchsiz darajada korrelyasiya aniqlangan;
chigitning tuklanish xili va rangiga qarab ekilgan o‘simliklar guruhlarida, avval o‘rganilgan barcha o‘simliklar guruhlari chigitning tuklanish xili va ranglari bilan namoyon bo‘lishi qayd etilib, o‘simliklar guruhlaridagi o‘simliklar soni ekish uchun tanlangan o‘simliklar guruhlariga bog‘liqligi isbotlangan;
qimmatli xo‘jalik belgilarini yaxshilashda chigit tuklanish xili va rangidan markyor sifatida foydalanish orqali yakka tanlovlarni samaradorligini oshirish mumkinligi isbotlangan;
ingichka tolali g‘o‘zaning turli chigit tuklanish xili va rangiga ega bo‘lgan o‘simliklarni o‘rganish asosida ijobiy belgilari bir genotipda jamlangan ashyolar ajratib olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zaning g.barbadense L. turiga mansub oilalarda chigitning tuklanish xili va rangini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari orasidagi bog‘liqlik nisbatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
Mazkur tadqiqot ishlarida paxta seleksiyasi va urug‘chiligi sohasi uchun muhim amaliy natijalarga erishilgan hamda oilalarni qimmatli xo‘jalik belgi ko‘rsatkichlari bo‘yicha genetik-seleksion izlanishlarga boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etilgan. Murakkab duragaylash uslublari yordamida olingan T-52 tizmasi asosida tezpisharligi 113-117 kun, hosildorligi 39-45 s/ga, tola chiqimi 37,7-39,0%, bitta ko‘sakdagi paxta xom-ashyosi vazni 3,3-3,8 g, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,1-4,2, yuqori solishtirma uzunligi 1,35-1,40 dyuym bo‘lgan (Qishloq xo‘jaligida bilik va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12-sentyabrdagi №05/04-04-556-son ma’lumotnomasi). Natijada, genetik-seleksion izlanishlarda T-52 tizmaning seleksion genetik izlanishlarda markyor sifatida, yangi donorlar yaratish uchun tadqiqotlarda keng miqyosda foydalanish imkonini bergan.
Surxondaryo viloyati Angor tumani “O‘ldon Iskandarova” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar maydonda ekilib, tajriba dalalarida sinovdan o‘tkazilib, O-2, O-3, O-7, O-9 va O-12 oilalarining hosildorligi 42-44 s/ga, tezpisharligi 113-117 kunni, tola chiqimi 37,8- 39,6 % ni, O-2, O-3, O-4, O-5, O-6, O-7 va O-8, O-13, O-14, O-15 oilalari tajriba dalalarida ekilgan (Qishloq xo‘jaligida bilik va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12-sentyabrdagi №05/04-04-556-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta hosildorligi tizmalarda o‘rtacha 38,4-47 s/ga ni tashkil etib, andoza Surxon-16 naviga nisbatan 3-11,6 s/ga yuqori hosil olingan, oilalar andozaga nisbatan 108-132 % ko‘p paxta hosili to‘plagan.
O-1, O-2, O-3, O-4, O-5, O-6, O-7,O-8, O-9, O- 10, O-11, O-12, O-13, O-14 va O-15 oilalar chigitlari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi g‘o‘za genofondiga taqdim etilgan hamda o‘rganilgan ingichka tolali ushbu oilalar PS-2025/7 dan PS -2025/20 gacha raqam bilan ro‘yxatga olingan (Qishloq xo‘jaligida bilik va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12-sentyabrdagi №05/04-04-556-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu manbalar madaniy g‘o‘za kolleksiyasi genofondini yanada boyitishda xizmat qilgan.
Tabiiy yuqori harorat sharoitida qimmatli xo‘jalik belgilarning majmuasi bo‘yicha ingichka tolali O-1, O-2, O-3, O-4, O-5, O-6, O-7,O-8, O-9, O-10, O-11, O- 12, O-13, O-14 va O-15 g‘o‘za oilalari andoza Surxon-16 naviga nisbatan ustun bo‘lgan (Qishloq xo‘jaligida bilik va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12-sentyabrdagi №05/04-04-556-son ma’lumotnomasi). Natijada, tola sifati I-I “A” tiplarga mansub tola beradigan, tezpishar, hosildor, tola sifati yuqori, yuqori hosildor, garmselga bardoshli bo‘lgan g‘o‘za navlari borasidagi seleksion-genetik izlanishlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilmoqda.
Bosh ilmiy kotib
A.Shermuxamedov Bosh inspektor
U.Abduraxmanov bosh mutaxassis
Yu.Inoyatova Markaz
boshlig‘i
Z.Tadjixodjaev Veb-sayt administratori
O.Mahmonov